O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI FALSAFA YO’NALISHI MADANIYAT FALSAFASI MUSTAQIL ISH TOSHKENT ISLOM MADANIYATI POYTAXTI Bajardi:Sarvarova Nozima Toshkent -2023
TOSHKENT SHAHRI “ISLOM MADANIYATI POYTAXTI” DEB E’LON QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘TKAZILADIGAN TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti — AYSESKO (ISESCO) tomonidan Toshkent shahri “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-mart kunidagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash, tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, mamlakatimiz, xususan poytaxtimizning dunyo sivilizatsiyasi, islom fani va madaniyati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, yurtimizdagi ko‘lamli tarixiy o‘zgarishlarni xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish, vatandoshlarimiz, ayniqsa yosh avlod qalbi va ongiga Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada chuqurroq singdirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahri “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan amalga oshiriladigan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar Dasturi 1-ilovaga, respublika tashkiliy qo‘mitasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qo‘mita Dasturda belgilangan tadbirlar keng jamoatchilik va chet ellardagi yirik olimlar va mutaxassislarning faol ishtirokida amalga oshirilishini ta’minlasin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etiladigan xorijiy olimlar ro‘yxati va ularning ma’ruzalari yuzasidan aniq takliflar kiritsin.
3. Ma’naviyat targ‘ibot markazi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan birgalikda Dasturda belgilangan targ‘ibot-tashviqot ishlarini yuqori saviyada tashkil etsin.
4. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligiga Toshkent shahrining 2007-yilda “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan amalga oshiriladigan tadbirlarning mohiyati va ijrosini keng ko‘lamda yoritib borish tavsiya etilsin.