O`zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali 558-22 guruh talabasi


Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi



Yüklə 189,63 Kb.
səhifə2/5
tarix17.05.2023
ölçüsü189,63 Kb.
#115691
1   2   3   4   5
O\'zb.eng yangi tarixi

2. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi.
Sobiq SSSR tarkibidagi respublikalar rasman teng va suveren deb yuritilsa-da, amal da qaram edi. Ular o‘z yerlari, suvlari, o‘rmonlari va yer osti boyliklariga, ko‘pdan ko‘p korxonalariga o‘zlari egalik qilolmas edilar. 80-yillarning oxirlari 90-yillarning boshlarida ko‘pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o‘zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar.
O‘zbekiston Respublikasining rahbari I. Karimov 1989-yil 20-sentabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan KPSS MQning plienumida so‘zlagan nutqida, respublikalar bilan SSSR o‘rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‘yishni ko‘zda tutadigan yangi federativ shartnoma ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib: „Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz“, — degan edi.[1]
Biroq markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish haqidagi talab-takliflarni eʼtiborga olmadi, to‘g‘rirog‘i ularga erkinlik berishni xohladi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining taʼsiri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi. 1990-yil bahorida Boltiqbo‘yi respublikalari Latviya, Litva, Estoniya, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon SSSR tarkibidan chiqqanligini eʼlon qildilar. Markazda va joylarda: „SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki Respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi?“ — degan masalada bahs-munozaralar kuchaydi. Markazdagilar: „Kuchli Markaz — kuchli Respublikalar“, — desa; joylardagilar: „Kuchli Respublikalar — kuchli Markaz“, — der edilar. Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq Shartnomasini yangilash zarurligini eʼtirof etishga majbur bo‘ldi. SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug‘ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990-yil iyulda Moskvada Markaz vakillari bilan Respublikalar delegatsiyalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdi. 1990-yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishiab chiqildi. Dasturda respublikalar o‘z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik qilish, foydalanish huquqiga ega ekanligi taʼkidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yondashuv markazdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan, O‘zbekiston Markaz loyihasini qabul qilmadi. 1991-yil fevral-mart oylarida Ittifoq Shartnomasi loyihasi ustida qayta isholib borildi. Unda Boltiqbo‘yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo‘lib qatnashdi. Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo‘yishga harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab berilgan shartnoma loyihasi matbuotda eʼlon qilindi. Respublikalarda mazkur loyiha muhokama qilindi. O‘zbekiston rahbariyati res pub likalarga to‘la mustaqillik berishni ko‘zlamaydigan shartnoma loyihasini rad etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining 1991-yil 12-mart da bo‘lgan IV plenumida so‘zlagan nutqida: „Ittifoq Shartnoma sini imzo lash uchun eng qulay payt qo‘ldan boy berib qo‘yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko‘targan kishilarning ovoziga hech kim quloq solmadi. Markaz 1922-yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul etmadi, ishni paysalga soldi“, — degan edi. Bu fikrning to‘g‘riligini hayot to‘la isbotladi.


Yüklə 189,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin