O'zbekistonning eng yangi tarixi Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi
Sobiq SSSR ga kiruvchi respublikalar rasman teng va suveren deb yuritilsada, amalda qaram edi. Ular o’z erlari, suvlari, o’rmonlari va er osti boyliklariga, ko’pdanko’p korxonalariga o’zlari egalik qilolmas edilar. 80-yillarning oxirlari 90-yillarning boshlarida ko’pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o’zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar. O’zbekiston Respublikasining rahbari I.A.Karimov 1989 yil 20 sentyabrda Maskvada bo’lib o’tgan KPSS MQ ning Plenumida so’zlagan nutqida respublikalar bilan SSSR o’rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo’yishni ko’zda tutadigan yangi federativ shartnoma ishlab chiqish zarurligi to’g’risida o’z fikrini bildirib: «Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o’zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo’yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz»,- degan edi.
Biroq Markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish haqidagi talabtakliflarni
e’tiborga olmadi, to’g’rirog’i ularga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining ta’siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi. 1990 yil bahorida Boltiqbo’yidagi Latviya, Litva, Estoniya respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon SSSR tarkibidan chiqqanligini e’lon qildilar. Markazda va joylarda SSSR konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi, degan masalada bahs, munozaralar kuchaydi. Markazdagilar «Kuchli markaz-kuchli respublikalar» desa, joylardagilar «Kuchli respublikalar-kuchli markaz» der edilar.
Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e’tirof etishga majbur bo’ldi. SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug’ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990 yil iyulda Moskvada Markaz vakillari bilan respublikalar delegatsiyalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdi. 1990 yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi. Dasturda respublikalar o’z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik qilish, foydalanish huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yondashuv Markazdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan, O’zbekiston Markaz loyihasini qabul qilmadi. 1991 yil fevral-mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida qayta ish olib borildi. Unda Boltiq bo’yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo’lib qatnashdi. Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo’yishga harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab berilgan Ittifoq shartnomasini yangilash talabi 300 shartnoma loyihasi matbuotda e’lon qilindi. Respublikalarda mazkur loyiha muhokama qilindi. O’zbekiston rahbariyati respublikalarga to’la mustaqillik berishni ko’zlamaydigan shartnoma loyihasini rad etdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasining 1991 yil 12 martda bo’lgan IV plenumida so’zlagan nutqida: «Ittifoq shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt qo’ldan boy berib qo’yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko’targan kishilarning ovoziga hech kim quloq solmadi. Markaz 1922 yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul etmadi, ishni paysalga soldi»,-degan edi. Bu fikrning to’g’riligini hayot to’la isbotladi. Butunittifoq referendumi SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o’zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991 yil 17 mart kuni Butunittifoq referendumini o’tkazishga qaror qildi. 1991 yil 20 fevralda O’zbekiston Oliy Kengashning Rayosati referendum o’tkazishni maqulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qo’shimcha byulletenni ovozga qo’yishga qaror qildi. Qo’shimcha byulletenga
«Siz O’zbekistonning mustaqil, teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?» degan savol qo’yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foizi bu savolga «Ha» deb javob berdilar. Demak, o’zbekistonliklar o’z mamlakatini mustaqil davlat sifatida federativ ittifoqda bo’lishini, O’zbekistonning suveren respublika sifatida rivojlanishini yoqlab ovoz bergan edilar. 1991 yil aprelda Kievda Ukraina, Rossiya, Belorus, O’zbekiston, Qozog’iston respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo’ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo’llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu xujjatni Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo’ldi.
1991 yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo’ldi. Ishtirokchilar tomonidan «Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo’lmaydigan choralar to’g’risida» qo’shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat
«9+1» (9 respublika + Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kievda bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo’lganini ko’rsatadi. 1991 yil 3 iyunda Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari o’rtasida uchrashuv bo’ldi. Uchrashchuvda Mustaqil davlatlar ittifoqi (MDI) tuzish masalasi muhokama qilindi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to’g’risida keskin munozara bo’ldi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosan inobatga olingan «Mustaqil davlatlar ittifoqi to’g’risida shartnoma» loyihasi Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishga intilish ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jo’natildi. Mazkur shartnoma loyihasi O’zbekiston Oliy Sovetida 1991 yil 14 iyunda muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil Davlatlar Ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. Shu bilan birga u Respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi. 1991 yil iyul oyining oxirlarida Novo-Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil-kesil tayorlash uchun Markaz vakillari va Respublika rahbarlarining uchrashuvi bo’ldi. Markazni ham, Respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to’g’risida shartnoma» loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma rozi bo’lgani holda «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to’g’risidagi shartnoma»ni imzolash 1991 yil 20 avgust kuniga qoldirildi. SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyov Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo’nab ketdi. 1991 yil avgust voqealari Markaziy hokimiyatni saqlab qolish, respublikalarga mustaqillik bermaslik payida yurganlar uchun qandaydir bir «imkoniyat» vujudga kelgan edi. Ana shu kuchlar tomonidan 1991 yil avgustda Markaziy hokimiyatni avvalgi maqomida saqlab qolish maqsadida fitna tayyorlandi va SSSR da Favqulodda holat davlat qo’mitasi (FHDQ) tuzildi. Uning boshliqlari G.I.Yanaev – SSSR vitseprezidenti, O.D.Baklanov – SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o’rinbosari, V.A.Kryuchkov - SSSR Davlat xavfsizligi qo’mitasining raisi, V.S.Pavlov - SSSR Bosh vaziri, B.K.Pugo – SSSR ichki ishlar vaziri, D.T.Yazov - SSSR mudofaa vaziri, V.A.Starodubtsev - SSSR dehqonlar uyushmasi raisi, I.Tizyakov - SSSR sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat korxonalari hamda inshoatlari uyushmasining prezidenti kabi Markaziy hokimiyatning rahbarlari edi. Shu tariqa, fitnachilar M.S.Gorbachyovni noqonuniy yo’l bilan hokimiyatdan chetlashtirib, o’zlari hokimiyatni egallab oldilar. Mazkur qo’mita Sovet rahbariyatining Bayonoti, Sovet xalqiga murojaatnoma, Davlatlar va hukumatlarning boshliqlariga hamda BMT Bosh kotibiga murojaat va boshqa qarorlarni e’lon qildi. Butunittifoq doirasida mo’rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi. Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar. Qaltis vaziyatda 1991 yil 19 avgustda O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuvda Prezident O’zbekistonning nuqtai nazarini bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo’qligi, O’zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko’rsatmalar bajarilmasligini qat’iy ta’kidladi.
1991 yil 20 avgust kuni Toshkentda O’zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog’iston, viloyatlar va Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo’shma majlisi bo’lib o’tdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokoma qilib, Bayonot qabul qildi.
Bayonotda O’zbekiston Respublikasining tinch vaqtda kuch, avvalo, harbiy kuch ishlatishga qarshi ekanligi ta’kidlandi. Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday ig’vogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mish-mishlar va ehtiroslarga berilmaslik vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O’zbekiston Davlat mustaqilligi to’g’risidagi Deklaratsiya qoidalarini og’ishmay va izchil amalgam oshirish yo’lidan boraveradi, deb ko’rsatildi. 1991 yil 21 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti o’z farmoni bilan O’zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi
SSSR va O’zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so’zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo’ydi. Farmonda SSSR da Favqulodda holat davlat qo’mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab qo’yildi. Fitnachilarning qonunga hilof ravishda urinishlari natijasida 1991 yil 19-21 avgust kunlari Moskvada fojiali hodisalar ro’y berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnachilar qamoqqa olindi. M.S.Gorbachyov Prezidentlik lavozimiga qaytib keldi. Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bo’lib, harakatsiz qolgan edi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi. Shu tariqa, SSSR tanazzulga uchradi va parchalana boshladi.
O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanlashi.
Konstitutsiyaviy "bino" ning qurilishi uch ming yillik milliy davlatchilik tajribasiga asoslangan. Bugungi O‘zbekiston qadimiy Xorazm va So‘g‘diyona, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va Temuriylar, o‘zbek xonliklari, ma’rifatli ajdodlarimiz, xalqimizning tarixiy an’analari va mustaqil davlat haqidagi ko‘p asrlik orzularini o‘zida mujassam etgan.
Bundan tashqari, bizning qiziqish va intilishlarimizdan kelib chiqqan holda, Asosiy qonunimiz Sharq va G‘arb, Janub va Shimolning 97 mamlakati tomonidan to‘plangan ilg‘or konstitutsiyaviy tajribani hisobga olgan holda yaratilgan.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining paydo bo‘lishi tarixi haqida gap ketganda, suveren O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini tayyorlash, muhokama qilish, qabul qilish va amalga oshirishning 6 ta huquqiy bosqichini qayd etish zarur. Zero, Konstitutsiya yaratilish tarixi mustaqillik uchun kurashning ajralmas qismidir.
Konstitutsiya yaratilishidagi birinchi huquqiy qadam o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berilishidir.
Hech shubhasiz, bu mustaqillik tarixidagi yorqin sahifalardan biri -siyosiy va ma’naviy hayotimizdagi unutilmas voqea bo‘ldi. 1989 yil 21 oktyabrda, qizg‘in munozaralar, musoxabalar va mushohadalardan so‘ng, va nihoyat, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.
"Davlat tili to‘g‘risida" gi qonunda qayd etilgan ushbu muhim huquqiy qoida Asosiy qonunimizning 4-moddasida ham mustahkamlab qo‘yilgan.
Konstitutsiya yaratilish tarixidagi ikkinchi huquqiy bosqich, 1990 yil mart oyida O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining birinchi sessiyasida birinchi marta mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi ilgari surildi.
Konstitutsiya yaratilishidagi uchinchi huquqiy qadam - bu "Mustaqillik Deklaratsiyasi”ning e’lon qilish bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan Mustaqillik Deklaratsiyasining 8-moddasida O‘zbekiston "o‘z taraqqiyot yo‘lini, nomini belgilab beradi va o‘z davlat ramzlarini (gerbi, bayrog‘i, madhiyasi) o‘rnatadi" degan tamoyil mustahkamlangan.
Deklaratsiyaning 12-bandida aytilishicha, ushbu hujjat "respublikaning yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi".
O‘sha paytda bunday hujjat O‘zbekistonda - sobiq Sovet Ittifoqi hududida birinchi bo‘lib qabul qilingan.
Konstitutsiya yaratish yo‘lidagi to‘rtinchi qadam - Konstitutsiyaviy komissiyani tuzilishi bo‘ldi.
Oliy Kengashning 1990 yil 21 iyundagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov raisligida Konstitutsiyaviy komissiya 64 kishidan iborat, davlat arboblari, deputatlar va mutaxassislardan iborat tarkibida tashkil etildi.
I.Karimov Konstitutsiyaviy komissiya ish boshlaganidan beri mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlarini to‘liq aks ettiradigan, xalqaro andozalarga to‘la mos keladigan, jahon tajribasini, demokratiyani va eng rivojlangan mamlakatlarning konstitutsiyaviy qonunlariga erishishni inobatga olgan Konstitutsiya loyihasini tayyorlashga bevosita rahbarlik qildi.
YAngi hujjatni ishlab chiqish jarayonida u BMTning asosiy xalqaro-huquqiy hujjatlariga, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasiga tayandi. Yangi Konstitutsiyaning ajralib turadigan xususiyati shundaki, o‘zbek xalqining madaniyati va milliy an’analarining qadimiy ildizlariga ham tayanadi. Asrlar qa’riga nazar tashlab, ishlab chiquvchilar xalqning adolatli davlat, demokratiya va qonuniylik haqidagi g‘oyalarini o‘rganib, "Temur tuzuklari", "Boburnoma", "Zafarnoma" kabi tarix va madaniyat yodgorliklarida ilhomlanib, Alisher Navoiy, Abdurazzoq Samarqandiy va boshqalarning donoligiga murojaat qildilar. Bundan tashqari, ular konstitutsiyaviy rivojlanishning dunyo tajribasini, turli mamlakatlarda qonunchilik va demokratiya yutuqlarini chuqur o‘rgandilar.
Konstitutsiya yaratish yo‘lidagi beshinchi qadam, albatta, davlat mustaqilligini e’lon qilinishidir.
Davlatimiz rahbarining 1991 yil 31 avgustdagi XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VI favqulodda sessiyasida so‘zlagan nutqida, xususan, shunday deyilgan edi: "Bundan buyon 1 sentyabrni milliy bayram deb e’lon qilishni taklif qilaman". Bu so‘zlar tarixga sahifalariga oltin harflar bilan yozilgan.
Shu kuni Oliy Kengash “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi bayonot” e’lon qilindi. Mazkur Bayonotda: "Bundan buyon, shubhasiz, O‘zbekiston Respublikasi hududida respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunlik qiladi",-deyilgan.
Shu kuni "O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida" konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Unda kelajakdagi Konstitutsiyaning asosiy qoidalarini aks ettiruvchi bir qator muhim moddalar mavjud. Xususan, ushbu Qonunga muvofiq:
-"O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining to‘la hajmiga ega, o‘z milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv tizimini mustaqil ravishda belgilaydi" (3-modda);
- «O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari ustunlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudga bo‘linishi tartibi asosida qurilgan (5-modda).
Ushbu konstitutsiyaviy qonun Asosiy qonunimiz qabul qilinishidan oldin, ya’ni 1992 yil 8 dekabrgacha biz uchun Konstitutsiya bo‘lib xizmat qilib turdi.
Konstitutsiya yaratish yo‘lidagi oltinchi huquqiy qadam - bu Konstitutsiya birinchi loyihasini ommaviy muhokamaga chiqarish uchun matbuotda e’lon qilinishidir.
Konstitutsiyaviy komissiya bajarilgan ishlarni va 1992 yil 8 sentyabrda ma’qullangan Konstitutsiya loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yishga qaror qildi. YAngi Konstitutsiyaning birinchi loyihasi 1992 yil 26 sentyabrda tayyorlangan va o‘sha kuni matbuotda e’lon qilingan.
Asosiy Qonunimiz ikki marta - 1992 yil sentyabr va noyabr oylarida jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.
Jamoatchilik muhokamasi natijasida Konstitutsiya loyihasiga 100 ga yaqin tuzatishlar kiritildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabrda XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi. Butun dunyoga xalqimizning istagi va xohish-irodasi rasman e’lon qilindi: o‘zbek davlatchiligini zamonaviy sivilizatsiya asosida qayta tiklash, tinch va osoyishta hayot kechirish, uning mustahkamlanishiga har tomonlama hissa qo‘shish, demokratiyasini chuqurlashtirish, inson huquqlari va davlat suvereniteti tamoyillariga sodiqlik, insonparvar qonun ustuvorligini shakllantirish, fuqarolikni ta’minlash kabilar unda o‘z ifodasini topdi.
Shunday qilib, agar O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan kundan boshlab jahon sahnasida yangi suveren davlat tuzilgan bo‘lsa, birinchi Konstitutsiyamiz qabul qilingan kuni davlatimiz qayta tiklandi, haqiqiy mustaqilligimizning mustahkam huquqiy asosi yaratildi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda barcha tub islohotlar va o‘zgarishlar Konstitutsiyamiz asosida amalga oshirildi. Bu xalqimiz manfaatlariga, davlatimizning strategik maqsadlariga to‘liq javob beradigan muhim siyosiy hujjat hisoblanadi.
Shunday qilib, mustaqillik yillarida milliy davlatchiligimizning shakllanishi uchun mustahkam huquqiy zamin yaratildi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlari baropo etildi, ijtimoiy va fuqarolik jamiyati institutlari shakllantirildi, iqtisodiyot erkin bozor munosabatlariga o‘tdi, tarixiy va boy madaniy merosimiz tiklandi. Bir so‘z bilan aytganda, biz milliy uyg‘onish va taraqqiyot yo‘lini dadil bosib o‘tdik va o‘tmoqdamiz.
Konstitutsiyaning mohiyati uning asosiy prinsiplari tizimida namoyon bo‘ladi. Bular - davlat suvereniteti, odamlarning huquqi, fuqarolarning huquq va erkinliklari ustuvorligi va daxlsizligi prinsipi, davlat va shaxsning o‘zaro javobgarligi, qonuniylik, hokimiyatlarning bo‘linishi, mahalliy davlat hokimiyati, sud tizimi va adolatni ta’minlash tamoyillari.
Respublikada davlat hokimiyatini tashkil etishning ustuvor konstitutsiyaviy prinsipi davlat suvereniteti prinsipidir. Hokimiyatning suvereniteti, bir tomondan, uning mamlakat ichidagi ustunligi va mustaqilligini, ikkinchi tomondan, tashqi kuchlar sohasidagi, boshqa davlatlar bilan munosabatlarda ushbu hokimiyatning ustunligi va mustaqilligini anglatadi.Boshqacha qilib aytganda, demokratiyaning daxlsizligi butun Konstitutsiya orqali qizil ip kabi o‘tadi.
O‘zbekistonning konstitutsiyaviy amaliyotida birinchi marta respublikaning har bir fuqarosi uchun tabiiy va ajralmas huquqlar tan olingan. Bundan tashqari, avvalgi Konstitutsiyalarda e’lon qilinmagan bir qator huquqlar ham o‘z ifodasini topgan. Masalan, insonning yashash huquqi, jismoniy va axloqiy yaxlitligi; shaxsning shaxsiy hayotga bo‘lgan huquqi; fikr va e’tiqod erkinligi huquqi; ma’lumot olish huquqi: aybsizlik prezumpsiyasi; sud orqali himoyalanish huquqi; mamlakatni erkin tark etish va unga qaytish huquqi; sog‘lom muhitga ega bo‘lish huquqi va boshqalar.
Demokratiya yangi Konstitutsiyaning asosiy tamoyillaridan biridir. Konstitutsiya muqaddimasida O‘zbekiston xalqining demokratiya, inson huquqlari va ijtimoiy adolat g‘oyalariga sodiqligi e’lon qilingan. "O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, unga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi" (13-modda).
Konstitutsiya hokimiyatlarning bo‘linishi prinsipi asosida respublikaning eng yuqori davlat hokimiyati organlarining tuzilishini o‘rnatadi. Unda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining o‘zaro hamkorligi va mustaqil ishlashining maqbul mexanizmi mustahkamlab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaning alohida bobi mahalliy davlat hokimiyati organlariga bag‘ishlangan. Xalq deputatlari Kengashlari viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi mahalliy hokimiyat vakillaridir.
O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi kiradi. 1991 yil dekabrda u Mustaqillik deklaratsiyasini, 1993 yil 3 martda esa o‘z Konstitutsiyasini qabul qildi.
O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi ulkan ma’naviy salohiyatga ega. Konstitutsiyaviy piramidaning yuqori qismida inson, fuqaro va uning qonuniy manfaatlari joylashgan.
Masalan, Konstitutsiya qoidalari chuqur axloqiydir va bular: ayollar va erkaklarning huquqlari tengligi kabi (16-modda); voyaga etmaganlar, nogironlar va yolg‘iz keksalarning huquqlarini davlat tomonidan himoya qilish (45-modda); jamiyat va oilaning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va himoyasi (63-modda); davlat va jamiyat tomonidan etim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va ularga ta’lim berish, ularga nisbatan xayriya faoliyatlarini rag‘batlantirish (64-modda); onalik va bolalikni davlat tomonidan himoya qilish, voyaga etgan, mehnatga layoqatli bolalarni ularning ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilish majburiyati (66-modda) kabi qoidalarda namoyon bo‘ladi.
Konstitutsiya O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi va suverenitetining huquqiy kafolati hisoblanadi. Unda inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari sanab o‘tilgan. U ijtimoiy va davlat tizimining shakllarini belgilaydi, mamlakatning tashqi va ichki siyosati tamoyillarini e’lon qiladi, barcha mulk shakllarining tengligini ta’minlaydi, fuqarolik jamiyatining ustuvorliklari va o‘zini-o‘zi boshqarish shakllarini tasdiqlaydi. Konstitutsiyaning barcha bu xususiyatlari uni yashovchan va mustahkam qiladi. "Konstitutsiya haqiqatan ham suveren davlatimizning qonunchilik va huquqiy bazasini shakllantirishning poydevori, poydevori bo‘ldi", dedi I.A. Karimov.
Davlat va ma’muriy bo‘linishga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi 12 viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 156 tuman, 120 shaharni o‘z ichiga oladi, eng yirik shaharlar viloyat markazlari, poytaxti Toshkent shahri, poytaxt aholisi 3 million kishidan ko‘proq (2014). ).
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bizning fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini kafolatlovchi hujjat sifatida yo‘limizdagi yorqin yulduzdir. Suveren O‘zbekistonning Konstitutsiyasi inson va fuqarolik huquqlarining demokratik xartiyasi, insonparvar huquqiy davlatni shakllantirishning strategik dasturidir.
Ma’lumki, har bir davlatning eng muhim xususiyati - bu uning ramziyligi. Mustaqil O‘zbekistonning ramzlarini ishlab chiqish uchun gerb va bayroqni yaratish maqsadida ekspert guruhlari tuzilib, unda mamlakatning taniqli davlat va akademik namoyandalari ishtirok etdilar. Davlat bayrog‘i bo‘yicha 200 dan ortiq loyihalar taklif qilindi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining turi 1991 yil 18 noyabrda 12-chaqiriq Oliy Kengashning navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlandi. Unda ko‘k tasma osmon va suvni (mehribonlik, donolik, shon-sharaf, sadoqat), oq chiziq - yosh suveren davlat umidlari, yashil tasma - O‘zbekistonning unumdor erlari, 12 yulduz va yarim oyning ramzi - ko‘p asrlik tarixga, madaniyatga hurmat belgisidir.
"O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida" qonun 1992 yil 10 dekabrda Oliy Kengashning XI sessiyasida qabul qilingan. Tanlangan Davlat madhiyasining so‘zlarini Abdulla Aripov, musiqasini Mutal Burhonov yozgan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida tasdiqlangan. YAngi gerbda gullar vodiysi va porlayotgan quyosh tasvirlangan. O‘ng tomonda, vodiy bug‘doy chanoqlari bilan, chapda - g‘o‘za gulchambari bilan bezatilgan. Gerb sakkiz qirrali yulduz bilan tojlangan bo‘lib, respublikaning birligini anglatadi, yulduz ichida muqaddas musulmon ramzlari: yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida qanotli afsonaviy muqaddas Humo qushi mavjud, u saxovat, olijanoblik va Vatanga muhabbatni anglatadi. Gerbning pastki qismida "O‘zbekiston" yozuvi bor.
O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari mamlakat hududida mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixiy davomiylikni tasdiqlaydi, uning tabiiy xususiyatlarini, milliy va ma’naviy o‘ziga xosligini aks ettiradi, ona yurtni ulug‘laydi, odamlarning ezgu va pok niyatlarini, xavfsizlik va tinchlikka intilishini e’lon qiladi.