Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/90
tarix24.09.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#147827
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Genetika

1028.qxd

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 
O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
O. E. E S H O N Q U L O V , K. N . N ISH O N B O Y E V , 
M . Sh. B O SIM O V
GENETIKA
Akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik
“SHARQ” NASHRIYOT-MATBAA 
AKSIYADORLIK KOMPANIYASI 
BOSH TAHRIRIYATI 
TOSHKENT-2010


BBK.28.04(5U)ya722 
E 99
T a q r i z ch i l a r:
Muhamedova M.
— biologiya fanlari nomzodi 
Shertayev M.
— biologiya fanlari nomzodi, dosent
Ushbu darslik biologiya, genetika yo‘nalishida ta’lim olayotgan 
akademik litsey va kollej talabalari uchun mo‘ljallangan.
Eshonqulov O.E. va boshq.
Genetika: Akad. litseylar uchun darslik / A.E.Eshon- 

99
qulov, K.N.Nishonboyev, M.Bosimov. — T.: «Sharq», — 
2010. — 176 b.
Sarlavhada: O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta max- 
sus kasb-hunar ta’limi markazi.
I.I,2 Muallifdosh.
BBK28.04(5U)ya722
ISBN 978-9943-00-590-7
© A.E Eshonqulov va boshqalar, 2010.
© “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik 
kompaniyasi Bosh tahririyati, 2010 
© «TURON-IQBOL», 2010


3
K IR IS H
Biologik fanlar orasida eng m uhim laridan biri genetikadir. 
G enetika — hayotning asosiy xususiyatlari irsiyat va o ‘zgaruv- 
chanlik qonuniyatlarini, bu qoniniyatlardan amaliy maqsadlarda 
oqilona foydalanish usullarini o ‘rganadigan fandir.
G enetika faniga oid bilimlar inson uchun zarur b o ‘lgan, xalq 
xo‘jaligining deyarli ham m a sohalarda qo‘llaniladi. Hozirgi davrda 
genetikaning juda tez rivojlanayotgan sohalari biotexnologiya va 
genetika injeneriya seleksiyaning asosiy usullari hisoblanadi. 
Seleksiyaning asosiy vazifalari esa m adaniy o ‘simlikning hosildor 
navlarini, uy hayvonlarining yangi zotlarini, mikroorganizmlarning 
foydali shtam mlarini keltirib chiqarishdir.
Molekulyar genetika va genetik injeneriyaning keyingi yillarda 
barq urib rivojlanishi mikroorganizmlar, o ‘simliklar va hayvonlar 
irsiyatini inson uchun foydali tom onlarga o ‘zgartirish imkoniyatini 
yaratmoqda.
Ayniqsa 
odam
genetikasi 
m uam m olarini 
o ‘rganishda, 
odam larda uchraydigan irsiy kasalliklarni davolashning istiqbolli 
usullarini yaratishda genetika fanining roli juda muhimdir.
Akademik litsey va kollejlar talabalari uchun tavsiya etila- 
yotgan bu darslikda genetika fanining asosiy m uam m olari qisqa va 
tushunarli tarzda bayon qilingan.
K o‘pchilik mavzularning m azm uni qisqacha tushuntirilgandan 
keyin mavzuni mustahkamlash uchun savollar berilgan, vaziyatga 
oid masalalar, test topshiriqlari va unga javoblar keltirilgan.
Mualliflar bu darslikni yaratishda mavzular mazmunining 
sodda, tushunarli b o ‘lishiga ko‘proq e ’tibor berdilar.
Ayniqsa darslik oxirida keltirilgan atam alar lug‘ati talabalar- 
ning genetikaga oid bilimlarni o ‘zlashtirishiga katta yordam beradi 
deb hisoblaymiz.
Darslik biologiya va genetika darsliklaridan maktablar, kollej­
lar, akademik litseylar va oliy o ‘quv yurtlarida uzoq yillar davomi- 
da bilim berib kelgan va shu fanlar b o ‘yicha o ‘quv qo‘llanmalari va 
darsliklar yaratgan mualliflar tom onidan yozilgan.
Shubhasiz, darslikda ayrim kamchiliklar uchrashi mumkin. 
U larni bartaraf etish maqsadida berilgan maslahatlar, taklif va 
mulohazalarni mualliflar m innatdorchilik bilan qabul qiladilar.


4
Genetika
I B O B
1 -§ . G enetika fani va uning 
qisqacha yaratilishi tarixi
“G enetika” so‘zi grekcha “genesis” so‘zidan olingan b o ‘lib, 
“kelib chiqish” , “tug‘ilishga taalluqli” degan m a’nolarni beradi. 
G enetika barcha tirik organizmlarga xos b o ‘lgan xususiyat — irsi- 
yat va o ‘zgaruvchanlik qonunlarini o ‘rganuvchi fandir.

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin