Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov


I. Mavzuni o'rganing va quyidagi savollarga javob bering



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/90
tarix24.09.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#147827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Genetika

I. Mavzuni o'rganing va quyidagi savollarga javob bering:
1. Genetika fani nimani o‘rgatadi va uning asoschisi kim?
2. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik haqida nima bilasiz?
3. Irsiyat mexanizmlari to‘g‘risida dastlabki fikrlarni ayting.
4. Uyg‘onish davrida genetika fanini rivojlanish holati qanday bo‘ldi?
5. XIX asr oxiri va XX asrda genetika faniga asos solgan olimlar va 
ularning nazariyalari haqida nimalarni bilasiz?
6
. O‘zbekistonda genetika fanini rivojlanishi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?


8
Genetika
I I B O B . Irsiy at qonuniyatlarining yaratilishi
G. M endel kashfiyotining yaratilishidan ancha avval sun’iy 
duragaylash usuli qo‘llanila boshlagan, belgilarning dominantligi 
xususiyatlari kashf etilgan b o ‘lsa ham nim a uchun irsiyat qonunlari 
aynan G. M endel tom onidan yaratilgan, degan savol kelib chiqishi 
tabiiy.
G. M endel irsiyatni o ‘rganishga yangicha yondashdi, gibri- 
dologik analiz usulini takomillashtirdi va bu usul genetikaning 
asosiy usuli b o ‘lib qoldi.
Gibridologik (duragaylash) usuli — bir-biridan keskin farq qiluv-
chi (alternativ) belgilarga ega b o ‘lgan organizmlarni chatishtirish va
bu belgilarning keyingi avlodlarda yuzaga chiqishini tahlil qilishga
asoslangan usuldir.
Gibridologik usulining o ‘ziga xosliklari quyidagicha:
1. Ayrim belgilar (odatda 1 yoki 2 ju ft alternativ belgilar) irsiy-
lanishini tahlil qilish.
2. Duragaylash uchun sof liniyalar yoki gomozigotalardan foy-
dalanish.
3. Har bir individdan olingan avlodni alohida tahlil qilish.
4. Juda k o ‘p belgilardan bitta yoki bir-birini inkor etuvchi belgi-
larni ajratib olish va ketm a-ket keladigan bir qancha avlodlarda
ularning yuzaga chiqishini aniq miqdoriy tahlil qilish.
G. M endel n o ‘xotlar ustida tajribalar olib bordi. N o ‘xot o ‘sim- 
ligi o ‘z -o ‘zidan changlanadi, juda ko‘p alternativ belgilarga ega 
(masalan, donining shakli, silliq yoki q ‘adir-budur, rangi sariq- 
yashil va boshqalar).
N o ‘xotlarni ko‘p m arta o ‘z -o ‘zidan chatishtirish natijasida G. 
M endel sof liniyalarni keltirib chiqardi. Ularning o ‘zaro duragaylab 
keyingi avlodlarda belgilar irsiyatlanishini tahlil qildi.
Irsiyat qonuniyatlarini o ‘rganishni G. M endel monoduragay 
chatishtirishdan, ya’ni faqat bir juft belgisi bilan farq qiluvchi ota- 
onalarni duragaylashdan boshladi.
2 -§ . M endelning birinchi qonuni 
(birinchi avlod bir xilligi)
Bir-birini istisno etuvchi bir juft belgilar bilan farq qiluvchi 
organizmlarni duragaylash 
monogibrid
chatishtirish deyiladi. Ikki 
juft bir-birini inkor etuvchi belgilari bilan farq qiluvchi organizmlar


9
chatishtirilsa 
digibrid,
ko‘p belgilar bilan farq qiluvchi organizmlar 
chatishtirilsa 
poligibrid
chatishtirish deyiladi.
Monogibrid chatishtirish bilan tanishamiz.
Sariq va yashil 
n o ‘xotlarni chatishtirsak, birinchi avlod duragaylari ham masi bir 
xil, ya’ni sariq rangda b o ‘ladi. Bu tajribadan 
birinchi avlod dura-
gaylarining bir xilligi qonuni
kelib chiqadi. Birinchi avlodda yuza­
ga chiqqan belgi 
dominant
(lotincha “dom inans” — “ustinlik qi­
lish”) m a’nosini beradi, nam oyon b o ‘lmagan belgi esa 
retsessiv
(lotincha recessus — chekinish) deb ataladi. M endel yashagan 
davrda irsiyatning moddiy asosi aniqlanmagan edi. M endel ularni 
«irsiy omillar» deb atadi. Hozirgi zam on fanida bu tushuncha gen 
m a’nosini anglatadi. Bir juft belgi genlari bir xil harf bilan dom i­
nant belgi geni katta, retsessiv belgi geni esa kichik harf bilan bel- 
gilanadi. Bizning tajribamizdagi sariq belgini yuzaga chiqaruvchi 
gen A harfi bilan, yashil rang geni a harfi bilan belgilanadi. Bir- 
birini inkor etuvchi belgilarni yuzaga chiqaruvchi genlar — 
allel
genlar
deyiladi. U lar gomolog xromosomalarning bir xil lokuslari- 
da (joylarida) joylashadi. Bir xil dom inant (AA) yoki retsessiv (aa) 
allellardan tashkil topgan organizm 
gomozigotali
deyiladi va bir xil 
gam etalardan tashkil topadi. H ar xil allellardan (bitta dom inant va 
bitta retsessiv — Aa) tashkil topgan organizm 
geterozigotali
deyila­
di va ikki xil gametalarni hosil qiladi.
Duragaylash natijasini sxematik ko‘rinishda yozish qabul qilin- 
gan. Tajriba uchun olingan shakllarni P harfi bilan (lotincha “pe- 
rentes” — “o ta-ona” m a ’nosini beradi), birinchi avlodni Fi
ikkinchi avlodni F
2
(lotincha “filii” — “bolalar” m a’nosini beradi) 
harflari bilan belgilash qabul qilingan. Erkak organizm O, urg‘ochi 
organizm esa 
belgilari bilan belgilanadi. Chatishtirish X belgisi 
bilan ifodalanadi. Avval urg‘ochi organizm genotipi, keyin erkak 
organizm genotipi yoziladi. Shunday qilib, birinchi qatorga ota- 
ona genotiplari, ikkinchi qatorga hosil b o ‘ladigan gametalar, 
uchinchi qatorga esa birinchi avlod genotiplari yoziladi.
Yuqoridagi tajribani quyidagicha ifodalash mumkin:
P: 
O AA 

O aa 
Gametalar: A 


a
F1: 
Aa: 
Aa: 
Aa: 
Aa:

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin