Mavzu: tayorgarlikning makrosikklarini rejalashtirish



Yüklə 300,15 Kb.
səhifə1/8
tarix13.12.2023
ölçüsü300,15 Kb.
#176321
  1   2   3   4   5   6   7   8
4.TAYORGARLIKNING MAKROSIKKLARINI REJALASHTIRISH


MAVZU:TAYORGARLIKNING MAKROSIKKLARINI REJALASHTIRISH
Reja:

KIRISH………………………………………………………………………2


  1. Sport trenirofkasining makrosikllari………………………………………5

  2. Sport mashg‘ulotning aqliy qobilyatini oshirish hususiyatlari……………8

  3. Sport trenirofkasining mikrostrukturasi…………………………………..12


4.Sport texnikasini o’rgatish makrosikllari………………………………….19
XULOSA…………………………………………………………………….26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….28


KIRISH

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilanoq, bugungi kunda olib borilayotgan chuqur islohatlar yosh avlodni har tomonlama aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishida jismoniy tarbiya va sport asosiy o’rinni egallaydi. Mamlakatimizda yosh avlodni sog’lom ruhda tarbiyalash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizning birinchi prezidenti I.A.Karimov takidlaganidek “Kelajak avlod haqida qayg’urish sog’lom, barkamol naslni tarbiyalab etishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir”.


Xukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to’g’risida»gi Qarori «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturi, «O’zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida»gi Farmoni va boshqa bir qator qarorlari sport harakatini rivojlantirishga keng yo’l ochmoqda.
2017 yil 3 iyundagi PQ 3031-sonli “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturida berilgan topshiriqlardan kelib chiqgan holda respublikamizda bolalar sportini dolzarb masalalarini hal qilish uchun aniq vazifalar belgilab berilgan. Darxaqiqat, Respublikamiz miqiyosida sportni rivojlantirish dasturi asosida uch bosqichli: oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida “Universiada”, kasb-hunar kollejlari talabalari o’rtasida “Barkamol avlod” va maktab o’quvchilari o’rtasida “Umid nihollari” sport musobaqalari o’tkazib kelinmoqda.
Yurtimizda sog’lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, davlat siyosatining ustivor yo’nalishlaridan biri bo’lib, millat genafondini asrash, oilada, jamiyatda sog’lom turmush tarzini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va madaniyat darslarining sifatini yaxshilash, maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish va ularni samaradorligini oshirish, sport turlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish, iqtidorli sportchilarni tanlash hamda yuqori malakali murabbiylarni tayyorlash dolzarb masalalardan biridir.
Umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi xisoblangan milliy madaniyatimizni, yoshlarning axloqiy tarbiyasini ongli ravishda yondashishsiz tasavvur etish qiyindir. Inson ijtimoiy xayotda ongli ravishda o’z o’rnini egallashi uning voyaga etishi, farzandlik burchini, ota-onalik burchini ato etishi, o’zidan keyin ma’lum bir iz qoldirishi jamiyat taraqqiyotini belgilaydi. Shundan kelib chiqib yosh sportchi bolalar va o’smirlar sport turlaridagi sport turlariga o’rgatish jarayonida umumiy va maxsus jismoniy tarbiyalash muammosiga yanada chuqurroq kirib borishga va bu muammoga ilmiy-amaliy jihatdan oydinlik kiritishga asos bo’la oladi.
Bolalar va o’smirlar uchun jismoniy tarbiya va sportning tarbiyaviy ahamiyati to’g’risida ulug’ allomalarimizning qoldirgan noyob asarlari va ularning o’gitlariga bog’liq bo’lib, ularning jismoniy tarbiya va sportga qo’shgan ulkan xizmatlarini o’rganish va uni amalga tadbiq etish bugungi kunning, ayniqsa jismoniy tarbiya fanining dolzarb vazifasi hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya va sport turlari tarixini o’rgangan (A.Istomin, F.A. Kerimov, K.Yusupov, A.Atoev) olimlar turli davrlarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlari qanday yo’lga qo’yilganligi haqida ham o’zlarining fikrlarini bildirgan.
P.F.Lesgaft, V.V.Gorinevskiy, A.D.Novikov, L.P.Matveev, A.Istomin, F.Kerimov, T.Usmonxajaev, K.Yusupov, A.K.Ataev, A.Abdullaev, K.Yarashev kabi olimlar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi muammolarini ilmiy asoslashga o’zlarining chuqur xissalarini qo’shganlar. Shu jumladan yoshlar sporti nazariyasini asoslab bergan olimlardan F.Kerimov, A.Atoev, R.Salomov, R.Istominlar yoshlarni jismoniy tarbiyalashdagi ro’lini ochib berishda chuqur ilmiy izlanishlar olib borganlar. Qator olimlarning (V.A.Ashmarin. Ch.T.Ivankov, R.S.Ueynberg va boshqalar) ishlarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining ma’naviy-ma’rifiy va psixologik jihatlari tadqiq etilgan. Aksariyat ko’pchilik tadqiqotlarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlari pedagogikadan ajratib o’rganiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, yuqoridagi olimlar tomonidan bolalar va o’smirlarni sport turlariga o’rgatish jarayonida umumiy va maxsus jismoniy taryorgarlikni o’rni, to’liq ilmiy masala sifatida yoritilmagan. Ilmiy tadqiqotlar, berilgan adabiyotlar va maktablarda jismoniy tarbiya darslarini o’rganish xozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanmoqda.
Ommaviy sport harakatini rivojlantirish bilan bir qatorda, hozirgi kunda respublikada faoliyat ko’rsatuvchi sport turlari bo’yicha yetishib chiqayotgan va mamlakat bolalar va o’smirlar jamoalarida faoliyat ko’rsatayotgan iqtidorli yosh sportchilardan Olimpiya va Osiyo o’yinlari hamda jahon chempionati birinchilik musobaqalarida yuqori natijalarni ko’rsata oladigan mahoratli bolalar va o’smirlarning sport bilan shug’ullanishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish, ularning sport mahorati ko’rsatkichlarini jahon talablari darajasiga ko’tarish borasida tayyorlashga uzviy bog’liq bo’lgan yuqori malakali sport mutaxassislari bilan ta’minlashga alohida ahamiyat berilmoqda.
Vatanimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq xalq farovonligini oshirish, mamlakatimizni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi.
Respublika rahbariyati tomonidan ko’rsatilayotgan barcha g’amxo’rliklar va talablar aholini, ayniqsa jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ulanuvchi bolalar va o’smir yoshlarning milliy qadriyatlarni o’rganishga, ularning ma’naviy va ma’rifiy dunyo qarashlarini yangilanishiga hamda bu borada vazifalarni bajarishda barcha o’quv yurtlari, ayniqsa oliy ta’lim tizimida yuksak g’oyaviylik hamda o’z ixtisosligining yetuk xodimi bo’lish darajasida tarbiyalashni taqozo etadi.





1.Sport trenirofkasining makrosikllari


Bu ayrim mashg‘ulot, bosqich, davrning tugallangan shakli bo‘lib ayrim sikllar sohasida mashg‘ulot jarayonining hamma tuzilishlari uchun xarakterlidir.


Sport mashg‘ulotida quyidagi sikllar farqlanadi:
1-mashg‘ulotning kichik sikli – mikrotsikllar (haftalik);
2-mashg‘ulotning o‘rta sikli – mezotsikllar (oylik); 3-mashg‘ulotning katta sikli – makrotsikllar (yillik).
Har bir navbatdagi sikl oldingi siklning takrorlanishi emas, balki mashg‘ulot jarayonining rivojlanish yo‘nalishini ifodalaydi.
Katta sikl – makrotsikllar bu tayyorlov (fundamental), musobaqaviy va o‘tish davrlarini o‘z ichiga oladi.
Mikrotsikllar bir necha kunlarni, ko‘proq haftani o‘z ichiga oladi (kichik to‘lqinlar).
Katta sikl – makrotsikllar bu ma’lum bosqichlar, yarim yillik, yillik, ko‘p yillik sikllar bo‘lib sport formasini rivojlantirish uchun olinadi. Bir jismoniy mashqning ikkinchisiga, bir jismoniy sifatnining boshqasiga ta’siri hal qiluvchi ahamiyatga ega (tezkorlik sifatlari chidamlilik ishlari bilan chambarchas bog‘liq). Bu mashg‘ulot jismoniy yuklanishning variativligi, shuningdek ish qobiliyatining pasayish va tiklanish jarayoni qonun-qoidalari bilan xarakterlanadi. Sikllilik, ya’ni ma’lum mashg‘ulotlarning, bosqichlarning, davrlarning nisbatan to‘la takrorlanib turishi mashg‘ulot jarayonining butun tuzilishsi uchun хarakterlidir. Trenirovkaning katta (jumladan, yillik va yarim yillik) hamda kichik (mikrotsikl) sikllari bo‘ladi.
Mikrotsikllar bir necha kun, ko‘pincha bir hafta davom etadi. Ularning tuzilishsiga ta’sir etadigan juda ko‘p shart-sharoitlardan eng muhimlarini ko‘rsatib o‘tamiz. Bulardan birinchisi yuklamalar dinamikasining kichik «to‘lqin»larini hosil qiladigan omillarning o‘zidir.
Ikkinchidan, o‘zaro optimal aloqada bo‘lgan turli yo‘nalishdagi mashqlarni takror tatbiq etish zaruriyatidir. Mashg‘ulotda nimagadir ortiqroq qaratilgan turli mashqlar bir qancha mashqlardan foydalaniladi, bunda ularning mashg‘ulotlarda qanday to‘plangani va bir-biri bilan qanday tartibda almashi nib turishiga ham aslo befarq qarab bo‘lmaydi. Masalan, tezkorlik mashqlarini ko‘p hollarda chidamlilik mashqlari bilan bir mashg‘ulotda bajarish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ular turli mashg‘ulotlarda to‘plangan bo‘lsa, tezkorlikni rivojlantirishga mo‘ljallangan mashqlar bajariladigan mashg‘ulotlar asosan chidamlilikka ahamiyat beriladigan mashg‘ulotlardan oldin bo‘lsa eng yaхshi samara beradi. Boshqa mashg‘ulotlarga nisbatan ham shu kabi ma’lum navbat tartibi saqlanishi kerak. Bular bari mik rotsikllar tuzilishida o‘z ifodasini topadi.
Uchinchidan, mehnat va o‘quv faoliyatining umumiy rejimi muhim ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun mashg‘ulot mikrotsikllarining ko‘pincha bir haftalik bo‘lishi ham tasodifiy emas. Bu mashg‘ulot jarayonini optimal tashkil etish talablariga hamisha ham javob bermasada, mehnat va o‘quv haftasining ritmiga osonroq mos tushadi.
Nihoyat, mashg‘ulotning tuzilishi va mazmuni muntazam sur’atda o‘zgarib turgani uchun, mikrotsikllar mashg‘ulot jarayonining bosqich va davrlari хususiyatlariga qarab qayta tuzilib turadi. Mikrotsikllar, aslini olganda, mashg‘ulot tuzilishining eng variativ elementidir. Murabbiy bilan sportchi mikrotsikllarning mazmuni va tuzilishiga zarur o‘zgarishlar kiritish bilan (ya’ni mashqlar kompleksini, mashg‘ulot jarayonlari hamda dam olish kunlari miqdorini, ularni almashtirib turish tartibini, yuklamalar kattaligini, ular hajmi hamda jadalligining dinamikasini va hokazolarni o‘zgartirish bilan) mashq ko‘rganlikni taraqqiy ettirishga хalaqit berishi mumkin bo‘lgan хilma-хil tashqi ta’sirlarga barham beradi va shu yo‘l bilan mashg‘ulot jarayonining umumiy oqimini ta’min etadi.
Navbatdagi har bir sikl o‘zidan oldingisini shunchaki takrorlab qolmay, balki yangi asosga, shu jumladan, mashg‘ulot vosita va metodlarini qisman yangilash asosiga quriladi hamda odatda mashg‘ulot yuklamalarining yuksakroq darajasida o‘tadi (yuklamani ko‘paytirish yosh хususiyatiga qarab mashg‘ulotlar yuklamasining umumiy hajmi stabillashib, keyinchalik esa pasaya borishi hollariga taalluqli emas).
Sikllilik sport mashg‘ulotining asosiy qonuniyatlaridan biri sifatida sistemalilik va ilgarilab borish tamoyillaridan foydalanishga bevosita aloqadordir. Bu qonuniyat mashg‘ulotlarning ketma-ketligini belgilashda ham, yuklama va dam olish tizimini tuzishda ham va mashg‘ulot jarayonlari tuzilishiga aloqador boshqa barcha muammolarni hal etishda ham muntazam ravishda hisobga olib borilishi kerak.
Shunday qilib, sport mashg‘uloti murabbiy va sportchi faoliyatining natijalari belgilaydigan o‘ziga хos spetsifik qonuniyatlarga ega ekan. Faqat ana shu qonuniyatlarni bilib olgandagina hamda ulardan ta’lim va tarbiyaning umumiy prinsiplari bilan birgalikda mahorat bilan foydalanilgandagina sport taraqqiyotining cho‘qqilari sari ishonch bilan borish mumkin.

2.Sport mashg‘ulotning aqliy qobilyatini oshirish hususiyatlari



Sport (fr. desporter — „oʻynamoq“, „maza qilmoq“[1]) qatnashuvchilarning jismoniy va/yoki aqliy qobiliyatlarini solishtirishga va/yoki zavqlanishga moʻljallangan, tayinli qoidalarga ega faoliyat turidir.
Sport (ing. sport — oʻyin) — jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, jismoniy tarbiya vositasi va usuli, jismoniy mashqlarniit turli majmualari boʻyicha musobaqalar tashkil etish, tayyorlash va oʻtkazish tizimi. Sportning maqsadi kishilarning sogʻligʻini mustahkamlash va umumiy jismoniy rivojlantirish bilan birga sport musobaqalarida yuqori natija va gʻalabalarga erishishdir. Dastlabki sport musobaqalari Yunonistonda boʻlib oʻtgan. Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tashkil qilinganidan keyin sport juda tez rivojlana boshladi. 1896-yilda 1zamonaviy Olimpiada oʻyinlari oʻtkazildi.
Sportning asosiy 3 ta oʻzaro bogʻliqtashkiliy shakllari mavjud: ommaviy havaskorlik ; oʻquv fani sifatidagi S; yuqori natijalar Si. Ommaviy havaskorlik Si — insonning jismoniy takomillashuvi sharti; u kishilarning yoshi, salomatligining holati, jismoniy rivojlanish darajasiga koʻra chegaralanadi. Oʻquv fani sifatidagi sport — barcha turdagi taʼlim muassasalari va qurolli kuchlarda harbiyjismoniy tayyorgarlik dasturlariga kiradi. Yuqori natijalar sport i eng yaxshi sport kursatkichlari (rekordlar)ga erishish uchun sharoit yaratadi, insonning jismoniy tayyorgarligini namoyish etadi, jismoniy tayyorgarliklarning samarali vosita va usullarini ommaviy amaliyotga tatbiq etishga yordam beradi.
Taraqqiyot jarayonida sport jismoniy tarbiya doirasidan chiqib, mustaqil umummadaniy, siyosiy, estetik, iqtisodiy ahamiyat kasb etdi. Sport dustona xalqaro aloqalarni kengaytirishga, xalqlarning uzaro birbirini tushunishi va doʻstligi rivojlanishiga xizmat qilmoqda. 19-asr oʻrtalaridan bir necha Gʻarb mamlakatlarida professional sport rivojlana boshladi. U tomoshabopligi, biznesga aylanib, katta daromad manbai boʻlib borayotganligi bilan ajralib turadi.
Sport turlarining 2 asosiy guruhi mavjud: milliy sport turlari va xalqaro sport turlari. Milliy sport turlari har bir xalqning oʻziga xos turmush tarzi, mehnat faoliyati va dam olish sharoiti asosidarivojlangan. Xalqaro sportturlari muayyan sharoitlarda musobaqalar oʻtkazishning umumlashtirilgan tizimlaridan iborat boʻlib, bunda musobaqa ishtirokchilarining oʻzaro munosabatlarini, natijalarni hisobga olish va baholashni xalqaro miqyosda bir xil tartibga keltirish, yagona qoidalardan foydalanishga asoslangan maxsus cheklashlar nazarda tutiladi. Sport bilan shugʻullanishda jismoniy tarbiya va sportni boshqarish davlat organlari, xalqaro sport tashkilotlari tomonidan man etilgan vositalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi. Yuqori sport koʻrsatkichlariga erishish maqsadida stimulyatorlardan, doping moddalaridan, Xalqaro olimpiada qoʻmitasi man etgan boshqa vositalardan foydalangan sportchi musobaqalardan chetlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida sport umumdavlat ishi hisoblanib, jismoniy madaniyat bilan birga Agʻolining barcha qatlamlarini va yosh guruhlarini qamrab olgan. Mamlakatda 50 dan ziyod sport turi ommalashgan, ulardan 30 turi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Oʻzbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“ (2002-yil 31 oktabr), „Oʻquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish toʻgʻrisida“ (2003-yil 3-iyun), „Ommaviy sport targʻibotini yanada kuchaytirish choratadbirlari toʻgʻrisida“ (2003-yil 4 noyabr) qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi da sportni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Bu qarorlar asosida yangi bolalar sport inshootlarini barpo etish dasturi, sport anjomlari va jihozlari, kiyimkechaklar va charm poyabzal mahsulotlarini respublikada ishlab chiqarish., maktablarda, ayniqsa, qishloq maktablarida jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirish, aholi oʻrtasida sport madaniyatini yuksaltirish, ommaviy sport targʻibotini rivojlantirish tadbirlari ishlab chiqilib, ularni hayotga tatbiq etishga kirishildi. Jumladan, Oʻzbekiston televideniyesining 4kanali sport kanaliga aylantirildi. Jismoniy tarbiya va sport sohasini kadrlar bilan taʼminlash maqsadida oliy taʼlim muassasalarida bolalar sport i uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim tizimini takomillashtirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilgan. Sportchilarni ijtimoiy qimoyalash masalalari qonun bilan mustahkamlanadi. Chunonchi, „Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (2000-yil 26-may)da davlat boshkaruv organlari, jismoniy tarbiya va sport jamoat birlashmalari, sport klublari va markazlari, boshqa ixtisoslashtirilgan sport tashkilotlari va muassasalari sportchilarga zarur ijtimoiymaishiy sharoitlarni yaratishlari hamda ularning sihatsalomatligi muxrfaza qilinishini taʼminlashlari shart qilib qoʻyildi. Sportchilarning ayrim toifalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozli pensiya olish huquqidan foydalanadilar. Sport musobaqalarida qatnashuvchi shaxslar sugʻurta polislariga ega boʻlishlari shart. Sport sohasida juda katta yutukdarga erishgan fukarolar, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan sport ustozlari, sportchilarni taqdirlash maqsadida „Oʻzbekiston iftixori“, „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi“, „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvonlari taʼsis etiddi. Mamlakatda sport matbuoti shakllandi: „Sport“ gaz., „Oʻzbekiston futboli“, „Tennis +“, „Books plus futbol“ (Toshkent), „Futbol ekspress“ (Andijon), „Asr futboli“ (Namangan), „Inter futbol“ (Kosonsoy) kabi gaz.lar nashr etilmoqda.



Jismoniy yuklanishning oshib borishi bilan shifokor-pedagog xizmatining ahamiyati ham ortib boradi.
Sport mashg‘ulotida jismoniy yuklanishning to‘lqinsimon o‘zgarish tamoyili
Jismoniy yuklanishni asta-sekin oshirib borishning uch yo‘li farqlanadi:

  1. to‘g‘ri chiziqli;

  2. zinasimon;3) to‘lqinsimon.

Sport mashg‘uloti uchun sportchi organizmining imkoniyatlariga qo‘yilgan yuqori talablar uchun jismoniy yuklanishning to‘lqinsimon o‘zgarish dinamikasi xarakterlidir. Har bir mashg‘ulot jarayonida jismoniy yuklanishning to‘lqinsimon o‘zgarishi charchash va qayta tiklanish jarayonining rivojlanishi bilan belgilanadi. Mashg‘ulot jarayonining turli qismlarida quyidagilar ajratiladi:

  1. Kichik to‘lqinlar mikrotsikllarda (2–7 kunlar) lismoniy yuklanish tavsiflanadi.

  2. O‘rta to‘lqinlar mezotsikllar mashg‘ulot bosqichlarida 3–6 mikrotsikl bir qancha kichik to‘lqinlarning jismoniy yuklanishlari oqimini ifodalaydi.

  3. Katta to‘lqinlar makrotsikllar mashg‘ulot davrlarida o‘rta to‘lqinlar oqimini ifodalaydi (ya’ni bir qancha o‘rta to‘lqinlarni birlashtiradi bu yillik to‘lqinlardir).

To‘lqinsimon o‘zgarish jismoniy yuklanishning hajm va shiddat dinamikasiga xos bo‘lib ular o‘zaro mos kelmaydi. O‘rta va katta to‘lqinlarda hajm ortadi, so‘ngra hajm stabillashib kamayadi, shiddat ortadi.
Kichik to‘lqinlarda hajm va shiddatning o‘zaro nisbati qarama-qarshidir, avval tezkor kuch xarakteridagi (shiddatliroq) mashg‘ulotlar, so‘ngra hajmli mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Ayrim hollarda kichik va o‘rta to‘lqinlar jismoniy yuklanish dinamikasining boshqa «zinasimon», «to‘g‘ri chiziqli» shakllari bilan almashtirilib turiladi.
Sport natijalari turli munosabatlardagi hajm va shiddat bilan aniqlanadi. Shiddatning o‘sishi yutuqlar garovi bo‘lgan hajmlarni o‘zlashtirish asosida sport yutuqlarini ifodalaydi.







3. Sport trenirofkasining mikrostrukturasi


Mashg‘ulot jarayonining tuzilishi quyidagilar bilan xarakterlanadi:



  1. Mashg‘ulot mazmuni elementlarining o‘zaro tartibli bog‘lanishi (umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik);

  2. Mashg‘ulot jismoniy yuklanish parametrlarini tartibli munosabati (ish hajmi va shiddatliligining miqdoriy tavsifnomasi);

  3. Mashg‘ulot jarayonining faza va stadiyasini keltirib chiqaradigan turli bo‘g‘inlarning ma’lum ketma-ketligi paytida ba’zi qonuniy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi.

Mashg‘ulot jarayonida sodir bo‘ladigan vaqtga bog‘liq holda quyidagilar ajratiladi:

  1. Mikrotuzilish – ayrim mashg‘ulot bosqichlari va mikrotsikl tuzilishi (haftalik);

  2. Mezotuzilish – ayrim mikrotsikllarning nisbatan tamomlangan mashg‘ulot bosqichlarining tuzilishi (masalan bir oylik);

  3. Makrotuzilish – yarim yillik, yillik va ko‘p yillik katta mashg‘ulot siklining tuzilishi.

Yüklə 300,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin