4.Sport texnikasini o’rgatish makrosikllari O`rgatish metodlari. Sport texnikasini o` rgatish uchun o`qituvchu uchta asosiy metoddan foydalaniladi.
1. Tushuntirish
2. Kursatish
3. Jismoniy yordam berish
Bu metodlarning asosiy vazifasi to`g`ri harakat tasavvurini xosil qilish,harakatni bilib olishga yordam berish,xatolarni ko`rsatish va ularni to`zatishdir.
Sport texnikasini o`rgatish metodlarining har qaysisi o`zining ijobiy tamonlari borligiga qaramasdan tez va samarali o`rgatishni to`la-tukis ta`minlay olmaydi.
So`z metodi va undan foydalanish. Sport texnikasini o`rgatishda so`zning roli juda katta. Lekin so`z bilan murakkab faoliyat xaqida , harakat tezligi xaqida, qancha kuch sarflash xaqida , inersiya elementlari va boshqalar xaqida tasavvur xosil qilish qiyin.
Asosiy rol uynaydigani amaliy mashg`ulotlar vaqtidagi tushuntirishdir. Bunda o`quvchi u yoki bu harakatni bajarishga intiladi. Keyin kursatma olib kerakli harakatni qayta bajarishga o`rinib kuradi. Oddiy tushuntirish bilan obrazli tushuntirish ham qo`llaniladi. Texnikani o`rgatish va takomilashtirish prosesida o`rganilayotgan mashqni bajarishdan oldin va uni bajarish paytida eslatish va aytib turish muvaffaqiyatli qo`llaniladi. Sport texnikasini o`rgatish vaqtida natijasini tahlil qilib turish kerak. O`qituvchining sportchi bilan suhbati o`rgatish natijalarini baholashga o`quvchining harakat to`g`risidagi tasavvurini amalda bajarishi bilan takrorlashga uning texnikasini qanday tushunishiga imkon beradi.
Ko`rsatish metodi va undan foydalanish. Sport texnikasini o`rgatishda namuna ko`rsatish muxim rol o`ynaydi.Odatda mashqni trener yoki texnikasi yaxshi sportchi kursatadi. Texnikaning detallari to`g`risida tasavvur xosil qilish uchun o`qituvchi kupincha alohida elementlarni ko`rsatib beradi.Masalan: snariyadni qanday ushlashni yoki yadro itqitishda panjalarning eng ohirgi harakatini yoki depsinish joyiga oyoq tagi qanday qo`yilishini va shu kabilarni alohida ko`rsatiladi. Sport texnikasini namoiysh qilishda harakatning tez bulishi ko`rib idrok qilib olishni qiyinlashtiradi. Ba`zan disk nayza uloqtirish va yadro itqitishda o`qituvchi sekinlashtirilib kursatishdan foydalanish mumkin.Juda murakkab yengil atletika turlaridagi ayrim elementlarnijoydan turib kursatish yengilroq. Masalan: turnikda xalqada osilib turib o`zunlikga qaychi usulida sakrashdagi oyoq harakatlarini sekin ko`rsatish mumkin