Mavzu: tayorgarlikning makrosikklarini rejalashtirish



Yüklə 300,15 Kb.
səhifə7/8
tarix13.12.2023
ölçüsü300,15 Kb.
#176321
1   2   3   4   5   6   7   8
4.TAYORGARLIKNING MAKROSIKKLARINI REJALASHTIRISH

Taktik tayyorgarlik vazifalari.Qo`yidagilardan iborat.

  1. Taktikaning umumiy qoidalarini o`rgatish.

  2. Sport musobaqalarining ayniqsa ihtisoslaniyotgan yengil atletika turi musobaqalarining mohiyati va qonuniyatlarini o`rganish.

  3. Ihtisoslaniyotgan yengil atletika turidagi taktika yo`llari vositalari va imkoniyatlarini o`rganish.

  4. Kuchli sportchilarning taktik tajribalarini o`rganish.

  5. Trenirovka mashg`ulotlarida chamalashlarda va musobaqalarda taktika elementlarini usullarini yo`llarini variantlarini amalda qo`llashni o`rganish.

  6. Vaziyat va boshqa tashqi sharoitlarni nazarda tutib raqiblar kuchini ularning taktik jismoniy va irodaviy tayyorgarliklarini ularning taktik usullari va variantlari va musobaqalashish sestemalarini o`rganish.

Bularning hammasini o`rganadigan keyin sportchi konkret raqibni xisobga olib bo`lajak musobaqadagi taktikasini ishlab chiqishi kerak.
Keyin o`tgan musobaqani taktikasi va uni tashkil etgan element va variantlarning samara darajasini tahlil qilib kelajak uchun xulosa chiqarish kerak.
Taktika sohasidagi bilimlar mahsus adabiyotlar o`qish leksiyalar suhbatlar tanlash musobaqalarni ko`zatish yo`li bilan hamda amaliy mashg`ulotlar va tahlil qilish jarayonida hosil qilinadi.
Taktikani o`rgatishning asosiy vositasi-mo`ljallangan plan bo`yicha mashq yoki harakatlarni takror bajarishdir.
Taktik mahorat jismoniy va irodaviy fazilatlarning rivojlanishi bilan chambarchas bog`liqdir.
Etarli bulmagan tezlik va chidamlilik kupincha taktik maxoratni yaxshilashga tusiqlik kiladi. Masalan: o`zgaruvchang su`ratda yugurish taktik tomondan juda samarali bulsa ham sportchi 5 yoki 10 km masofa davomida kup marta tezlanishga chiday olmaydigan bulsa uni qo`llash mumkin emas. Taktikani o`quv-trenirovka mashg`ulotlarida chamalashlarda bevosita musobaqaning o`zida o`rgatiladi.Ayiniqsa keyingi bosqichlarda taktikani o`rgatish jismoniy va irodaviy tayyorgarlik vazifalarini xal qilish bilan bir vaqtda bulaverishi kerak. Mashq ni to`la kuch bilan bajariyotganda taktika o`rgatish-muvaffaqiyatning muhim shartidir. Taktik mashg`ulotlarga ya`ni ixtisoslaniyotgan sport turini trenirovka mashg`ulotlarida musobaqadagidek bajarishga aloxida e`tibor beriladi.
Taktikani o`rgatish va uni takomillashtirishda quyidagi asosiy metodlar qo`llaniladi.-taktik element va harakatlarni bulaklab va bularni bir-biriga bog`lab o`rganish, yahlit o`rganish, so`z bilan tushuntirish, harakatlarni tahlil qilish, elementlarni bog`lamlarni harakatlarni takrorlash taktik harakat variantlarini ishlab chiqish trenirovka va musobaqa prosesida ijodiy topshiriqlar berish taktik mashg`ulotlar o`tkazish
N a z a r i y t a y yo r g a r l i k.
Yengil atletikachilar tayyorgarligida ularning nazariy tayyorgarligi nixoyatda muxim rol uynaydi. Nazariy tayyorgarlik vazifalari qo`yidagilardan iborat

  1. Axloqiy tarbiyalarni o`rgatish

  2. Sport nazariyasi va metodikasi soxasida shu jumladan sport ixtisosi soxasida bilim olish.

  3. Sportchi gigienasi, oz-o`zini nazorat va vrach nazorati masalalarini o`rganish.

Nazariy tayyorgarlikda tanlangan yengil atletika turidagi texnika va taktikani ilmiy asoslash shuningdek ularni taxlil qilish kerak.Sportchilar sport texnikasini o`rganish metodikasi va uni kamol toptirish yo`llari bilan ayniqsa sport trenirovkasi sestemasi bilan tanishtirish kerak.
Nazariy tayyorgarlik programasida tanlangan yengil atletika turidagi trenirovka metodikasiga keng o`rin berilgan bulishi kerak. Qo`yidagi masalalarga tuxtalib o`tish juda muxim.
a) kuchni,tezkorlikni chidamlilikni chaqqonlikni egiluvchanglikni rivojlantirish va irodaviy fazilatlarni tarbiyalash vazifalari vositalari va metodlari.
b) trenirovka mashg`ulotlarining shakllari va ularni sikllli planlashtirish.
v) yil buyi trenirovka qilish
g)kup yillik trenirovkani planlashtirish.
d) sport musobaqalarining roli va ularga bevosita tayyorlanishnng xususiyatlari musobaqalarda katnashishi trenirovkalarni xisobga olib borish kantrol mashqlar va musobaqa natijalari sportchi ko`rsatkichlarini analiz qilish trenirovka kundaligi.
Nazariy tayyorgarlik dasturiga sportchining psixologik tayyorgarligi gigienik tartibi masalalari ham kiritilishi zarur.Bundan tashqari sportchilarni vrach nazorati va o`z-o`zini nazorat qilish asoslari bilan shuningdek tanlangan yengil atletika turida shikastlanish profilaktikasi bilan tanishtirish kerak.
Ko`rsatilgan programma bo`yicha yengil atletikachilarni tayyorlash uchun maxsus tashkil qilingan mashg`ulotlarda leksiya va suxbatlar o`tkaziladi .Shuningdek texnika va taktikaning ayirim masalalarini trenirovka mashg`ulotlarida tushuntirish yuli bilan ham nazariy bilimlar xosil qilinadi.Shugullanuvchilarga sport nazariyasi va metodikasidan maxsus adabiyotlar o`qish tavsiya kilinadi.


XULOSA
Sportchilarning umumiy va maxsus sport tayyorgarlik mashg‘ulotlarini tashkil etish vositalari, uslublari hamda shakllari o‘rganildi. Sport trenirovkasi sport turlari bo‘yicha mutaxassislikka erishtiruvchi
mashg‘ulotlar xisoblanadi. Sport turlari bilan yosh, jins xamda sport turlarining
o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq har-xil yoshda shug‘ullanish mumkin. Sport trenirovkasi mashg‘ulotlarining asosiy vositalari sport turlariga muvofiq bo‘lgan maxsus jismoniy mashqlar, ularga o‘rganish uchun zarur bo‘lgan yordamchi va umum rivojlantiruvchi jismoniy mashqlar xisoblanadi. Shuningdek tabiat omillari suv, quyosh va havoning sog‘lomlashtiruvchi ta’siri, shaxsiy va jamoa
gigienasi talablari xam sport tayyorgarliklari vositasi bo‘ladi.
Sport trenirovka mashg‘ulotlari tashkil qilishda dastlabki tayyorlov guruhi
saralanadi. Bu guruhga kiritilgan bolalar jismoniy texnik va taktik tayyorgarlik
o‘tadilar. Mutaxassislikka erishtiruvchi guruhda mashg‘ulotlar sport turlari
bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarni takomillashtirish umumiy jismoniy
fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Yuqori malakali sportchilar
tayyorlash guruhi yuqori malakali sportchilardan tashkil topgan bo‘lib
mashg‘ulotlar texnik-taktik mahoratni orttirish xamda maxsus va umumiy
jismoniy fazilatlarni takomillatirishga qaratilgan bo‘ladi.
Umumiy tayyorgarlik sportchilarning nazariy, ahloqiy, ma’naviy va iroda
xamda xakamlik tayyorgarlikdan iborat bo‘ladi. Nazariy tayyorgarlikda sport
usullarini vujudga kelishi uning asosiy qonun qoidalari haqida nazariy bilimlar shakllantiriladi. Ahloqiy, ma’naviy va iroda tayyorgarlikda sportchilarga xos bo‘lgan sifatlar o‘zini, raqibini, jamoadoshlarini, ustozini xurmat qilish
trenirovka jarayonlari va musobaqalarda o‘zini tuta bilish nazarda tutiladi.
Xakamlik tayyorgarligida musobaqalar o‘tkazish, xakamlarning vazifalari ibora va ko‘rsatmalarning mohiyati xamda musobaqa xujjatlarining yuritilishi haqida tushunchalar xosil qilinadi.
Maxsus tayyorgarlikka sportchilarning texnik va taktik tayyorgarligini
kiritish mumkin. Sportchilarning texnik va taktik tayyorgarligida harakatlar
texnikasi va ularni amalda qo‘llash malaka va ko‘nikmasini shakllantiradi.
Jismoniy tayyorgarlik, jismoniy fazilatlar kuch, chidamlilik, tezkorlik,
chaqqonlik xamda egiluvchanlik sifatlarini takomillashtirish, rivojlantirishdan
iborat bo‘ladi.
Sportchilar umumiy va maxsus tayyorgarligini oshirishda ularning nazariy bilim va dunyo qarashlarini kengaytirish zarur. Shuningdek, sport turiga xos bo‘lgan texnik-taktik tayyorgarlikni va jismoniy fazilatlarni takomillashtirishni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Sportchilar tayyorlashning dastlabki bosqichi bo‘lgan umumiy tayyorgarlik bosqichida sport turining harakatlar texnikasi va jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga e’tibor qaratiladi.
YUqori malakali sportchilar tayyorlash bosqichiga esa jismoniy, taktik va
texnik mahoratni takomillashtirish, ruxiy va iroda tayyorgarligini ta’minlashga
e’tibor beriladi. Mukammal darajada umumiy va maxsus tayyorgarlikka ega
bo‘lgan sportchilar musobaqalarda yuqori natijalar ko‘rsatadi va yuqori malakali sportchi bo‘lib etishadilar. Trenirovka mashg‘ulotlari sportchilarning sport tayyorgarliklarini amalga oshirish jarayoni bo‘lib u tayyorlov, musobaqa va o‘tish davrlariga bo‘linadi. Trenirovka davlarida sportchilar umumiy va maxsus sport tayyorgarliklarini takomillashtirib borib sport formalariga kiradilar.




Yüklə 300,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin