Shlifovkali mezotsikllar. Ular ma’lum kamchiliklarni yo‘qotish va sportchi tayyorgarligining u yoki bu tomonlarini takomillashtirish zaruriyati vujudga kelganda nazorat tayyorlov mezotsiklidan keyin keladi. Mashg‘ulot rivojlanish bilan bog‘liq holatda shlifovkali mezotsikllar yoki maxsus tayyorgarlik mashqlarining intensifikatsiyasi (maxsus tayyorgarlikni rivojlantirishning qo‘shimcha o‘zgarishi zarur bo‘lsa), yoki jismoniy yuklanish umumiy holatining stabillashuvi yoki kamayishi (charchash simptomlari kuzatilganda) bilan xarakterlanadi. U yoki bu holda ham bu mezotsikllarning asosi ayniqsa, yuqori malakali sportchilarda sport-texnika va taktik ko‘nikma-malakalarning detallashtirilgan shlifovkasidir.
Musobaqadan oldingi mezotsikllar.Bu tipdagi mezotsikllar yuqoridagi aytilgan mezotsikllar bilan ma’lum o‘xshashliklarga ega bo‘lishi bilan birga farqlari ham mavjud. Asosiy farq shundaki bu mezotsiklda bo‘ladigan musobaqalarning dasturi va tartibi, to‘liq shakli bo‘lishi hal qilinuvchi lahzalarda sportchini optimal holatda tayyorlashga kafolat beradi.
Musobaqali mezotsikllar. Asosiy musobaqalar davrida bu forma mosdir. Bu tipdagi har bir mezotsikl keltiruvchi mikrotsikldan va asosiy musobaqani o‘z ichiga olgan mezotsikldan ibo rat bo‘ladi. O‘zining turlariga, dastur xususiyatlariga, qatnashuvchilar soniga qarab munosabat mezotsikllari, bir necha variantlarga bo‘linadi.
Qayta tiklovchi-tayyorlovchi va qayta tiklovchi-ushlab turuvchi mezotsikllar. Birinchi turdagi mezotsikl asosan bazali yoki shli fovkali mezotsikl kabi tuzilsada lekin dastlab bir-ikkita qayta tiklovchi mezotsikllarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi esa yanada yumshoqroq mashg‘ulot rejimi va qayta ulanish effektidan to‘laroq foydalanish bilan xarakterlanadi. Agar bu mezotsikllar asosiy musobaqalar orasida bo‘lsa bularni yana oraliq mezotsikl deyiladi.
Mashg‘ulotning makrostrukturasi
Sport mashg‘ulotini davrlashtirish asoslari.Yillik va yarim yillik mashg‘ulot sikllari asosan 3 davrga bo‘linadi:
Tayyorlov.
Musobaqaviy.
O‘tish davri.
Sport formasi pedagogik nuqtayi nazardan qaraganda sportchining yutuqqa erishishiga optimal tayyor ekani hamma tomonlarning (komponentlarning) psixik, jismoniy, sport-texnik va taktik jihatdan tayyor ekanining garmonik birligidan iboratdir. Ilmiy tekshiruvlar sport formasining taraqqiyot jarayoni fazali xarakterga ega ekanini ko‘rsatadi. Bu jarayon 3 fazadan formaga kirish, uni saqlash (nisbatan stabillashtirish) va sport formasini vaqtincha yuklatishdan iboratdir. Sport shakli, rivojlanish fazoviyligi mashg‘ulot davrlarining tabiiy asoslaridir.
Katta, masalan yillik, vaqt bo‘limlaridagi mashg‘ulot jarayoni ma’lum davrlar bo‘yicha tuziladi, boshqacha aytganda qonunqoidalarga bo‘ysunadigan davriy o‘zgarishlar sodir bo‘lib, ular mashg‘ulot tuzilishi va mazmunining hamma elementlari: uning yo‘nalishi, vositalari, metodlari, umumiy va maxsus tayyorgarlik munosabatlarining jismoniy yuklanish dinamikasi va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Sport shaklini biz optimal (eng yaxshi) tayyorgarlik holati sifatida aniqlab u sportchi tomonidan takomillashuvining har bir yangi bosqichda mos holda bo‘lgan tayyorgarligi natijasida egallanadi. Sport shakli ko‘p qirrali hodisalardir. Fiziologik nuqtayi nazardan bu maxsus mu shak ishlarini sport formasida bo‘lmagan paytda yuqori funksional saviyada baja rish qobiliyatidir. Funksiyalarni tejash ya’ni bir qator fiziologik o‘zgarishlarni chegara bo‘lmagan standart ishlarni bajarishda kamaytirish yuksak stabillik va shu bilan birga sport harakat malakalari dinamik stereotiplarining va refaolligi (o‘zgaruvchan moslashuvchi); yuqori darajada, ya’ni organizmning tez ishlab chiqishligi va harakat faoliyat jarayonida almashinishi takomillashgan qobiliyati; tiklanish jarayonining tezlashuvi; sport formasi tog‘risidagi psixologik tasavvurlar hozircha to‘liq bo‘lmay yetarli darajada aniqlashtirilmagan. Shunday bo‘lsa ham quyidagilarni ajiratish mumkin: ayrim maxsuslashtirilgan qabul qilishlarni yaxshilash (chang‘ichilarda chang‘i sezgisini, suzuvchilarda suv sezgisini va h.k); harakatni ongli ravishda boshqarish imkoniyatini va sporttaktik fikrlashning ijodiy namoyon bo‘lishini oshirish; irodaviy kuchlanishlarning oshirilgan diapozonini, ya’ni chegaraviy-irodaviy kuchlanishlarni bajarish imkoniyatlari.
Sport formasi bu o‘z kuchiga ishonish asosida ko‘proq mardlik ko‘rsatish davridir. Pedagogik nuqtayi nazardan sport formasi sportchining jismoniy sport-texnik va taktik yutuqlariga optimal tayyorgarligi, hamma tomonlarining (komponentlarning) garmonik birligini bildiradi. Mana shu komponentlarning mavjudligi sportchi ning sport formasida ekanligi to‘g‘risida gapirishga asos bo‘la oladi.
Sport mashg‘uloti jismoniy tarbiya tizimida ixtisoslashtirilgan yo‘nalish. Sport mashg‘uloti bu tarbiyaning ixtisoslashtirilgan jarayoni bo‘lib, sport natijalariga erishish hamda ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyatga tayyorlashni tushunishdir.
Yengil atletika turlarning texnikasini o`rgatish va uni takomillashtirish trenirovka prosesining tarkibiy qismidir.Yengil atletika ayrim turlari texnikasini o`rgatish metodikasining umumiy asoslari qo`yida bayon etilgan. Ulardan eng muximlari o`rganilayotgan texnika to`g`risida tasavvur xosil qilishning to`g`ri harakat qilish va to`g`ri faoliyat ko`rsatishni amalda bo`lishni baholashning xatolarni aniqlash va ularni to`zatishning metodlari va vositasidir.