Mavzu: Futbolchilar tayyorgarligi xolati ustidan tibbiy-pedagogik nazorat. Kirsh Asosiy қism



Yüklə 283 Kb.
səhifə1/18
tarix05.03.2022
ölçüsü283 Kb.
#53414
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
KL-Мавзу Футболчилар тайёргарлиги холати устидан тиббий педагогик назорат



Mavzu: Futbolchilar tayyorgarligi xolati ustidan tibbiy-pedagogik nazorat.

Kirsh

Asosiy қism

  1. Futbol sportini ommaviylashtirish va rivojlantirish tadbirlari.

  2. Futbolda texik va takik tayyorgarlik shakllari va uni takomillashtirish.

  3. Futbolchilar tayyorgarligi xolati ustidan tibbiy-pedagogik nazorat o'tkazish yo'llari.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish


Futbolsporti dunyo xalқlari o'rtasida keng ommaviylashgan sporti turi ҳisoblanadi. Ҳar bir mamlakatning millionlab aҳolisi futbol sporti bilan sevib shuғullanadilar. Shuning uchun uni millionlar o'yini deb ataydilar. Futbol sporti yoshlarni jismonan barkamol inson қilib tarbiyalash, ular organizmini soғlomlashtirish, jismoniy rivojlantirish ҳamda chiniқtirish masalalarini ijobiy ҳal etadi. Bizning mamlakatimiz aҳolisi қolaversa yoshlar o'rtasida futbol sporti keng ommalashgan sport turi bo'lib ҳisoblanadi. Shuningdek futbol bo'yicha sportchilarimiz xalқaro sport musobaқalarda muntazam muvaffaқiyatlarga erishibkelmoқdalar.

Yosh avlod sportga va sportchilarga bo'layotgan bunday e'tibordan samarali foydalanishlari maқsadida sport turlari bilan ommaviy shuғullanib keng yo'lga қo'yilgan. Mamlakatimizda ko'plab zamonaviy sport inshootlari barpo etilgan. O'zbek sportchilari jaҳon bo'ylab ko'plab ҳalқaro musobaқalarda қishki va yozgi olimpiada o'yinlarida ijobiy natijalarga erishishlari uchun asos yaratilgan.

Mamlakatimiz poytaxti Toshkent shaҳri xam kelajakda yozgi olimpiada o'yinlari o'tkazish uchun nomzodlar safida xisoblanadi. O'zbek sportchilarining xalқaro sport musobaқalarda erishayotgan ғolibliklari va muvaffaққiyatlar bilan jaҳon sporti taraққiyotiga o'ziga xos xissalarini қo'shibkelmoқdalar.

Sport mutaxassislari va futbol murabbiylari oldida futbolchilar jismoniy, texnik va taktik tayyorgarliklarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish ҳamda muntazam nazariy bilimlarini ortirib borish, uslubiy va axloқiy tayyorgarliklarini tashkil jarayonlarini takomillashtirish vazifalari dolzarb muammolardan bo'lib kelmoқda. Futbolchilar sport tayyorgarliklarini takomillashtirishni jaҳon standartlariga muvofiқ tashkil etish o'zbek futbolchilarini olimpiada o'yinlarida, jaҳon va Osiyo chempionatlarida muvaffaқiyatli ishtirok etishlarini ta'minlay oladi.



Bitiruv malakaviy ishda ta'lim muassasalarida taҳsil olayotgan o'қuvchi va talabalar o'rtasida futbol sportini ommaviylashtirish, ular bilan futbol sporti mashғlotlari va musobaқalari tashkil etish o'rganildi. Shuningdek bitiruv malakaviy ishda futbol sporti bilan shuғullanuvchi bolalarni jismoniy, texnik va taktik tayyorgarliklarini tashkil etish mashғulotlarining vositalari va uslublari taҳlil etildi. Sport mashғulotlari jarayonlarida futbol bo'yicha bolalarda nazaraiy va uslubiy bilimlarni shakllantirish, axloқiy va ruҳiy iroda sifatlarni tarbiyalash jarayonlari ҳam o'rganildi.

Paxtaobod tumani Қurilish va kommunal xizmat kollejida taҳsil oluvchi talabalarni jismoniy tarbiya darslari va sinfdan tashқari mashғulotlarda futbol sporti bilan shuғullanish jarayonlari o'rganilgan. Ilmiy tadқiқot ishlarida 20 dan ortiқ o'қuvchilar jalb etilgan.

Ilmiy tadқiқot ishlarida kollejda tashkil etilgan futbol sporti mashғulotlari va sport musobaқalarining maқsad va vazifalari ҳamda tashkil etish jarayonlari, ularga қo'yiladigan talablar taҳlil etilgan.

-futbolo'yini taktikasini o'rganishni ilmiyasoslandi;

-futbol o'yini taktikasini o'rganish asosida bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi darajasianiқlandi;

-o'yin taktikasiga o'rgatish jarayonida shuғullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligi, ma`naviy va axloқiy tarbiyasi, nazariy, amaliy bilimlari, shuningdek, futbol o'yini mashғulotlari va o'tkazish ilmiyasoslandi.

Kurs ishining ilmiy axamiyati: Futbolchilar bilan o'yin taktikasini samarali uslublardan foydalanish aniқlandi. Bitiruv malakaviy ishning xulosalari va tavsiyalaridan, futbolchilar bilan o'yin taktikasini o'rganishni rejalashtirishda, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat yo`nalishiga oid o'қuv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishda, jismoniy tarbiya dasturini takomillashtirishda foydalanish mumkin.



Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin