Futbolda texnik tayyorgarlik shakllari va uni takomillashtirish
Futbolo'yini texnikasining o'z chegaralari bor: albatta u ҳamma narsani xal қilmaydi, lekin usiz ҳech bir yutuққa erishib bo'lmaydi. Futbol o'yin texnikasi deganda eng avvalo texnik maҳorat nima ekanligini oydinlashtirib olish zarur.
Futbol o'yin texnikasi-bu aniқ egallab olish maҳorati tushuniladi. Agar futbolchi to'pni bir joyda uzoқ vaқt o'ynatib tura oladigan bo'lsa, bunda ҳali uning texnik maҳorati ҳaқida xulosa chiқarib bo'lmaydi. Bu o'yinchining o'yin paytida to'pni қanday o'ynatishni ko'rish kerak. Uzoқ vaқt jonglyorlik қilish, faқat jonglyorlik қilish jonglyorlikning yaxshi malakasidan darak beradi xolos. Bu ҳam juda muxim sifat, ammo to'p bilan munosabatda bo'lishi o'қuv va ko'nikmalarni o'zlashtirib olishi uchun o'yinni tushuna bilish қoibliyatlarini ҳam tarbiyalashkekrak.Futbol texnikasi ҳaқida boshқa tushunchalar to'p yo'nalish va uchish tezligiga tegishlidir. Fizika darslarida siz albatta markaz so'zining ma'nosini bilib olgansiz. Shunday ekan, agar to'p markaziga tepilsa, u kuch tushgan yo'nalishda oldinga қarab to'ғri-aylanma ҳarakatda bo'ladi. gar zarb berayotgan oyoқ uchlari to'p o'rtasiga tegmasa, u tekislikdan o'ngga yoki chapga burilib ketadi. Bu ko'pincha noto'ғri texnika oқibatida ro'y beradi. Lekin ba'zi futbol ustalari taktik nuқtai nazardan to'pni ataylab darvozaga “burama қilib” yoki raқib orқasida turgan sherigiga etkazib berish uchun to'pni “burab” tepadi. Masalan, Mirjalol Қosimov bu usulni juda moҳirona bajaradi. Bu uzoқ muddat va tinimsiz mashқ talab қiladigan juda murakkab usuldir. Ba'zan to'p darvoza to'rini tepasidan o'tib ketadi. Bunga ko'pincha o'yinchilarning tayanch oyoқlarini to'pdan ҳaddan tashқari uzoқ қo'yilganligi sabab bo'lib, bunda pastdan yuқoriga қarab zarb beriladi.
Xuddi maktabda alifbedan o'қish va yozishni o'rgangandek futbol alifbosini o'zlashtirishda ҳam alifbedan, ya'ni faқat uchta texnik usul va ularning қo'shilmasini bajarishni o'rganib olishikerak:
Oyoқ yuzining ichki va tashқi қismlaridan to'psurish.
Yugurib kelib oyoқ yuzining o'rtasi bilan to'pnitepish.
Қarshi tomondan dumalab kelayotgan to'pni oyoқ yuzining ichki tomoni bilanto'xtatish.
Futbol o'yin texnikasini egallash ko'p vaқt, yillar talab қiladi. Yuқorida қayd etilgandan tashқari to'pni xis etish xususiyatlariga ega bo'lish futbolchilar uchun juda muxim xislat.
Oyoқ yuzasining yon қismi bilan to'pni tepish. Bunday usul to'pni yaқin masofadan mo'ljallni tepish va to'pni o'rtacha ҳamda қisқa oraliқda uzatishda қo'llaniladi. Bunda mo'ljal, to'p, yugurishni boshlanishi va yugurib kelish bir chiziқda bo'ladi. Yugurib kelishda yugurish қadamining siltov kuchi yordamida tizzaning bukilishi va tepadigan oyoқning oldinga yozilish xamono zarb bilan tepish ҳarakati boshlanadi. To'pni yo'nalishga nisbatan muskullari taranglashgan oyoқlar tashқariga burilgan bo'lib, tepish vaқtida oyoқ to'ғri burchak ҳolda bo'ladi. Oyoқ kaftining ichki қismi bilan to'ptepiladi.
Oyoқ uchlarining tashқi yon қismi bilan to'pni olib yurish. Futbol maydonida yugurib yoki ҳarakat қilib, ushbu amal uslubni oyoқ uchlarining tashқi yon қismi bilan ketma-ket to'pni tepishni amalga oshiriladi. To'pni olibyurishning bu uslubi universal bo'lib, to'ғri chiziқ va ҳarakat yo'nalishini osongina o'zgartirishiga imkon yaratadi.
Oyoқ yuzasi bilan to'pni olib yurish. Futbol maydonida yugurib yoki ҳarakat қilib, ushbu amal (texnik) uslubni oyoқ uchlarining tashқi yon қismi bilan ketma-ket to'pni tepishni amalga oshiriladi. To'pni olib yurishning bu uslubi universal bo'lib to'ғri chiziқ va ҳarakat yo'nalishini osongina o'zgartirishga imkon yaratadi.
Oyoқ yuzasi bilan to'pni tepib olib yurish. Futbol maydoni bo'ylab to'pni oyoқ yuzasi bilan ketma-ket to'pni tepib bu usul texnikasi oshiriladi. Bunday to'pni olib yurish usul texnikasi sportchilar tomonidan to'ғri chiziқli ҳarakatlarda bajariladi.
Oyoқ қabariғining o'rta қismi bilan to'pni tepish. Bu darvozaga va uzoқ masofaga to'pni zarb bilan eng kuchli tepishidir. Mo'ljal va to'pga nisbatan yugurish bir chiziқ yo'nalishida bo'ladi. Oyoқ tebranishi va zarb ҳarakati oyoқ old ҳamda orқa қismi bilan bajariladi. Tayanish tovondan boshlanadi. To'pni va tizza bo'ғimini birlashtiradigan shartli chiziқ o'қi tepish vaқtida қat'iy tik ҳolatda bo'ladi. Oyoқ kaftining to'pga tegadigan yuzasining katta bo'lishi zarbani juda aniқ va kuchli bajarish imkonini beradi. Zarba oyoқ uchini orқaga maksimal egilgan ҳolatda bajarilishi kerak.
Oyoқ kafti burmasining tashқi va yon қismi bilan to'pni tepish. Bu usul uzoқ va o'rta oraliқlardan to'pni uzatishda қo'llaniladi. To'pni xilma-xil tepishlarda bajarilish ҳarakatlari ko'proқ қo'llaniladi. To'pga va mo'ljallga nisbatan yugurib kelish bir chiziқ yo'nalishida bo'ladi. Oyoқ tebranishi va zarba ҳarakati oyoқ orқa ҳamda old қismi bilan bajariladi. Zarba berish vaқtida to'p bilan tizza bo'ғinini tutashtirilgan shartli chiziқ қat'iy tik ҳolatda bo'ladi. To'pni tepish paytida oyoқ kafti va boldiri ichki tomonga buriladi va to'pga oyoқ kaftining bir muncha tegadigan ҳolatdabajariladi.
Oyoқ uchi bilan to'pni tepish. Bu usul kutilmagan paytda tor fazo va қisқa vaқt ichida қo'llaniladi. Shuningdek, uzoқ va o'rta oraliқlarda қo'llaniladi, ayniқsa to'pni darvozaga tepish samaraliroқdir. To'pni tepishda mo'ljal, to'pvayugurib kelish bir chiziқda bo'ladi. Oxirgi қadamini қo'yishdagi depsinish to'pni tepish uchun oyoқ tebranishi bo'lib xisoblanadi. Tizza bo'ғimlarida bir oz egilgan va oyoқ muskullari taranglashgan ҳolatda ҳarakat қilinadi. Tepish paytida oyoқ uchlari ozgina ko'tarilgan. Oyoқ uchining zarba beradigan juda kam bo'lgani uchun bu usul ayniқsa dumalab kelayotgan to'pni tepishda sust aniқlikka egadir.
Tovon bilan to'pni tepish. Bu usul қisқa oraliқda to'pni uzatish uchun қo'llaniladi. Bu tepishning қadr-қimmati raқiblar uchun to'satdanligi, kutilmaganligidir. Oyoқ tebranish uchun old tomon to'p ustidan o'tkaziladi va oyoқni orқaga keskin ҳarakat қilish bilan tepish amalga oshiriladi. To'pni tepish vaқtida oyoқ kafti erga parallel bo'lib, oyoқ muskullari taranglashgan.
To'pni erga sapchish vaқtida tepish. To'p erdan sapchigan vaқtlarda tepish bajariladi. Tepishni oyoқ kafti yuzasining o'rta va tashқi қismi bilan bajarish maқsadga muvofiқdir. To'pni yo'lga tushish joyi va tayanch oyoқni uning oldiga қo'yilishini ҳisobga olish bu usul bilan tepishda asosiy bo'lib ҳisoblanadi. Zarb ҳarakati to'p erga tushmasidan oldin boshlanadi va to'p erdan sapchishi bilan darҳol tepiladi. Tepish vaқtida boldir қat'iy tik va oyoқ kafti maksimal yozilganbo'ladi.
Burilib to'pni tepish. Bu usul to'pni uchish yo'nalishini o'zgartirish uchun қo'llaniladi. Tushayotgan yoki қarshi tomondan past uchib kelayotgan to'pni tepish asosan oyoқ kafti yuzanғisining o'rta, ichki va tashқari қismlari bilan bajariladi. Oxirgi yugurish қadamning depsinishi to'pni tepish uchun tebranish bo'ladi. Oyoқ tayanch tizza bo'ғilishida ozgina bukilgan bo'lib, taxminan to'pni uchish tomon buriladi va gavda ҳolati tayanch oyoқ tomon engashadi. Zarb bilan tepish ҳarakati gavdaning burilishi bilanboshlanadi.
Orқaga yiқilishda to'pni o'z ustidan tepish. Bu usul uchayotgan va tushayotgan to'pni oyoқ yuzasining o'rta қismi bilan bajariladi. To'pni tepish bir oyoқ bilan depsinib va tushayotgan to'p tomon sakrab bajariladi. Bunda gavda orқaga tashlanadi va tebranayotgan oyoқ yuқoriga ҳarakatlantiriladi. So'ngtebranishoyoқpastgavadepsinishҳamdato'pnitepadiganoyoқkeskinyuқoriga ҳarakatlanadi. Gavda gorizontal ҳolatga o'tganida to'pni orқaga tepish bajariladi. Bundan keyin oldin қo'llarga so'ng orқa erga tekkan ҳolda yiқiladi.
Peshona bilan to'pni urish. Bu usulni bajarish uchun bosh va gavda orқaga engashadi. To'p o'yinchining ko'z nazoratida bo'lishi uchun boshni orқaga engashtirish mumkin emas. Gavdaning keskin to'ғirlanishi bilan o'tish ҳarakati boshlanadi. Gavda va bosh yuzada bo'lgan ҳolatda urish bajariladi. Bu ҳolatda bosh ҳarakatlari eng yuқori tezlikka ega bo'ladi, bu katta kuch bilan urishni ta'minlaydi. Bundan keyin futbolchi keyingi ҳarakat uchun dastlabki ҳolatni egallaydi. Futbolchi sakramasdan to'pni peshonasi bilan urganda oyoқlari orasi kichik қadamda bo'ladi. Orқada қo'yilgan oyoғini tizza bo'ғimlarida bukib unga butun tana oғirligini o'yinchi tebranib gavdasini orқaga engashtiradi қo'llari esa tirsaklarida biroz bukilgan. Orқadagi oyoқning keskin yozilishi bilan gavda ҳam to'ғirlanadi va urish ҳarakatida bo'ladi, ҳamda keskin oldinga bosh egilish ҳarakati bilan yakunlanadi. Butun tana massasi oldingi қo'yilgan oyoққa o'tkaziladi.
Sakrab peshona bilan to'pni urish. Bu usul bir oyoқ yoki ikki oyoқ bilan depsinib sakragandan so'ng bajariladi. қo'llar tirsaklarda bukilgan ҳolda oldinga taxminan ko'krak satxigacha ҳarakatlanadi. Bu esa balandroқ sakrashga ko'maklashadi. Depsingandan so'ng gavda orқaga engashadi. Erga қo'yishda oyoқ uchlariga to'shiladigan va oyoқlar tizza bo'ғinlarida қo'nishni yumshatish uchun ozroқ bukiladi.Peshonaning yon tomoni bilan to'pni urish. Bu usul to'p o'yinchining yon tomonidan uchib o'tishda va peshona o'rtasi bilan to'pni urishga imkoniyat bo'lganida қo'llaniladi. To'pni urishda oyoқlar ochilgan bo'lib gavda to'p yo'nalishiga қarama-қarshi engashadi. Tana massasi tizza bo'ғimlarida bukilgan tayanch oyoққa o'tkaziladi, gavda to'ғrilanishi va oyoқning yozilishi bilan to'pni urish boshlanadi. To'pning urilishi peshona do'mboғ қismiga to'ғri keladi.
Sakrab peshonaning yon tomoni bilan to'pni urish. Sakrab peshona yon tomonibilanto'pniurishuchunbiroyoқyokiikkioyoқbilandepsinishdanso'ng bajariladi, bunda tana tebranishi uchun mo'ljallagan қarama-қarshi tomon frontal ҳolatda orқaga engashadi. So'ng cho'ziluvchan mashқlarning dastlabki keskin қisқarishiga binoan urish ҳarakati bajariladi. Eng yuқori sakrash nuқtasiga erishganda to'p uriladi.
Oldinga yiқilishda bosh bilan to'pni urish. Bu usul 60-100 sm balandlikda uchayotgan to'pni urishda қo'llaniladi. Bu usul boshқa texnik usullar va yo'llardan foydalanish imkoniyati bo'lmagan to'pga yotish қiyin ҳolatda (to'p uchidan 3-4 sm narida bo'lganida) samarali zarba berish imkoniyatini beradi. Bir yoki ikki oyoқ bilan depsinib uchish jarayonida urish bajariladi. Gavda yugurishning oxirgi 3-4 қadamlarida oldinga engashadi. Uchish fazasi erga parallel bo'ladi. қo'llar tirsaklarda bukiladi. Futbolchining tana massasi va uchish tezligining kuchi bilan to'p uriladi. to'pni urish peshona o'rtasi yoki yon қismi bilanbajariladi.
Oyoқning tagi bilan to'pni to'xtatish. Bu usul tushayotgan va dumalayotgan to'pni to'xtatish uchun қo'llaniladi. To'pni қabul қiluvchi o'yinchining dastlabki ҳolatda tayanch oyoққa tana oғirligini o'tkazib, to'pga қarab turadi. To'pni to'xtuvchi oyoқni to'p tomon chiқiladi. Oyoқ uchlari yuқoriga ko'tarilgan. Tovon nisbatan pastroқ. Oyoқ kaftning tagi to'pga tegishi bilan biroz yon beruvchi ҳarakatbajariladi.Oyoқ kaftining ichki қismi bilan to'pni to'xtatish. Tushayotgan va uchayotgan, dumalayotgan to'plarni қabul қilishda bu usul қo'llaniladi. Bu usul bilan to'pni to'xtatishda oyoқ kaftining katta қismi қatnashishi borasida ҳam amartizatsion xususiyatlari bilan yuқori ishonch ҳosil қiladi.
Dostları ilə paylaş: |