Mavzu: Futbolchilar tayyorgarligi xolati ustidan tibbiy-pedagogik nazorat. Kirsh Asosiy қism



Yüklə 283 Kb.
səhifə3/18
tarix05.03.2022
ölçüsü283 Kb.
#53414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
KL-Мавзу Футболчилар тайёргарлиги холати устидан тиббий педагогик назорат

O'yin texnikasi mashғulotlari. Bunda mashғulotlarda o'yinning texnik usullarini egallashga va ularni takomillashtirishga қaratilgan mashқlar bajariladi. Mashғulotlar mashғulotning yillik sikli davomida – ochiқ maydonlarda ҳam, futbol maydonlarida ҳam, yopiқ binolarda ҳam o'tkaziladi.

O'yin texnikasiga doir mashғulotlar tayyorgarlik mashқlaridan, to'p bilan, standart, murakkablashtirilgan va o'yindagidek sharoitlardagi mashқlardan tuzilgan bo'lib, ular taxminan қuyidagilardan: chaққonlikni rivojlantiruvchi mashқlar, to'p bilan erkin mashқlar, mudofaada to'siқ bo'lib turgan raқibdano'tib, darvozaga tepishdan iborat mashқlardan, bir-ikkita tegish bilan 5x5 o'yin mashқlaridan iborat bo'ladi.

Mashғulot guruҳ-guruҳ bo'lib va individual tarzda o'tkazilishi mumkin. Afsuski, ҳozir komandalar mashғulotlari asosan guruҳ bo'lib o'tkaziladi. Individual mashғulotlar juda kam o'tkaziladi, aslida esa bunday mashғulotlar muntazam ravishda – ҳaftada kamida bir marta o'tkazilib turishi kerak.

Futbolchi individual mashғulot қilganda guruҳ bo'lib shuғullangandan farқli o'laroқ mashғulotning vosita va uslublarini asosli tanlashi, foydalanishi ҳamda қo'llashi, ularning shuғullanuvchilarga ta'sirini nazorat қilib borishi, futbolchining individual xususiyatlarini ҳisobga olgan ҳolda uning maҳoratini oshirishi va takomillashtirishi uchun ҳamma sharoit shundoққina ko'zga tashlanib turadi. Biroқ futbol o'yinining jamoa xarakteri o'yin jarayonida o'zaro ҳamkorlikka bo'lgan talablarni oshirish, guruҳ bo'lib bajariladigan vazifalarni ҳal қilish zaruriyati, o'z individual maқsadini komanda maқsadlariga bo'ysundirish қobiliyatini ko'zda tutadi.

Musobaқa elementlari ko'zga tashlanuvchi guruҳ mashғulotlarida tarbiya vazifalari muvaffaқiyatli ҳal қilinadi.

Individual mashғulotni tashkil etishda ularning ҳammasini nazarda tutmoқ zarur. Individual va guruҳ mashғulotlari қat'iy baravarlashtirilgandagina bu vazifalarni to'ғri ҳal қilish mumkin. Bunda guruҳ mashғulotlariga ajratilgan vaқt individual mashғulotlarga ajratilgan vaқtdan ko'proқ bo'ladi. Bu fikrni shartli ravishda oldindan bir nisbatda ifodalash mumkin, ya'ni yillik asosiy mashғulotlardan (200 ta) taxminan o'ttiztasini individual mashғulot tashkil қilishi darkor. Bundan tashқari futbolchi guruҳ mashғulotlaridan keyin mustaқil mashқlarga 20-30 daқiқa vaқt ajratadi, guruҳ mashғulotlari jarayonida esa trenerning ko'rsatmasiga binoan futbolchi yosh xususiyatlari ҳisobga olingan ҳolda, turli mashқlarnibajaradi.

Futbolchilarning sport mashқlarini takomillashtirish sur'atlarini tezlashtirish individual mashғulotningmaқsadlaridir.

Futbolchilar individual mashғulotsi vazifalari umumiy қilib olganda қuyidagilardan iborat:



      1. futbolchilarning xususiyati va rivojlanish darajasi ҳamda uning o'yin ixtisosini ҳisobga olgan ҳolda ҳarakat sifatlari va malakalarinitakomillashtirish;

      2. jismoniy, texnik, taktik tayyorgarlikdagi kamchiliklarnituzatish;

v) majburiy tanaffusdan keyin yo'қotilgan sifatlarni mashғulot paytida қayta tiklash;

g) musobaқalardagi maxsus vazifalarni ҳal қilish va psixologik қat'iyatlilikni oshirish uchun zarur malakalarni egallash.

Tenirovkaning maқsad va vazifalari individual rejalarda o'zining aniқ ifodasini topadi. Futbolchining individual tenirovkasi umumiy tomondan қabul қilingan didaktik prinsiplarga asoslanadi. Bu prinsiplarni individual mashғulotlarda amalga oshirish ta'limda ҳam, futbolchilar maҳoratini takomillashtirishda ҳam katta samara beradi.

Mashғulotni individuallashtirish guruҳ mashғulotlari uchun tipik bo'lgan yuklama me'yorining buzilishidan, bekorchi takrorlashlarning paydo

bo'lishi va boshқa usullardan қutulish imkonini beradi. Bundan tashқari, mashғulotlarning ta'sirchanligini nazorat қilishni osonlashtiradi.

Futbolchilarning murabbiy va jamoa vrachi nazorati ostida o'tkazadigan mustaқil mashғuloti individual mashғulotning asosiy formasi ҳisoblanadi. Tayyorgarlikning turli tomonlarini: jismoniy, texnik, taktik, psixologik tomonlarini takomillashtirish uchun maxsus tanlab olingan mashқlar individual tenirovkaning vositalari bo'lishi mumkin.Mustaқil mashғulotlar uchun vositalar tanlayotganda, ularni sparring – sheriksiz va ko'pincha maxsus mashғulot joyidan chetda қo'llash mumkinligini ҳisobga olish lozim.

Individual mashғulotlar uchun mashғulotning davrali, takroriy, oralatib o'tkaziladigan, birga қo'shib olib boriladigan uslublari etakchi ҳisoblanadi. O'yin va musobaқa uslublaridan kam foydalaniladi.

Mustaқil mashғulotlar uchun maxsus jiҳozlar, trenajyor va ҳokazolar ҳal қiluvchi aҳamiyatga ega. Bunga қuyidagilar kiradi:



  1. otboyka ustunlari, batutlar, nishonlar, osma koptoklar, aylanib o'tish uchun ustunlar;

  2. gimnastika snaryadlari, shtangalar, gantellar, puflama koptoklar, arғamchilar, espanderlar,to'siқlar;

v) futbol, tennis, voleybol to'plari;

g) panja uchun, zarb beradigan dinamometrlar va polidinamometrlar;

d) tenzometrik platformalar, elektron otboyka devorlari, to'pni avtomatik tarzda uzatib beradigan moslamalar.


    1. Yüklə 283 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin