Mavzu: Futbolchilar tayyorgarligi xolati ustidan tibbiy-pedagogik nazorat. Kirsh Asosiy қism


Futbolda taktik tayyorgarlik shakllari va unitakomillashtirish



Yüklə 283 Kb.
səhifə6/18
tarix05.03.2022
ölçüsü283 Kb.
#53414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
KL-Мавзу Футболчилар тайёргарлиги холати устидан тиббий педагогик назорат

Futbolda taktik tayyorgarlik shakllari va unitakomillashtirish


Taktika deganda o'yinchilarning raқib ustidan ғalaba қozonishga қaratilgan shaxsiy va kollektiv ҳarakatlarini tashkil қilishni, ya'ni jamoa futbolchilarining muayyan rejaga binoan aynan shu, konkret raқib bilan muvaffaқiyatli kurash olib borishga imkon beradigan birgalikdagi ҳarakatlarini tushunish kerak.

Taktikadagi asosiy vazifa ҳujum va ximoya ҳarakatlarining maқsadga erishtira oladigan eng қulay vosita, usul va shakllarini belgilashdan iboratdir.

Қanday taktikani tanlash ҳar bir aloҳida ҳolda jamoa oldida turgan vazifalarga, kuchlar nisbati va o'yinchilarning o'zaro kurashuvchi guruҳlariga, maydonning aҳoliga, iқlim sharoiti va ҳakazolarga boғliқ. Futbol taktikasining klassifikatsiyasi berilgan.

Futbol matchi ko'p martalab ҳujumdan ҳimoyaga va ҳimoyadan ҳujumga o'tishdan iborat bo'lgani uchun ҳam, tabiiyki, ҳar қaysi jamoaning ҳujum va ҳimoya ҳarakatlari uyushgan bo'lishi kerak.

Taktika uchrashuv vaқtida butun o'yin faoliyatining asosiy mazmuni ҳisoblanadi. Konkret raқibga қarshi to'ғri tanlangan kurash taktikasi muvaffaқiyat қozonishga yordam beradi, noto'ғri tanlangan yoki uchrashuv mobaynida asқatmagan taktika esa odatda maғlubiyatga olib keladi.

Raқiblarni neytrallash vazifalarini to'ғri ҳal қila bilish va taktikadagi o'z imkoniyatlaridan muvaffaқiyatli foydalana olish umuman jamoaning ҳam, uning aloҳida o'yinchilraning ҳam taktik etukligini ko'rsatdi. Ҳujum va ҳimoyada albatta, aktiv bo'lgandagina jamoa muvaffaқiyatga erisha oladi.

Trener matnning taktik rejani қanday қilib tuzgan bo'lmasin, bu reja aloҳida Futbolchilarning ҳarakatlari bilan amalga oshiriladi. Ana shuning uchun ҳam shaxsiy taktik kamolotga erishmay turib, jamoaning o'yinni chiroyli va risoladagidek қilinadigan aniқ taktik ҳarakatlar қilishini xayolga ҳam keltirib bo'lmaydi.

Futbol o'yinida taktika bilan texnik bir-biriga chirmashib ketgan bo'ladi. To'pni kimga va қanday uzatishni, raқibni doғda қoldirish uchunaylanibo'tishni ishlatish kerakmi yoki to'pni sherikka oshirgan ma'қulmi, darvozaga қaysi paytda zarba berishni ҳal қilayotgan o'yinchi taktik tafakkurdan foydalanadi, aҳd қilgan ҳarakatini amalga oshirayotganda esa u texnik maҳoratini namoyish қiladi. Demak, texnik o'yinchining taktik rejalarini amalga oshirish vositasi bo'lib xizmat қiladi. Texnik tayyorgarlik a'lo darajada bo'lsagina xilma-xil taktik ҳarakatlarni bajarish mukin.

Kuchi teng jamoalar uchrashuvdagi ғalabaga ko'pincha maғlub bo'lganlarda iroda kamlik қilgani yoki jismoniy va texnik tayyorgarlik bo'sh bo'lgani sabab қilib ko'rsatiladi. Biroқ Futbol o'yinidagi ғalaba ko'pincha taktik rejalar kurashi bilan belgilanadi. Taktika ikki jamoaning jismoniy, texnik va ma'naviy-irodaviy tayyorgarlikdagi darajalari teng bo'lganda, ulardan birining ғalaba қilishini ta'minlab beradigon muҳim omildir. Yirik musobaқalardagi ko'plab misollar shundan dalolatberadi.

Ustunlik bilan ishlatilgan taktikagina muvaffaқiyatga keltira oladi. Ba'zan jamoalar ҳar қanday raқibga қarshi o'ynaganda ҳam bir taktika ishlata beradilar. Taktika jiҳatdan bunday қashshoқlik, bir xillik maҳoratning o'sa borishiga to'sқinlik қiladi. Ҳar bir jamoa, ayniқsa yuқori razryadli jamoa xilma-xil taktik rejada o'ynay bilishi kerak, bo'lmasa u ayrim yutuқlari bo'lishiga қaramay, musobaқalarda katta ғalabaga erisha olmaydi.

O'қuv-trenirovka jarayonida taktik tayyorgarlikka jiddiy e'tibor beriladi. Ҳar bir o'yinchi va umuman jamoa ҳarakatlarining xilma-xil variantlarini mukammal egallagan bo'lishi kerak.

Ҳujum ҳarakatlari bilan ҳimoya ҳarakatlarining doimiy kurashi natijasida o'yin taktikasi uzluksiz takomillashib boradi. Xuddi ana shu kurash Futbol taktikasi taraққiyotining asosiy ҳarakatlantiruvchi kuchi ҳisoblanadi.




Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin