Mavzu: Futbolchilar tayyorgarligi xolati ustidan tibbiy-pedagogik nazorat. Kirsh Asosiy қism


FUTBOL SPORTINI OMMAVIYLAShTIRISh VA RIVOJLANTIRIShTADBIRLARI



Yüklə 283 Kb.
səhifə2/18
tarix05.03.2022
ölçüsü283 Kb.
#53414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
KL-Мавзу Футболчилар тайёргарлиги холати устидан тиббий педагогик назорат

1. FUTBOL SPORTINI OMMAVIYLAShTIRISh VA RIVOJLANTIRIShTADBIRLARI

Futbolchilarningmaҳorat darajasini oshirish to'ғrida-to'ғri bollaarni ilk yoshlik choғidan boshlab futbol o'yiniga rejali va malakali ravishda ommaviy o'rgatishga boғliқ. Faқat bola imkoniyatlariga mos bo'lgan ҳarakat ko'nikmalarini shunchalik tez va oson ҳosil қilinadi.

Bolalik yoshida sport bilan shuғullanish, agar u to'ғri metodika bilan olib borilsa, organizimning shakillanishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu ta'sir ikki xil namoyon bo'ladi.: morfologik o'zgarishlar-bunda antropometrik belgilar tez o'sadi va funksional o'zgarishlar-bunda ishchanlik қobilyatiga o'sadi va funksional o'zgarishlar-bunda ishchanlik obilyatiga o'sadi.Jismoniy mashқlarning suyak sistiemasining rivojlanishiga ta'siri ayniқsa sezilarlidir. Masalan, juda ko'p tadқiқotlar bolalar umirtқa poғonasining juda ҳam қayishқoқligiga va uzoқ vaқt zo'r berish natijasiga noto'ғri ҳolatda bo'lishi tufayli қiyshayib қolishi mumkinligi ҳaқida dalolat beradi. 8-9 yoshli bolarning umirtқa poғonasi juda ҳam ҳarakatchan bo'ladi. Bolalarda bo'yin va ko'krak қafasi bukiklari maktab yoshiga kelib қotadi. Bel bukiklari esa faқat baloғat yoshiga etish davriga kelib to'liқ қotadi. Umirtқa poғanasining қiyshayishi tufayli kuzatiladigan қaddi-қomatdagi buzilishning ko'pchiligi 11- 15 yoshlarda ro'y beradi. Bu yoshda umirtқa poғonasining to'ғri rivojlanishi uchun umirtқa muskullarini mustaҳkamlashga yordam beruvchi mashқlarni bajarishga topshirish judamuҳimdir. Bolalik yoshida suyak қotishi jarayoni ҳali tugallaanmagan bo'lishini ҳisobga olish kerak. 9-11 yoshlarga kelib odatda қo'l barmoқlarining suyagi, bir oz keyinroқ, 10-13 yoshlarda bilk va umirtқa poғonalari orasidagi disklarda suyak қotish zonalari paydo bo'ladi. tos suyaklari faқat 20-21 yoshlardagina batomom қotadi. O'mrov suyagi, ko'krak suyagi, elka va bilak suyaklari 20-25 yoshlarga, oyoқ panjalarining suyagi va oyoқ kafti va oyoқ tovoning orқasidagi suyaklar tegishlicha 15-21 va 17-21 yoshlarga kelib to'liқ қotadi.

O'smirlik yoshida gavdaning o'sish sur'ati yuқori bo'lishi va gavda oғirligining ortishi қayd қilinadi. Gavdaning bo'yiga қarab o'sishi o'smirlarda asosan 17-18 yoshlarda tugallanadi. Shuning uchun katta badlandlikdan sakrab tushayotganda қattiқ depsinish, to'p uchun kurashayotganda elka bilan elakani turtish, yuklama berish bel va tos suyaklarining қo'shilib ketishiga, ularning noto'ғri o'suishiga sabab bo'ladi. Oyoқlarga ҳaddan tashқari yuklama berish, agar suyak қotishi.

Bolalar skletining jadal rivojlanishi ularning muskullarri, paylari va boғlovchi bo'ғin apparatining shakillanishi bilan mustaҳkam boғlangan.

Bolada 8 yoshda muskullar oғirligi gavda oғirligining 27% ini, 12 yoshda-29,4 % ini 15 yoshda-32 % ini 18 yoshlarga kelib esa 44,2 % gachasini tashikl etadi. Muskullar oraliғining ortishi bilan birga ularning funksional xossalari takomillashib boradi.

Muskullarning funksional xossalari 7 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan davrda jiddiy o'zgaradi. 14-15 yoshli bolaning muskullari o'zining funksional xosslariga ko'ra katta yoshlik kishining muskullaridan unchalik farқ қilmaydi. 11 yoshdan 19 yoshgacha bo'lgan davrda futbolchilarning kuchi bir tekisda rivojlanib bormaydi. 13 yoshdan 15 yoshgacha muskul kuchi eng ko'p o'sadi. Asosiy kuch ko'rsatkichlari 73,2 dan 103,2 kg .gacha, ya'ni 30 kg.ga ortadi. 15- 17 yoshda absalyut muskul kuchi kam o'zgaradi, faқat 16-20 yoshlarda u kata kishiga xos bo'lgan darajaga etadi. 17-19 yoshlik futbolchilarda asosiy kuch miқdori tegishlicha 126,136,3 159,1 kg ga etadi. Asosiy kuch ko'rsatkichlarining o'rtacha yillik o'sishi futbolchilarda 12,3 kn ni tashkil etadi. 12 yoshdan 18 yoshgacha musukul kuchining o'sishini ko'rsatuvchi maksimal miқdor tovon muskullari biln ҳarakteralanadi.

Yosh sportchilar tezlikni rivojlantirishning dinamikasi o'ziga xos xususiyatlarga ega. 7 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan davrda ҳarakatlar sur'ati tez o'sib boradi. Ҳarakatlarning tezligi va ixtiyoriy chastotas,shuningdekularning maksimal sur'atini saқalb turish қobilyati 14-15 yoshlarga kelib, oxirgi natijaga yaқin bo'lgan aҳamiyatga erishadi. Futbolchilarning 60 m.ga yugurishdagi natijalarini 11 yoshdan 18 yoshgacha 1,4 sek.ga yaxshilansa, 12 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan davrda u maksimal miқdorini –1,16 sek.ni tashkil etadi. Keyingi yillard natijalar juda kam yaxshilanibboradi.

Bollar va o'smirlarning organizmi tezlik yuklamalariga yaxshi molashadi. Shuning uchun 8 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan davr tezlikni rivojlantirish va ҳarkatlar tezligini oshirish uchun eng қulay vaқt ҳisoblanadi. Tezlik va kuch sifatlarini rivojlantirish ҳam yosh ortgan sarie қat'iy oishb boradi. Ular 13 yoshdan 16 yoshgacha eng yuқori darajada rivojlanadi. Bu davrlarda turgan joydan balandlikka sakrash natijalarining yillik o'sish ko'rsatkichslarinie tegishlicha 3,7 va 6,2 sm ga tengdir. 11 yoshdan 19 yoshgacha bo'lgan davrda sakrash balandligi 24 sm ga ortadi.

Bolalarda chaққonlikning yoshga қarab rivojlanishini 10 yoshgacha ancha jadal bo'ladi. Keyingi yillarda chaққonlik ҳarakat apparati, funksional imkoniyatlarining қat'iy ortishi ҳisobga anchagina rivojlangan.

Kichik maktab yoshi egiluvchanliek rivojlantirish uchun қulay yoshdir. Xuddi shu yoshlarda bo'ғinlardagi ҳarkatchanlik bilan muskullarning baқuvat bo'lishi o'rtasida optimal nisbat kuzatiladi.

Maksimal tezlikning 75 % iga to'ғri keladigan tezlik bilan yugurish uzunligi bo'yicha aniқlanadigan chidamlikning eng ko'p o'sishi 13-14 yoshlarda kuzatiladi, 15-16 yoshda chidamlilik kamayadi. Bu maksimal tezlikning o'sishi va buning natijasida ish қuvvatining ortishi bilan tushuntiriladi. 17 yoshda o'smirlarda chidamlilik yana ortadi.

Shuni қayd қilish kerakki, jimoniy mashқlar, jumladan sifatlarning rivojlanishidagi biologik қonuniyatlar o'zgarmaydi. Aktiv pedagogik ta'sir ularning ancha yuқori darajada rivojlanishiga yordam beradi. U yoki bu xislatlarning ko'proқ rivojlanishi ro'y berayotgan yoshda yuklamani kamaytirmaslik muҳim aҳamiyatga ega. Ҳarakat faoliyati faқat tayanch-ҳarakat apparatining rivojlanishi bilan emas, balki shu apparatga xizmat қiluvchi ikki organlar va sistemalarning funksional imkoniyatlari bilan ҳambelgilanadi.

Bolalar organizmining jinsiy etilishi davridagi o'sishi va rivojlanishi ҳiқidagi ma'lumotlar jismoniy yuklamalarni me'yorlash nuқtai nazardan muҳim aҳamiyat kasb etadi. Bu davr jinsiy etilish davrining boshlanish muddatlaridagi individual o'zgarishlar bilangina emas, balki bir xil yosh gruppasidagi o'smirlar uning o'tib borish jadalligining ҳar xil bo'lishi bilan ҳam ҳarakteralnadi. Bir yilda tuғilgan o'smirlarning jinsiy etilishidagi individual sur'atlari ҳarakat funksiyasining umumiy somatik rivojlanishi darajasiga, shuningdek yurak-tomir sistemasining bir қolipidagi muskul ishga muvofiқlashish ҳarakteriga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. 14 yoshlik futbolchilar orasidagi katta yoshlik kishi ҳolatiga erishgan o'smirlarni ҳam, shuningdek etilish belgilarining shakllinishida bolalik belgilari bo'lgan bolalarni ҳam uchratish mumkin. Shuning uchun yuklama miқdorini yoki normativ talablarini aniқlash uchun sportchining biologik yoshini ҳisobga olish zarurki, ikkilamchi jisiy belgilarning rivojlanganlik darajasi uning asosiy mezonlaridanbiridir.

Taxminan 12,5 yoshda bolalarning tovushi o'zgaradi 13 yoshda қovlarda tuklar paydo bo'ladi. Tegishli 13,5-14 yoshlrda emchak uchlari va ҳaқildoқ kemirchaklarining pubertat o'zgarishlari ro'y beradi. Eng oxirida–o'rtacha 14 yosh-u-1,5 oylarda қo'ltiқ ostida tuklar paydo bo'ladi.

Bolalar organizmi vegetativ sisitemalarning muskul ishiga ko'rsatadigan reaksiyalari xarakteriga қarab ularning funksional imkoniyatlari ҳaқida fikr yuritish mumkin. Bolalarda mashқ bilan malaka ҳosil қilish davri kata yoshli kishlarga қaraganda o'rtacha-қisқa, shuning uchun trenirovka mashғulotdagi chigal yozish vaқt jiҳatdan uzoқ bo'lmasligi kerak. Bu markaziy nerv sistemasining funksional imkoniyatlari ҳamda muskul, yurak-tomir, nafa olish va organizimning boshқa sistemalarining funksional imkoniyatlari bilan boғliқdir. 9-12 yoshlik bolalarning bajarilayotgan ishiga tez moslashish қobilyatiniқayd etibyoshsportchilarningvegetativfaoliyatidagi,ba'zixususiyatlarini ko'rsatib o'tish zarur. Masalan, jismoniy yuklama vaқtida bolaning yuragi katta yoshlik kishining yuragidan ko'proқ energiya sariflaydi, chunki 13-14 yoshlik o'smirlarda қonning bir minutdagi ҳajmi asosan yurak faoliyatining tezlashuvi ҳisobiga ko'payadi, bunda yurak urishi ҳajmi bir oz ortadi. 8-9 yoshdan 16-18 yoshgacha bo'lgan davrda bolalarda yurakning қisқarish chatotasi 30% ga tinch ҳolatda energiya sarfi esa 40 45 % kamayadi. Jismoniy yuklama katta bo'lganda bu ko'rsatkichlar kattaroқ bolalarda kichik bolalarga қaraganda ancha ko'p o'sib boradi.

2. FUTBOLChILAR SPORT TAYYoRGARLIK JARAYoNLARI VA ULARNI TAShKILETISh

Jismoniytayyorgarlik mashғulotlarining mazmuni jismoniy sifatlarni

umumiy va maxsus rivojlantirishga yordam beradigan mashқlardan iboratdir. Jismoniy tayyorgarlik mashғulotlari yil bo'yi olib boriladi, ammo ularning mazmuni yillik ta'lim va mashғulot turkumining u yoki bu bosқichida ҳal қilinadigan vazifalarga boғliқ ҳolda o'zgarib turadi. Jismoniy tayyorgarlik mashғulotlarining salmoғi tayyorgarlik davrida, ayniқsa, uning boshlanishida kattadir.

Jismoniy tayyorgarlik mashғulotlarida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vazifalari ҳal қilinadi. Agar mashғulotlarning maқsadi umumiy jismoniy tayyorgarlik, masalan, tezlik-kuch tayyorgarligi bo'lsa, bunda uning mazmuni taxminan қuyidagicha: chigil yozish mashқlari, oғir narsa bilan bajariladigan mashқlar, takroriy yugurish, tezlashtirish, startlar, sakrashlar, қo'l to'pi, yaқinlovchi yugurish va yurishdan iborat bo'lishi kerak. Maxsus jismoniy tayyorgarlikka (masalan, tezlik-kuch tayyorgarligi) zo'r beriladigan mashғulot mazmuni esa taxminan қuyidagilardan iborat: to'p bilan chigil yozish mashқlarini bajarish, to'p bilan ҳuққabozlik, yuқorilab kelayotgan to'pni bosh bilan olib қolish, maydon o'rtasidan jarima maydonigacha to'p bilan yugurib borish va darvozaga tepish, «to'p uchun kurash» o'yin mashқlari, yurish, yugurish.




Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin