O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JURNALISTIKA FAKULTETI O’ZBEK FILOLOGIYASI YO’NALISHI 303-GURUH
Mavzu: Ta'lim muassasasi rahbarining shaxsiy sifatlari
Bajardi: Mirsa’diyeva Shanoza
Reja:
Ta’lim muassasasi rahbarining vazifalari
Ta’lim muassasasi rahbarining shaxsiy sifatlari.
Ta’lim muassasasi rahbarining faoliyati va mahorati
Ta‘lim muassasasi rahbarlarining shaxsiy xususiyatlarini boshqa soha kasbiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi boshqaruvchilar bilan solishtirganda, ularning xususiyatlari psixologik jihatdan maktab rahbarlaridan juda katta farq qilishini kuzatish mumkin.Bu ta‘lim muassasasini boshqarishda e‘tiborga molik masala hisoblanadi. Pedagogik jamoa rahbari shaxsiy xususiyatlarining psixologik tasviri pedagog shaxsining empirik tasviriga, ya‘ni amaliy faoliyatiga yaqin ekanligini,o’xshashligini ko’rsatadi. Uning shaxsiy xususiyatlarini o’ziga xosligi quyidagi jihatlari bilan belgilanadi: muloqotga oson kirishuvchanligi, ochiqligi, aloqalar o’rnatishda faolligi; intellektual rivojlanganligi; hissiyotga beriluvchanligi; hissiy kechinmalarga moyilligi, qo’pollikni yoqtirmasligi; ishonchsizlikka, tez qizishib ketishga, omadsizlikka to’la e‘tibor qaratishi, raqobatga moyilligi, ko’ngilchanligi va sezgirligi, tanbeh va tanqidga nisbatan ta‘sirchanlik. shu bilan bir qatorda,sustkashlik va ehtiyotkorlik, mas‘uliyatlilik va intizomlilik, javobgarlik va talabchanlik kabi shaxsning ichki ixtiloflarini namoyon etadigan psixologik asosni tashkil etuvchi jihatlar ham mavjud. Zamonaviy ta’lim muassasalari rahbarlari uchun kasbiy bilim, ya‘ni boshqaruvning asosiy funksiyalari (axborot-tahlil, maqsadli motivlashtirish, oldindan ko’rish, rejalashtirish, tashkiliy-ijrochilik, nazorat-tashxis va tartibga solish muvofiqlashtirish) ni innovatsion boshqaruv texnologiyalari va metodlaridan foydalanish ularni amaliyotga tatbiq etish orqali ta‘lim-tarbiya jarayonini boshqara oladigan mahoratli direktorga xos bo’lgan kasbiy pedagogik tushunchalar zarur. Ularni o’ zlashtirmasdan boshqaruv faoliyati bilan shug’ illanish maqsadga muvofiq emas. Boshqaruvning har qanday nazariy xulosalari ko’p yillik tajribalar natijasida shakllanadi, undan so’ng hayotga tatbiq etiladi. Bu, ayniqsa, pedagogikada muhimdir. Ta‘lim muassasasi rahbari tomonidan chiqarilgan noto’g’ri qaror nafaqat jamoa o’rtasidagi muhitni buzadi, balki, eng asosiy maqsad, biz uchun hayot-mamot masalasi hisoblangan yosh avlod tarbiyasiga salbiy ta‘sir ko’rsatadi. Natijada davlat hamda jamiyat taraqqiyotiga to’g’anoq bo’ladi. Shu bois ta‘lim muassasasi rahbarining o’rni, uning asosiy vazifalari, mas‘uliyati haqida doimo qayg’urib mehnat qilgan, ilmiy izlanishlar olib borgan, hayotiy xulosalarga kelgan fidoiy pedagoglar tajribalarini o’rganish ham bugungi rahbarlar uchun foydadan xoli emas. Innavatsion ta’lim boshqaruvi jarayonini tashkil etishda ta’lim muassasasi rahbari faoliyatini shartli uch bosqichga bo’ladi: Birinchisi, ta‘lim strategiyasini belgilash. Bunga ta’lim muassasasi va uning hamkasblari yangi g’oyalar va tashabbuslarni izlab topishi va rejalashtirishi, jamoaga uni tanishtirish jarayoni kiradi. Ikkinchisi, texnologik jarayon. Ishlab chiqilgan nazariy holdagi pedagogic g’oyalarni amalga oshirish yo’l-yo’riqlarini jamoa bilan belgilab chiqish. Uchinchisi, shaxsiy munosabatlar o’rnatish. Bunda ilg’or pedagogic g’oyalarni amalga oshirishga kirishish, bu g’oyalarni amalga oshirishda pedagogic jamoa, ota-onalar, o’quvchilar va boshqalar bilan munosabat o’rnatish, hamkorlik qilish. Keng ko’lamli g’oyalarni hayotga tatbiq etishda har bir rahbarda ham ijodkorlik yetishavermaydi. Ta’lim muassasi rahbari faoliyat doirasi juda keng bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Uchinchisi: Ta’lim muassasi rahbari o’z muassasasida ta‘lim mazmunini ta‘minlash hisoblanadi. “Innovatsion ta’lim”deganda odatda o‘quv jarayoniga yangi (foydali) elementlar olib kirish tushuniladi.
Shuning uchun ta’lim tizimida innovatsiya o‘zgartirish bilan bevosita bog‘liq.Bunday o‘zgartirishlar ta’lim tizimining: maqsadiga, mazmuniga, metod, texnologiyasiga, tashkil etish shakli va boshqaruv tizimiga; pedagogik faoliyatdagi o‘ziga xoslik va o‘quv-bilish jarayonini tashkil etishga; ta’lim darajalarini nazorat qilish va baholash tizimiga; o‘quv-metodik ta’minotiga; tarbiyaviy ishlar tizimiga; o‘quv reja va o‘quv dasturlariga; o‘ quvchi va o‘qituvchi faoliyatiga bog‘liq. Yangilik tarixiy aspektda nisbiylik ahamiyat kasb etadi.Yangilik aniq tarixiy xarakterga ega, ya’ni o‘z vaqtidan oldin paydo bo‘lishi mumkin, o‘z vaqtida me’yor bo‘lishi yoki eskirishi ham mumkin. Ta’lim muassasalari tizimning rivojlanish jarayonida, ehtimol ta’lim tizimi butunicha: absolyut yangiligi (o‘xshashi, prototipning yo‘qligi); nisbatan yangiligi; o‘ziga xos, ixtirochiligi ko‘rinishidagilar hisobga olinadi. Innavatsion ta’lim tizimi maktab va oliy tizimda turlicha asoslarga ko‘ra guruhlanadi: Birinchi klassifikatsiya (guruh) yangiliklarni kiritish, maktab va oliy tizimda sodir bo‘ladigan pedagogik jarayonga aloqadorligi bilan asoslanadi. Ushbu jarayonni tushunishga tayanib, quyidagi ko‘rinishdagi yangilik xillarini ajratish mumkin: ta’lim maqsadi va mazmuniga; pedagogik jarayon metodikasi, vazifalari, usullari, texnologiyalarga; ta’lim va tarbiyani tashkil etish shakllari va vositalari; rahbariyat, pedagog va o‘quvchilar faoliyatiga. Mustaqil Respublikamiz ijtimoiy hayotning hamma sohalarida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmokda. Bu jarayonlarni amalga oshirishda ta‘lim- tarbiya, yangi insonni tarbiyalash asosiy tezlashtiruvchi omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Yangicha fikrlovchi erkin, mustaqil, ijobiy insonni shakllantirish mamlakatimizdagi uzluksiz ta‘limning bosh vazifasi sifatida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtiruvchi hisoblanadi. Ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning hamma sohalarini harakatga keltiruvchi kuch inson hisoblanadi. Uni jamiyat talablari asosida tarbiyalash uzluksiz ta‘lim yoki pedagogik tizimda amalga oshiriladi. Shuning uchun pedagogik tizimni takomillashtirish muammosi dolzarb bo‘lmoqda. Uni takomillashtirishning muhim tomonlaridan biri-boshqarishni to‘g‘ri tashkil qilishdir.
Pedagogik tizim eng avvalo ta‘lim-tarbiya muassasalari majmuini o‘z ichiga oladi. Madomiki shunday ekan, uning rahbari zimmasiga Mustaqil Respublikamizning bo‘lajak fuqarolarini o‘qitish, tarbiyalash, ularni mustaqillik ideallari ruhida tarbiyalash, kasb-hunar o‘rgatish kabi juda murakkab va mas‘uliyatli vazifa yuklanadi. Bu murakkab jarayonni boshqarish turli-tuman Boshqaruv jamiyatning umumiy xususiyati va funksiyasidir. U jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichiga shaklan va mazmunan o‘zgarsada umumiy xususiyat sifatida mavjud bo‘ladi. Chunki jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida ham turli sohalar rivojini tartibga solish, kishilar faoliyatini yechilishi lozim bo‘lgan vazifalarga yo‘naltirish muhimdir. Jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni yechishda kishilar oldida uyushqoqlik, tartib-intizom, o‘zaro mehnat taqsimoti, mehnat qurollari va vositalaridan unumli foydalanish kabi muhim muammolar ko‘ndalang turadi. Shuning uchun har bir kishi o‘zining jamiyatidagi va jamoadagi o‘rnini bilishi, qat’iy mehnat intizomiga, qonunlarga rioya qilishi zarurdir. jamiyat hayotini, uning rivojini boshqaruvsiz, muayyan tartiblarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Boshqaruvini to’g’ri tashkil etishda boshqarish usullarining roli benihoya kattadir. Boshqarish usullari o’qituvchi, tarbiyachi, texnik xodimlarga, umuman maktab jamoasiga ta‘sir ko’rsatish vositasi bo’lib, bu vositalar o’rtaga qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg’unlashtirishni ta‘minlaydi. Shuning uchun ham maktab ichki boshqaruvini tashkil qilish va uni amalga oshirishda maktab rahbarlarining boshqarish usullarini to’g’ri tanlashi va undan o’z o’rnida to’g’ri foydalanishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqarish usullarini ularda aks etadigan maktab ishiga taalluqli bo’lgan munosabat turlariga qarab tasnif qilish bilan bir qatorda, bu usullarni xodimlarning faoliyat motivlarini hisobga olgan holda ularga ta‘sir etish nuqtai nazaridan ham farq qilish lozim. Shu o’rinda quyidagi motivlarni ajratib ko’rsatish mumkin:
A. har bir ta’lim muassasasi huquq va burchlaridan kelib chiqadigan faoliyat motivlari (majburiy motivlar);
B. moddiy manfaatlardan kelib chikadigan motivlar;
C. ma‘naviy (ruhiy) motivlar. Shunga ko’ra boshqarish usullarini ham quyidagicha bo’lish mumkin:
1. Boshqarishning tashkiliy-ma‘muriy usullari.
2. Boshqarishning sotsial-psixologik usullari.
3. Boshqarishning huquqiy usullari.
4. Boshqarishning bevosita ko’rsatma berish usullari.
5. Boshqarishda rag’batlantirishdan foydalanish usullari.
6. Kadrlarni ma‘naviy jihatdan rivojlantirish usullari.
7. Boshqarishda kuzatish usullari.
8. Maktab hujjatlarini tahlil qilish usullari.
Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usuli. Boshqarish usullari tizimida alohida o’rinni egallaydi. Ular boshqaruv bo’g’inlarining o’zaro bog’lanib ishlashining boshqaruv munosabatlarini aks ettirib, boshqariluvchi mansablarga ma‘muriy ta‘sir ko’rsatishining butun mexanizmini ifodalaydi. Boshqaruv bo’g’inlari tomonidan amalga oshiriladigan boshqarish aktlari ikki turga bo’linadi: normativ aktlar va shaxsiy aktlar. Boshqaruvga oid normativ aktlarda aniq muayyan shaxs bo’lmaydi: ular biror sharoitga tadbiqan olinadigan umumiy hattiharakat qoidalarini o’z ichiga oladi va ko’pincha uzoq vaqtga mo’ljallangan bo’ladi. Boshqarishning shaxsiy aktlari esa muayyan sub‘ektlarga qaratilgan bo’ladi. Tashkiliy usullarni tashkiliy ko’rsatma va farmoyish berish yo’li bilan ta‘sir ko’rsatishga bo’lish keng tarqalgan. Tashkiliy ma‘muriy ta‘sir ko’rsatish turli tashkiliy choralarni masalan, maktabni boshqarishning tashkiliy mazmuni va mundarijasini belgilash, ichki tartib qoidalarni o’rnatish va shu kabilarni o’z ichiga oladi. Farmoyish, ko’rsatma va buyruq berish yo’li bilan ta‘sir ko’rsatish barcha boshqarish bo’limlarining ishlanishi kunda tezkorlik bilan ta‘minlab turishdan iborat balib, unga ko’rsatmalar berish, yozma shakldagi yoki og’zaki beriladigan buyruqlar vositasi bilan erishiladi. Birbiriga bo’ysunmagan boshqarish bo’g’inlari o’rtasidagi munosabatlar o’z xususiyatiga egadir. Bu bo’g’inlarning umumiy ta‘lim maktabi bilan, maktabdan tashqari bolalar muassasasi bilan hamjihat ishlashi uchun boshqarish munosabatlariga xos bo’lgan farmoyish yoki buyruq berish usulidan farqli o’laroq, kelishuv akti kabi tashkiliy usuldan foydalanish o’rinli bo’ladi. Bunday metodda tashkil qilingan boshqaruv, so’zsiz o’zining ijobiy natijalarini beradi. Boshqarishning ijtimoiy-psixologik usullari ta’lim muassasi xodimlariga ta‘sir etish usullaridan biri bo’lib, ular maktabning muallimlar jamoasini, ulardagi "psixologik iqlimni", har bir hodisaning shaxsiy xususiyatlarini va hokazolarni o’rganishga asoslanadi. Boshqarishning ijtimoiy-psixologik usullarini ikkita asosiy turga:
a) har bir xodimga jamoa orqali ta‘sir ko’rsatishga hamda,
b)bo’ysunuvchilar bilan yakka holda ish olib borishga bo’lish mumkin. Boshqarishning huquqiy usullari. Mamlakatimiz xalq xo’jaligi tarmoqlarini hamda o’quv maskanlarini asosan davlat yo’li bilan boshqarish ma‘muriyatlar tizimida huquqiy vositalardan tobora kengroq foydalanish amalga oshirilmoqda. Huquqiy vositalar deganda ijtimoiy munosabatlarga yuridik ta‘sir ko’rsatish vositalarining jami tushuniladi. Huquq mezonlari davlat tomonidan chiqariladi, agar jamoat tashkilotlari tomonidan chiqarilsa, davlat tomonidan tasdiqlanadi. Huquq mezonlari turli qonuniy xujjatlar, nizomlar, ko’rsatmalar, instruktiv-metodik ko’rsatmalar, buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar va hokazolar shakliga kiritiladi. Moddiy javobgarlik korxonalar, tashkilotlar, o’quv yurtlari, maktabgacha tarbiya va maktabdan tashqari bolalar muassasalari, internat-maktablari, bolalar uylari, shuningdek, ayrim mansabdor shaxslarning zimmasiga xo’jalik faoliyatining (muassasalari rahbarlarining xo’jalik ishlari bilan shug’ullanuvchi o’rinbosarlari va xodimlari) natijalari uchun yuklanadigan ma‘suliyatdir. Moddiy javobgarlik turli jarimalarda, peniyalarda va hokazolarda ifodalanadi. Boshqarishning bevosita ko’rsatma berish usuli ko’proq sube‘ktlarning buyruq, ko’rsatma, farmoyish, topshiriqlar berish yo’li bilan boshqarish manbaiga ta‘sir ko’rsatishini ta‘minlovchi usul va harakatlarni o’z ichiga oladi. Boshqаrishning mazkur usullari ta’lim muassasadagi ilmiy tarbiya jarayonida qatnashuvchilarning yuqori boshqaruv bo’g’inlari va ta’lim muassasasi rahbarlari hamda pedagoglar kengashining qarorlari, rahbarning buyruqlari va turli ko’rsatmalarni bajarish uchun xodimlarining shaxsan javobgar bo’lishini ta‘minlaydi.