O’zbekiston milliy universiteti


Tizimli tahlil elementlari va tahlil usullari



Yüklə 121,71 Kb.
səhifə4/6
tarix20.11.2023
ölçüsü121,71 Kb.
#164868
1   2   3   4   5   6
Abdiraxmonov Abdig\'ani. Kurs ishi

3.Tizimli tahlil elementlari va tahlil usullari.
Tahlil – bu ma’lumotlarni o‘rganish, umumlashtirish, xulosa qilish, qiyoslash, talqin etish va mantiqan joylashtirish.
Tizimli tahlilning asosiy beshta elementi mavjud:
1. maqsad; 2. zaxiralar; 3. muqobillar; 4. modellar; 5. tanlov mezoni.
Maqsad – bu obyektning xohishimiz holatiga ko‘ra subyektiv obrazi.
Maqsad ikki xil bo‘lishi mumkin: maqsad-natija – aniq, o‘lchamli maqsad; maqsad-yo‘nalish – bu ideal sifatli maqsad.
Maqsadga qo‘yiladigan talablar:
Aniqlilik – maqsadni aniqlashda uning mazmuni, hajmi va vaqtining akslanish aniqligi zarur.
O‘lchamlilik – maqsadga erishish darajasini baholash uchun u miqdor yoki boshqa bir uslub bilan ifodalanishi lozim.
Erishiluvchanlik – maqsad ijrochilarning imkoniyat darajasidan chiqmagan holda haqqoniy bo‘lmog‘i lozim.
Moslashuvchanlik – maqsadni izolyatsiyalangan deb emas, balki o‘zaro aloqada deb qarash lozim.
Ma’qbullik – jamoada shakllangan iste’molni, xohishni, an'analarni hisobga olish zarur.
Egiluvchanlik – o‘zgarishlar sohasida sodir bo‘layotgan o‘lcham bo‘yicha tuzatishlar kiritish imkoni bo‘lishi lozim.
Masalan, kafedraning maqsadi – bu bir yoki bir necha turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy tadqiqot ishlarini, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshish; darsning maqsadi – bu talabalar o‘quv faoliyatining yakuniy natijalarini tashkil etish va boshqarishning chuqur o‘ylangan yo‘li; soatning maqsadi – bu ixtiyoriy momentda to‘g‘ri vaqtni ko‘rsatish; nonvoyning maqsadi – bu ko‘pchilik insonlarni berilgan assortiment bo‘yicha sifatli non bilan o‘z vaqtida ta’minlash; shahar transportining maqsadi – bu insonlarning shahar bo‘ylab ko‘chishini ta’minlash; teleko‘rsatuvlarning maqsadi – bu bir lahzada uzoq masofaga tasvirli va ovozli axborotlarni uzatish va hokazo. Masalan, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy maqsadi – bu iqtosodiy o‘sish; aholining mehnat bilan to‘liq bandligi; ishlab chiqarishning iqti-sodiy samaradorligi; narxlarning turg‘un holati; ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning iqtisodiy erkinligi; zaxiralar va yaxshi sharoitlarning adolatli taqsimlanishi; ijtimoiy-iqtisodiy ta’minlanganlik va himoyalanganlik; bozorda savdo balansi; soliq siyosatining adolatliligi.

Yüklə 121,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin