III.XULOSA Xulosa qilib shuni aytmoqchimanki haqiqiy bilimli inson, u olimmi, yoki o‘qituvchi o‘z bilimini tor doiradagina oshirmay, balki keng sohani qamrab olib amalga oshiradi. Bugungi talabalarimizga esa bu narsa biroz yetishmaydi. Ularning fikrlash doiralari ancha tor bo‘lib, ma’lum bir fanlar bo‘yicha cheklangan bilimlarga egadir va mustaqil fikrlash ko‘nikma va malakalari anchagina past darajada. O`qituvchi va o`quvchi – talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlab fizikani o’qitishning tizimini tadbiq qilishi ularning ixtiyorida bo`lib, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgandir, bunda o`qituvchi talaba – o`quvchilarning bilim saviyasi, guruh saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologoyasi kerak bo`ladi, bular o`qituvchi va talaba – o`quvchilarga bog`liq.
Shu bilan bir qatorda o`qitish jarayonini oldindan loyihalash zarur, bu jarayonda o`quv predmetining o`ziga xos tomonini, joy va sharoitini, O`TV ni, eng asosiysi, o`qituvchi – talabaning imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi tashkil eta olishini hisobga olish kerakdir, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o`qituvchi – talabaning ta`limning markaziga olib chiqishi kerak.
IV.Foydalanilganadabiyotlar O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni. Toshkent. “Sharq” 2001.
Tursunov Q.SH. Toshpo`latov Ch.X, Qorjovov M.J ”Fizika ta`limi texnologiyasi”. Toshkent 2013.
Богданов А. А. Тектология: (Всеобщая организационная наука. В 2-х кн.) / Редкол. Л. И. Абалкин (отв. ред.) и др. – М.: Экономика, 1989. Книга 1. – 304 с. Книга 2. – 351 с.
Uzoqova G.S., Tursunov. Q. SH., Qurbonov M. Fizika o‘qitishning nazariy asoslari.-T., O‘zbekiston, 2008.