O‘zbekiston milliy universiteti z. Z. Abdushukurova, S. Q. Zakirova, S. Sidiqov, S. Abdullaev O‘zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy tavsifi


Baland tog‘ mintaqasining alpik tog‘-o‘tloqi va o‘tloqi-dasht tuproqlari



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə24/52
tarix19.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#185859
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52
Ozbekistontuproq.agr.tavsifi-09.12.16

Baland tog‘ mintaqasining alpik tog‘-o‘tloqi va o‘tloqi-dasht tuproqlari

Alp mintaqasi dengiz sathidan 2800 (3000)-3500 metr balandlikda joylashgan. By mintaqaning tuproqlari juda xilma-xil bo‘lib, tuproq hosil qiluvchi ona jinslar ustida paydo bo‘lgan. Bu erlarda murakkab nuralish jarayonini o‘tmagan otqindi va metamorfik tog‘ jinslarining elyuvial va delyuvial yotqiziqlar bilan bir qatorda qadimgi zamon va hozirgi davr muzliklarining yotqiziqlari juda ko‘p tarqalgan.


Tuproq paydo bo‘lish jarayoni bu mintaqada past harorat hamda vegetatsiya davri juda qisqa bo‘lgan bir sharoitda o‘tadi. Aksari biologik hayot sovuqning birdan tushib qolishi natijasida to‘xtaydi. Shuning uchun bu zonaning mikroflorasi unchalik boy bo‘lmay, o‘simliklari ham past bo‘ylidir. Organik qoldiqlar yoz davomida chirib ulgurmaydi va yarim chirigan torfli qatlamlarni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Lekin bu mintaqada torf hosil bo‘lishi tuproqning botqoqlanish jarayoni bilan bog‘liq emas.
Bu mintaqada paydo bo‘lgan tuproqlarning gumusi ko‘p bo‘lishiga qaramay, ular strukturasiz va yengil mexanik tarkiblidir.
Alp mintaqasi ayrim tuproqlarining morfologik tuzilishini tahlil qiladigan bo‘lsak:
A) Tog‘-o‘tloqi tuproqlar torflashgan baland tog‘ mintaqasining sernam (shimoliy) qiyaliklarida tarqalgan. O‘simliklari chim hosil qiluvchi o‘t formatsiyasidan iborat bo‘lgani uchun tuproq yuzasi mustahkam chimlangan va torflashgandir. Gumusli qatlam unchalik qalin (20-40 sm) bo‘lmay, chag‘ir toshlidir. Yuqorigi chimli-torfli qatlamining rangi qora bo‘lib, 8-14% chirindisi bor.
B) Tog‘-o‘tloqi chala torflashgan to‘q-qo‘ng‘ir tuproqlar o‘z xususiyatlari bilan yuqoridagi tuproqlarga yaqin bo‘lib, chirindi qatlami 30-45 sm, chirindi miqdori 9-13%, mexanik tarkibi engil va o‘rta qumoqdir.
V) Tog‘-o‘tloqi dasht chala torflashgan tuproqlar alp mintaqasining yaxshi isiydigan qoyalarida tarqalgan bo‘lib, o‘simliklari juda past bo‘yli asosan, tipchadan tashkil topgan. Bu tuproqlarning yuzasi yuqorida tavsiflangan tuproqlarga nisbatan kam chimlangan, chirindili qatlami esa bir oz och rangga ega. Karbonatlar tuproqning yuqori qatlamlarida (10-60 sm) uchraydi. Chirindi miqdori ham birmuncha kam bo‘lib, 6-10 foizdan oshmaydi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin