O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ken¬ga¬shining 1991- yil noyabrda bo‘l¬gan VIII sessiyasi davlat mustaqilligi ma¬salasi bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdi. Oliy Kengash sessiyasi 1991- yil 18- noyabr kuni „O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tka¬zish to‘g‘risida“ Qaror qabul qildi. Qarorda 1991- yil 29- dekabr, yakshanba kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat mus¬ta¬qilligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha referendum o‘tkazish bel¬gilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ken¬ga¬shining 1991- yil noyabrda bo‘l¬gan VIII sessiyasi davlat mustaqilligi ma¬salasi bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdi. Oliy Kengash sessiyasi 1991- yil 18- noyabr kuni „O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tka¬zish to‘g‘risida“ Qaror qabul qildi. Qarorda 1991- yil 29- dekabr, yakshanba kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat mus¬ta¬qilligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha referendum o‘tkazish bel¬gilandi.
„O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?“
Referendumda ovoz berish byulleteniga kiritilgan savol ana shunday ta’riflangan edi. Referendumga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Markaziy saylov komissiyasi, 13 saylov okrugi, 7 ming uchastka saylov komissiyasi tuzildi. 1991- yil 29- dekabr kuni bo‘lib o‘tgan referen¬dumda 9 898 707 kishi yoki saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 98,2 foizireferendumda qo‘yilgan savolga „Ha“, ya’ni, O‘zbekiston Res¬publikasi mustaqilligini ma’qullaymiz, deb ovoz berdi.
Markaziy saylov komissiyasi „O‘zbekiston Respublikasi refe¬rendumi to‘g‘risida“gi Qonunning 26- moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi umum¬xalq tomonidan ma’qullandi, deb topdi.
Markaziy saylov komissiyasi bayonnomasidan.
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi ro‘yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy qaramlikdan, asoratdan qutuldi. Davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi o‘zbek xalqining ha¬yotida muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Mustaqillik xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zlari uchun munosib turmush yaratish erkinligini berdi. Тarixdan bizga ma’lumki, qadim zamonlardan boshlab u yoki bu mintaqalarda yirik imperiyalar vujudga kelib, ko‘plab xalqlarni o‘z manfaatlariga bo‘ysundirgan, asoratga solgan. Biroq ular¬ning barchasi mazlum xalqlarning ozodlik, mustaqillik uchun kurashlari natijasida parchalanib ketgan. Bu tarixiy jarayon XX asrda ham takrorlandi. Mazlum xalqlarning milliy-ozodlik harakati natijasida jahon mustamlakachilik tizimi barbod bo‘ldi, imperiyalar quladi. Dunyodagi yirik imperiyalardan biri bo‘lmish SSSRning parchalanishi ham ana shu tarixiy-qonuniy jarayonning natijasi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi ham qonuniy- tarixiy jarayon bo‘lib, xalqimizning uzoq yillar davomidagi milliy istiqlol uchun olib borgan qahramonona kurashining natijasidir. 1991- yil 31- avgustdan e’tiboran Vatanimiz tarixida yangi davr — milliy istiqlol davri boshlandi. O‘zbekiston xalqi o‘z taqdirini o‘z qo‘liga oldi, siyosiy, ma’naviy mutelikdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil, to‘la huquqli, suveren davlat — O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. O‘zbekiston xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotliligi va qat’iyatliligi, uzoqni ko‘ra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligi tinch, demokratik, parlament yo‘li bilan, ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliksiz amalga oshdi. Mustaqil O‘zbekiston dunyoga, jahonga yuz tutdi, qariyb yuz yildan ortiq vaqt davomida yopib qo‘yilgan chegaralari ochildi. Jahon hamjamiyati O‘zbekistonni quchoq ochib qabul qildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston Res¬publikasini suveren davlat sifatida Тurkiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Hindiston, Xitoy singari yirik davlatlar tan oldilar.