O`zbekiston mustaqillikka erishish arafasida


O`zbekistonning mustaqillik sari qadamlari va mustaqillikdan keyigi o`zgarishlar



Yüklə 9,27 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü9,27 Kb.
#207052
1   2   3
o`zb tarixi

O`zbekistonning mustaqillik sari qadamlari va mustaqillikdan keyigi o`zgarishlar.

Mustaqillikka erishish bevosita Islom Karimov nomi bilan bog`liq.

Islom Abdugʻaniyevich Karimov 1938-yil 30-yanvarda Samarqand shahrida tavvallud topgan. Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi („Tashselmash“) zavodida master yordamchiligidan boshladi. Soʻng mazkur korxonada master, texnolog. 1961-yildan 1966-yilgacha V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor boʻlib ishladi. 1966-yilda Oʻzbekiston Davlat plan komitetiga ishga oʻtib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. 1983-yildan Oʻzbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yildan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining oʻrinbosari — respublika Davlat plan komitetining raisi. 1986—1989-yillarda Oʻzbekiston KP Qashqadaryo viloyat komitetining birinchi kotibi, 1989-yil iyunidan Oʻzbekiston KP MK birinchi kotibi. Ayni shu davrlarda mustaqil davlat

Tuzish uchun izchil harakatlar boshlanagan . Keyinchalik 1990-yil 24-martda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov Oʻzbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.

Va nihoyat , shuncha qiyinchiliklardan so`ng 1991-yil 3 1-avgustda Karimov tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida oʻtkazilgan umumxalq saylovida Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 1995-yil 26-martda boʻlib oʻtgan umumxalq referendumi yakunlariga koʻra, Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda u muqobillik asosida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib qayta saylandi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89- va 93-moddalariga muvofiq, Karimov ayni vaqtda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi (1990—1992), Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondonidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

    • „Oʻzbekistonning yangi tarixi“, 2-kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], Toshkent, 2000;
    • Azizxoʻjayev A., „Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar“, Toshkent, 2001;
    • Alimova D. A., Golovanov A. A., „Oʻzbekiston mustabid sovet tuzumi davrida: siyosiy va mafkuraviy tazyiq oqibatlari“, Toshkent, 2000;
    • „Tarix shohidligi va saboqlari“, Toshkent, 2001;
    • „Oʻzbekiston tarixi“ (1917–1991-yil), Toshkent, 2002;
    • Shamsutdinov R., „Qishloq fojeasi: jamoalashtirish, quloqlashtirish, surgun“, Toshkent, 2003.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 9,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin