O`zbekiston mustaqillikka erishish arafasida



Yüklə 9,27 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü9,27 Kb.
#207052
  1   2   3
o`zb tarixi

O`zbekiston mustaqillikka erishish arafasida.

Reja:

      • O`zbekiston SSR ning tuzilishi.
      • Qatag`on va “paxta ishi” , xalqning zulum ostida qolishi.
      • O`zbekistonning mustaqillik sari qadamlari va mustaqillikdan keyigi o`zgarishlar.

O`zbekiston SSR ning tuzilishi

• 1925-yil 13-fevralda Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida Butuno‘zbek (O‘zbekiston SSR) Sovetlarining I ta’sis qurul- toyi ochildi. Qurultoy faoliyatida Moskvadan maxsus kel- gan Butunittifoq (SSSR) Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi Mixail Kalinin qatnashdi va nutq so‘zladi. Qurultoy qatnashchilari tomonidan 17-fevralda “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish to‘g‘risida Deklaratsiya” qabul qilindi. Deklaratsiyada yangi tashkil topgan O‘zbekiston SSR tarkibiga Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo, Zarafshon (Buxoro), Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Tojikiston ASSR kirganligi alohida ta’kidlandi. Qurultoyda respublikaning oliy organlari: O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (O‘zSSR MIK) va O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti (O‘zSSR XKS) tuzilgan. Taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo‘jayev O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi, “Qo‘shchi” uyushmasi faoli Yo‘ldosh Oxunbobo- yev O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi lavozimlariga saylan- ishdii.

• O‘zbekiston SSR Butunittifoq Sovetlarining III syezdida 1925-yil 13- may kuni SSSR tarkibiga qabul qilindi. SSSR 1922-yil 30-dekabrda 4 ta ittifoqdosh sovet respublikasi (RSFSR, Ukraina, Belorusiya, ZSFSR – Kavkazorti) asosi- da tashkil topgan edi. 1927-yil 30-martda O‘zSSR Sovetlarining II syezdida O‘zbekiston SSRning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi. • O‘zbekiston SSR tashkil qilinganidan so‘ng respublika davlat boshqaruvi organlari Ittifoq organlari tartibida va ulardan andoza olingan holda tuzilgan. Bu ittifoqdosh respublikalarning Markazdan turib boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga mustahkam shakli edi.

Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilishi natijasida Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tugatilib, uning hududi yangi tuzilgan Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (Oʻzbekiston SSR tarkibida, 1929-yildan Tojikiston SSR), shuningdek, Qoraqirgʻiz avtonom viloyati (Rossiya SFSR tarkibida; Qirgʻiziston SSR), Qoraqalpoq avtonom viloyati (Qozogʻiston ASSR tarkibida; keyinchalik Qoraqalpogʻiston ASSR, 1936-yildan Oʻzbekiston SSR tarkibida) tarkibiga kiritildi.


Yüklə 9,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin