O`zbekiston mustaqillikka erishish arafasida



Yüklə 9,27 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü9,27 Kb.
#207052
1   2   3
o`zb tarixi

Umumoʻzbek sovetlarining Buxoroda boʻlgan birinchi qurultoyi (1925-yil 13–17-fevral)da „Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish toʻgʻrisida deklaratsiya“ qabul qilindi. Qurultoyda respublikaning oliy organlari: Oʻzbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi (Oʻzbekiston SSR MIK) va Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti (Oʻzbekiston SSR XKS tuzilgan).

Oʻzbekiston SSR Butunittifoq sovetlarining 3-sʼyezdida (1925-yil 13-may)da SSRI tarkibiga kiritilgan. 1927-, 1937-, 1978-yillarda Oʻzbekiston SSR konstitutsiyalari qabul qilingan.

Qatag`on va “paxta ishi” , xalqning zulum ostida qolishi.

      • Sovet rejimi dastavval mavjud tuzumga muxolifatda turganlarga qarshi repressiya siyosatini amalga oshirgan boʻlsa, 30-yillardan boshlab oʻz xalqiga nisbatan ommaviy terrorni qoʻlladi. XX asr 20-yillarining ikkinchi yarmi va 30-yillar boshida Oʻzbekiston SSRda „Oʻn sakkizlar guruhi“, „inogʻomovchilik“, „qosimovchilik“, „badriddinovchilik“, „milliy ittihodchilar“, „narkompros ishi“ kabi siyosiy ishlar toʻqilishi va Munavvarqori boshchiligidagi milliy ziyolilarning qamoqqa olinishi natijasida koʻplab oʻzbek ziyolilari qatagʻon qilindi. 1931-yil aprelda Moskvada boʻlib oʻtgan sud majlisidan keyin Munavvarqori boshchiligidagi 15 kishi otib tashlandi, qolgan 70 kishi esa uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi.
      • 1937–1939-yillarda toʻqib chiqarilgan soxta ayblovlar boʻyicha Oʻzbekistonda 41 mingdan ortiq kishi hibsga olinib, ulardan 37 mingdan ortigʻi jazolandi, 6 920 kishi esa otib oʻldirishga hukm qilindi. Umuman olganda, 1937–1953-yillarda Oʻzbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissarligi (NKVD) troykasi (uchligi) tomonidan 100 mingdan ortiq kishi qatagʻon qilindi, ulardan 15 ming nafari otib tashlandi. 1936–1940-yillarda faqat davlat va jamoat arboblari, yozuvchilar, shoirlar va olimlardan 5 758 kishi qamoqqa olinib, ulardan 4 811 kishi otib oʻldirishga hukm qilingan edi.

Oʻzbekiston SSR jamiyatning barcha tabaqalariga yoyilgan hibsga olish toʻlqini ostida qoldi. Davlat va jamiyat arboblari, xoʻjalik rahbarlari va oddiy kishilar bilan bir qatorda milliy ziyolilar ommaviy ravishda qatagʻon qilindi. XX asr oʻzbek adabiyotining arboblari; Fitrat, Choʻlpon va Abdulla Qodiriy va boshqalar otib tashlandi.


Yüklə 9,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin