< ro‘yxat o‘zgaruvchisi. =[qiymat1, qiymat2, . . .]
Ro‘yxatni Python dasturlash tilida faol qilish uchun, albatta, elementlar soni berilish shart emas, ro‘yxatning elementlar soni uning tarkibidagi qiymatlariga qarab aniqlanadi.
Python dasturlash tilida ro‘yxatlarni faollashtirish va ulardan foydalanish.
Yuqoridagi dastur kodiga e’tibor bersak, bunda ro‘yxat elementlari uchun quyidagilar o‘rinli bo‘ladi:
- Ro‘yxat elementlari ixtiyoriy turda;
- Ro‘yxat elementlari vergul bilan ajratiladi;
- Ro‘yxat elementlari soni oldindan berish shart emas;
- Ro‘yxat elementlari 0- tartibdan boshlanadi;
- Ro‘yxat elementlariga murojaat indekslar orqali amalga oshiriladi.
Ro‘yxat elementlarini tashkil qilish va ro‘yxat elementlari ustida amallar bajarishni quyidagi masala orqali qaraymiz. Ro‘yxat elementlariga o‘zgarirish kiritish jarayonini quyidagi dastur orqali amalga oshiriladi.
Python dasturlash tilida ro‘yxat elementlari uchun quyidagi ko‘rinishdagi amal funksiyalar aniqlangan.
len (L) - L ro‘yxatidagi elementlar sonini aniqlaydi
max (L) - L ro‘yxatdagi maksimal elementni aniqlaydi
min (L) - L ro‘yxatidagi minimal elementni aniqlaydi
sum (L) - L ro‘yxatidagi qiymatlarning yig‘indisini aniqlaydi
sorted (L) - L ro‘yxat elementlarini saralaydi
del(a[i]) – L ro‘yxatning a[i] elementi o‘chiriladi
Python dasturlash tilida ro‘yxat elementlari uchun aniqlangan funksiyalardan foydalanishni quyidagi dastur orqali qarab chiqamiz.
Python dasturlash tilida ro‘yxat elementlari uchun aniqlangan funksiyalardan foydalanishni quyidagi dastur orqali qarab chiqamiz.
Ro‘yxat elementlari tarkibidan, boshqa ro‘yxat elementlari mavjudligini tekshirish imkoniyati ham mavjud. Python dasturlash tilida elementlari tarkibidan, boshqa ro‘yxat elementlari mavjudligini va ro‘yxatlar ustida amallarni bajarishni quyidagi dastur orqali qarab chiqamiz.
Python dasturlash tilida ro‘yxat elementlari uchun quyidagi ko‘rinishdagi protseduralar aniqlangan.
L.append(x) – L ro‘yxatning oxiriga x elementni qo‘shish
L.extend(T) - L ro‘yxatning oxiriga T ro‘yxatni qo‘shish
L.insert(i,x) - L ro‘yxatning i- o‘rniga x elementga qo‘shish
L.pop(i) - L ro‘yxatning i-o‘rnidagi elementni uchirish
L.remove(x) - L ro‘yxatning x elementni uchirish
L.count(x) - L ro‘yxat ichida x elementlar sonini aniqlash
L.reverse() - L ro‘yxat elementlarini kamayish tartibida saralash
L.sort() - L ro‘yxat elementlarini o‘ssh tartibida saralash
Yuqoridagi protseduralarni ishlash jarayonini aniqlash uchun quyidagi dasturga e’tibor bering.
Misol. 10 ta butun sonli elementdan tashkil topgan ro‘yxat hosil qilib, elementlarini ikkiga ko‘paytirib ekranga chiqaring. Misol. 10 ta butun sonli elementdan tashkil topgan ro‘yxat hosil qilib, elementlarini ikkiga ko‘paytirib ekranga chiqaring.
Misol. n ta butun sonli elementdan tashkil topgan ro‘yxat hosil qilib, ro‘yxatning juft elementlarini ikkiga ko‘paytirib toq elementlarini 3ga ko‘paytirib ekranga chiqaring.
Misol. n ta butun sonli elementdan tashkil topgan ro‘yxat hosil qilib, ro‘yxatning juft elementlarini ikkiga ko‘paytirib toq elementlarini 3ga ko‘paytirib ekranga chiqaring.
Kortejlar
Python dasturlash tilida kortej degan tushuncha mavjud, bunda kortej ro‘yxat elementlari sifatida qabul qilinadi, lekin uni elementlarini o‘zgartirish mumkin emas. Kortejlar ro‘yxatga qaraganda kamroq xotiradan foydalaniladi. Kortejni belgilashda kvadrat qavslar o‘rniga aylana qavslar ishlatiladi. Kortejlar o‘zgarishlarga ruxsat bermaydi, siz unga yangi element qo‘sha olmaysiz, mavjud elementlarni o‘chira yoki o‘zgartira olmaysiz.
Kortejlardan foydalanishni quyidagi dastur orqali qarab chiqamiz.
Ro‘yxatlarni tuple() funksiyasi orqali kortejlarga aylantirish imkoniyati mavjud. List() funksiyasi orqali esa kortejlarni ro‘yxatlarga aylantirish imkoniyati mavjud.
Bir nechta elementlarni yagona o‘zgaruvchi bilan boshqarish va qayta ishlash uchun ro‘yxat va kortej orqali to‘liq amalga oshirish mumkin.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Ro‘yxatlar Bu qismda dasturdagi ma’lumot strukturalari bilan tanishishni 104 boshlaymiz. Dasturda ikki asosiy tur ma’lumot strukturalari mavjuddir. Birinchisi statik, ikkinchisi dinamikdir. Statik deganimizda xotirada egallagan joyi o‘zgarmas, dastur boshida beriladigan strukturalarni nazarda tutamiz. Dinamik ma'lumot tiplari dastur davomida o‘z hajmini, egallagan xotirasini o‘zgartirishi mumkin. Python dasturlash tilining imkoniyatlar kengligining yana bir xususiyati, o‘zgaruvchilarning dinamikligidir. Python dasturlash tilida har xil turdagi bir nechta ma’lumotlarni boshqarish va qayta ishlash imkoniyati mavjud. Bu imkoniyatni python dasturlash tilida ro‘yxatlar(list) amalga oshiradi. Alohida bir o‘zgaruvchini ko‘rsatish uchun ro‘yxat nomi va kerakli o‘zgaruvchi indeksini yoziladi.
Pythonda ro'yxatlar va kortejlar mavzusini qisqacha yozib o'tkazayotgan bo'lsak, quyidagicha yozishimiz mumkin:
Pythonda, ro'yxatlar bir nechta elementdan iborat ma'lumotlar to'plami sifatida foydalaniladi. Ro'yxatlar bilan ishlash uchun `list` turidan foydalaniladi. Quyidagi misolda, 3 ta elementdan iborat ro'yxat yaratamiz va uning ichidagi elementlarni konsolga chiqaramiz:
```python
royxat = ['element1', 'element2', 'element3']
for element in royxat:
print(element)
```
Kortejlar esa o'zgartirib bo'lmaydigan, o'zgarishi mumkin bo'lmagan ma'lumotlar to'plami sifatida foydalaniladi. Kortejlar `tuple` turidan foydalaniladi. Misol uchun, kortej yaratamiz va uning elementlarini konsolga chiqaramiz:
```python
kortej = ('element1', 'element2', 'element3')
for element in kortej:
print(element)
```
Ro'yxatlar va kortejlar asosan ma'lumotlar to'plamlari bilan ishlashda foydali bo'lishi mumkin, chunki ulardan elementlarni indeks orqali olish, qo'shish, o'chirish va boshqa amallarni bajaramiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
Foydalanilgan elektron veb sahifalar.
Ommaviy qidiruv tizimi: www.google.com
Ma’lumotlar joylashtirilgan veb sahifa: www.fayllar.org
Elektron kitoblar jamlanmasi joylangan veb sahifa: www.ziyouz.com
Turli xil ma’lumotlarga ega veb sahifa: www.wikipedia.org
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi: https://natlib.uz
O‘zbekiston ilmiy elektron kutubxonasi: http://elibrary.uz
Dostları ilə paylaş: |