O’zbekiston Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti”



Yüklə 22,93 Kb.
tarix04.02.2023
ölçüsü22,93 Kb.
#82817
Mustaqil ish statistika


O’zbekiston Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi
Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti
Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti”
KAFEDRASI

Turkshunoslik fakulteti
XMI va siyosati (turk-ingliz) 1-guruh

Mustaqil ish

Fan: Statistika
Mavzu: Mutloq va nisbiy miqdorlar

Bajardi: Boqiyev Umidjon
Tekshirdi: Qodirjonov Adhamjon
Reja:
Kirish

  1. Mutloq miqdorlar to`g`risida tushuncha va ularning turlari.

  2. Nisbiy miqdorlar to`g`risida tushuncha va ularning ifodalanishi.

  3. Nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi

Kirish
Mutloq ko’rsatkichlar o’rganilayotgan hodisalar va ularning belgilarini bir xilligini, monandligini, o’xshashligini ifodalaydi. Ular hodisalar va ularning belgilarining ko’lami, soni, hajmi, darajasi makon va zamonda taqsimlanish shaklida namoyon bo’ladi. Mutloq miqdorlar hodisalar to’plami yoki bir butun qismini ta’riflashiga qarab makro va mikro ko’rsatkichlarga, olish usuliga asosan oqim va zahiraviy ko’rsatkichlarga bo’linadi. Oqim ko’rsatkichlari ma’lum davr davomida sodir bo’lgan hodisalarning absolyut miqdorini ta’riflaydi, zahiraviy ko’rsatkichlar esa ularning muayyan holatini, ayni fursatda mavjud bo’lgan miqdorini aniqlaydi.
Ifodalanishiga qarab, mutloq miqdorlar yakka va umumiy miqdorlarga bo`linadi.
Yakka mutloq miqdorlar statistik kuzatish jarayonida olinib, boshlang`ich xisob va kuzatish xujjatlarida qayt qilinadi. Bunday miqdorlar kuzatilayotgan to`plamning aloxida birliklarini tavsiflamaydi va statistik tekshirish uchun manba bo`lib xisoblanadi.
Umumiy mutloq miqdorlar deganda kuzatilayotgan to`plamning xar bir birligini emas, balki uning yig`indisini tariflovchi miqdorlar tushuniladi. Ular boshlang`ich statistik kuzatish materiallarini svodkalash natijasada olinadi. Umumiy mutloq miqdorlar moxiyati jixatdan bir xil bo`lgan yakka mutloq miqdorlarning yig`indisidir.

  • AUM = a1+a2+a3+…+an = ∑t=1t=n aj

  • AUM - umumiy mutloq miqdor;

  • a1….an - yakka mutloq miqdorlar;

  • t=1t=n aj - Tuplam birliklarining yig`indisi.

Umumiy mutloq miqdorlar xodisa va jarayonlarning umumiy sonini, xajmini, qiymatini o`zida aks ettirib, muayyan olingan xo`jalik, tarmoq, viloyat, jumxuriyat mavqeyini imkaniyatini tavsiflaydi.

  • Mutloq miqdorlar:

  • Naturada;

  • Shartli naturada;

  • Pulda;

  • Kompleks o`lchov birliklarida ifodalanishi mukin.

Natura o`lchov birligi deyilganda, o`rganilayotgan xodisaning ichki xususiyatini ifodalovchi og`irlik, uzunlik, hajm va boshqa birlilar tushuniladi.
Kompleks o`lchov birliklari deyilganda, murakkab xodisalarni ifodalovchi ikki va undan ortiq o`lchov birliklarining o`zaro birlikmaisi xisoblanadi.Masalan: “O`zbekiston temir yo`llari” AJ ning yillik yuk tashish aylanmasi 22,9 mlrd.tonna-kmni tashkil etadi.
Shartli natura o`lchov birligi deyilganda bir xil turdagi istemol qiymatga ega bo`lgan xodisalarni bir xil birlikka keltiruvchi o`lchov birliklari tushuniladi. Bu birlik negizida o`rganilayotgan xodisalarning muhum iste`mol istemol qiymatiga asoslangan nisbatlar yotadi.
Nisbiy miqdorlar xisoblanayotgan taqqoslash bazasi (maxraj) qilib bir hil miqdorlar qabul qilinishi mumkin.
Jumladan, bazis miqdor sifatida davlat buyurtmasi, o`tgan davr miqdori (hajmi), o`rganilayotgan xodisa yig`indisi, boshqa mintaqa ko`rsatgichi yoki qandaydir boshqa xodisalar ko`rsatkichi olinishi mumkin. Shunday qarab nisbiy miqdorlar quydagi asosiy turlarga bo`linadi:

  • Reja topshirig`i nisbiy miqdorlari.

  • Buyurtma bajarilish nisbiy miqdorlari.

  • Dinamika nisbiy miqdorlari.

  • Tuzilma nisbiy miqdorlari.

  • Koordinatsiyali nisbiy miqdorlari.

  • Intensiv nisbiy miqdorlari.

  • Obyektiv va hududiy taqqoslash nisbiy miqdorlari.

Reja topshirig`i – nisbiy miqdori rejalashtiralayotgan davr ko`rsatkichining oldingi yilning xaqiqiy ko`rsatkichiga nisbatan qanday o`zgarishi lozimligini ko`rsatadi va quyidagicha xisoblanadi:
RTNM= DRT •100 /D0
RTNM – reja topshirig`I nisbiy miqdori.
DRT – Joriy davr uchun reja topshirig`i.
Do – Bazis davrda xaqiqiy bajarilgan ko`rsatkich.
Dinamika nisbiy miqdorlari bir xil turdagi xodisa va jarayonlarning vaqt bo`yicha o`zgarishini tavsiflaydi. Ular joriy davr ko`rsatkichini bazis davr ko`rsatkichiga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi. Agar davrlar soni uch va undan ortiq bo`lsa, u xolda xar bir keyingi davr darajasini undan oldingi davr darajasiga taqqoslash yo`li bilan ham dinamika nisbiy miqdorlarini aniqlash mumkin. Birinchi ko`rinishda xisoblangan dinamika nisbiy miqdorlari bazisli, ikkinchisi esa zanjirsimon deb yuritiladi. Umumiy ko`rinishda ular quyidagicha xisoblanadi:
1. DbNM =Di•100/D0
2. DzNM =Di•100/(Di-1)
Bu yerda DbNM – bazisli usulda hisoblangan dinamika nisbiy miqdorlari;
Di – i davr darajasi;
Di-1 – xar bir keyingi davr oldingi davr darajasi;
D0 – bazis davr darajasi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Statistika darslik - Soatov N.M., Tillaxo’jayeva G.N

  2. Stat.uz sayti.

Yüklə 22,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin