39
3. Sh.M.Mirziyoyev 7 fevral 2017 yil kuni “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947
sonli farmonni
4.
Sh.M.Mirziyoyevning “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. T.:-2016y. 29-
dekabr
5.Qurbonov Sh., Sayitxalilov E. Ta’lim sifatini boshqarish. –T.: Turon-Iqbol,
2006. – 592 b.
Tayanch tushunchalar: Davlat, ta’lim, standart, kafolat, strategiya, ta’limni,
rejalashtirish, loyihalash, yangi usul.
Ta’lim sifati muammolarini tadqiq qilish metodologiyasi uch xil tahlil
darajasini: tadqiqotning umummetodologik, xususiy metodologik va aniq
metodikalarini o‘z ichiga oladi. Metodologiya, metodika va tadqiqot jarayonlari
o‘rtasidagi tafovut obyektiv ravishda vujudga kelgan vositalar tizimini aks
ettiradi. Bunda gap haqqoniylikni o‘rganish va obyektga yaqinlashishning turli
darajalarida, ya’ni oliy (uning barcha o‘zaro aloqalaridagi jarayonni qamrab
oluvchi), o‘rta (ushbu tizimning ma’lum bir tarixiy sharoitlarda ishlashini
qamrab oluvchi) va tajriba-sinov darajalarida tahlil qilish usullarini chegaralash
haqida boradi. Umummetodologik daraja o‘rganilayotgan muammoga umumiy
ijtimoiy-falsafiy yondashuv bo‘lib, u tadqiqot obyektini va predmetini, uning
barcha jihatlari, aloqalari va vositalarini har tomonlama o‘rganishni talab qiladi.
Dialektik metod predmetni rivojlanishda, harakatda va o‘zgarishda o‘rganilishini
ko‘zda tutadi. O‘rganilayotgan jarayonlar va hodisalarni bilishga bunday
yondashuv o‘rganilayotgan tizim, hodisa yoki jarayonning qaror topish va
Dostları ilə paylaş: