4-MAVZU: TA’LIM TIZIMLARI VA TA’LIM SIFATINI TADQIQ
QILISHNING METODOLOGIK ASOSLARI.
40
rivojlanish qonuniyatlarini ochish hamda ularni isloh qilish chora-tadbirlarini
asoslash imkonini beradi.
Dialektik metod ta’lim sifatini umumdavlat, jamoat va shaxs nuqtai nazaridan
ko‘rib chiqadi, umumjahon qonuniyatlari va tamoyillarini e’tiborga oladi, ta’lim
sohasidagi milliy madaniy-tarixiy va ma’naviy-axloqiy an’analar hamda
qadriyatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi. Bundan tashqari,
«ta’lim sifati» ham umuman, ham ayrim jihatlari bo‘yicha doimiy «taftish»
qilinadigan va to‘g‘rilab boriladigan dinamik hodisa sifatida ko‘rib chiqiladi.
Bunda ta’lim sifatining muhim hususiyatlarini birlikda, o‘zaro ta’sirda, o‘zaro
bog‘liqlikda va rivojlanishda tahlil qilish ko‘zda tutiladi.
Tadqiqotning xususiy metodologik darajasi ular asosida tadqiq qilinadigan
metodologik tamoyillar yig‘indisidan iborat. Bular tizimli-tarkibiy tahlil,
kompleks, dasturiy-maqsadli, shaxsiy-faoliyatli yondashuvlar, nazariya va
amaliyot, ong va faoliyat birligi tamoyillari va boshqalardir.
Tizimli-tarkibiy tahlil dastlab XX asrda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi
misolida ishlab chiqilgan. O‘shanda tayyor metodologiya ishlab chiqilmagan
edi, biroq u yaxlit o‘rganishda tizimli-tarkibiy tahlil imkoniyatlari va
istiqbollarini ko‘rsatdi. Keyinchalik ijtimoiy-falsafiy, psixologik va pedagogik
muammolarni ishlab chiqishda ushbu tamoyil tobora keng qo‘llanilmoqda.
Ta’limni tizim sifatida jamiyat tuzilmasidan ajralgan holda ko‘rish imkonini
beruvchi mezon uning aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir. Tizimli yondashuvda
ko‘zda tutilgan maqsadli tahlil ta’limni ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, siyosiy
va boshqa jarayonlar bilan aloqalari nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish imkonini
beradi. Ta’limning har bir tarkibiy qismi ham ana shu aloqaning muayyan
jihatini aks ettirgan holda, aniq yo‘nalishdagi maqsadga ega. Masalan, ta’lim
sifati, ta’lim tizimining tarkibiy-mazmunli qismi sifatida davlat, jamiyat,
shaxsning (ijtimoiy-shaxs buyurtmasi) maqsadli ko‘rsatmalari va qadriyatlar
bilan bog‘liq yo‘nalishlari, fan, texnika, madaniyat, texnologiyalarning
41
taraqqiyot darajasi, shuningdek tizimning tegishli tarzda kadrlar hamda resurslar
ta’minlanishi bilan belgilanadi.
Ijtimoiy tizimni o‘rganishda «hamma narsa hamma narsadan iborat» tamoyili
maqbuldir. Murakkab tizimning tarkibiy unsurlarga bo‘linishi ijtimoiy hodisalar
va jarayonlarni tadqiq qilishning eng to‘g‘ri usulidir.
Tizimli — tarkibiy ta’lilning qo‘llanilishi quyidagilarni nazarda tutadi.
1. Ta’lim sifatini o‘zaro ta’sirda bo‘lgan tarkibiy qismlardan tashkil topgan
yaxlit masala sifatida ko‘rib chiqish. Shu boisdan, ta’lim sifati muayyan
bog‘liqlikda bo‘lgan qator tarkibiy qismlarni birlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida
ta’lil qilinadi.
2. Ta’lim sifatini o‘rganishda asosiy e’tibor tarkibiy qismlarning o‘zaro va muhit
bilan ta’siriga qaratiladi. Bunda ta’lim sifati tarkibiy qismlarining funksional ,
ularning bo‘ysunishini aniqlash zarur. Faqat ana shu o‘zaro ta’sir asosidagina
birmuncha yuqori darajadagi hal qiluvchi tarkibiy qismlar yanada
takomillashgan ta’lim sifatining shakllantirilishini ta’minlaydi. Ta’lim sifatining
tashqi omillar bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish, unga ta’sir etuvchi shart-
sharoitlarni aniqlash hamda aks ettirilayotganning aks ettirilgani uchun
ahamiyatini har tomonlama va chuqur ochib borish imkonini beradi.
3. Ta’lim sifatini dinamik holat sifatida ko‘rib chiqish. U ham shaklan, ham
mazmunan va pirovard (kutilayotgan, maqsadli va haqiqiy) natijaga qarab
doimiy o‘zgarib turadi. Bu holatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash
ta’lim sifatini rivojlantirish jarayonini samarali boshqarish imkonini beradi.
Ta’lim sifati va unga ta’sir ko‘rsatuvchi shart-sharoitlarning asosiy tavsiflarini
tadqiq qilish rivojlanish istiqbollari haqida fikr yuritish imkonini beradi. Bunday
yondashuvda uni o‘zgartirish jarayonida ta’lim sifati tarkibi va mazmunidagi
o‘zgarishlarni o‘rganish imkonini yaratadi.
Ta’lim tizimiga obyektiv ravishda xos bo‘lgan ta’lim va kasb-hunar
dasturlarining tegishli tarkibiy qismlarini takomillashtirishga tegishli darajada
prognozlashtirib
yondashish
zarurligini
anglashda,
ularning
aniq
42
o‘zlashtirilishini ta’minlashda, shuningdek, tegishli pedagogik tizimga
singdirilgan ilmiy bilimlarning bashoratli yo‘nalishi sharoitida hisobga olinishi
mumkin. Aynan shu boisdan ham, uzluksiz ta’lim va pedagogika fani sohasida
ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-tarixiy, etnopsixologik va boshqa
turdagi prognoz qilish natijalarini majburiy tartibda integratsiyalashni ko‘zda
tutuvchi uzluksiz ta’limning yaxlit tizimini rivojlantirishni prognozlashga tizimli
yondashish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim sohasida istiqbolni ko‘zlab rejalashtirish masalalarini eng muhim
muammolar qatoriga qo‘shayotgan taniqli olimlar, pedagoglar va ta’lim
tashkilotchilarining aksariyat ishlarida ushbu g‘oya qat’iy ta’kidlab o‘tilmoqda.
Ammo vazifa ta’lim sohasidagi bilish tadqiqotlarning zarurligini anglab
еtishdan respublikada ta’lim tizimini rivojlantirish uchun amalda aniq
ifodalangan ijtimoiy buyurtmani amalga oshirish imkonini beruvchi
tadqiqotlarning o‘ziga o‘tishdan iboratdir. Bunda ta’limni pedagogik bilish bilan
bog‘liq ishlarda istiqbolda ta’lim iqtisodiyotining bilish muammolariga,
masalan, istiqbolli miqdoriy sohalari, ya’ni pedagogik kadrlarga, malakali
ishchilar va mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashga, turli xildagi ta’lim
tashkilotlarining tegishli miqdori va iqtisosini bashorat qilishga, ularni oqilona
joylashtirishga, ilmiy-pedagogik tadqiqotlar mavzusini istiqbolli rejalashtirishga,
ta’lim tizimining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini aniqlashtirishga katta e’tibor
beriladi. Xususan, uzluksiz ta’limning turli darajalardagi maqsadlarini, ta’lim
sifatini, uning mazmunini, usullari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyat vositalari va
tashkiliy shakllarini bilish, asoslash bilan bog‘liq pedagogik va didaktik
muammolar hamon еtarlicha ishlab chiqilmayapti. Uzluksiz ta’lim tizimini
rivojlantirishni
bashorat
qilishning
asosiy
metodologik
va
nazariy
muammolariga oid mavzular doirasi juda kengdir.
Avvalo, pedagogik bilishning real ilmiy maqomini hamda bilimlarning ushbu
tarmog‘i qamrab oladigan o‘sha fan sohasini aniqlash, pedagogik bilish
mumkin bo‘lgan obyektlarni va asosiy yo‘nalishlarni ko‘rsatish zarur. Shundan
43
so‘ng, prognozlash obyektlari va konkret shart-sharoitlarning o‘ziga xos
xususiyatini hisobga olgan holda, ta’lim sohasida tashxisli tadqiqotlarni tashkil
etishga nisbatan yondashuvlarni belgilovchi metodologik tamoyillar tizimini
asoslash lozim. Bunda bilish, ishonchli axborot olishni va uning to‘g‘riligini
ta’minlaydigan muayyan tadqiqot usullarini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb
etadi.
Bugungi kunda pedagogik bilish nazariyasi va amaliyotining dastlabki
bosqichida O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishga oid turli bilish
loyihalarni ko‘rib chiqish emas (va holanki, ularni bilib olish jarayonlari bayon
qilinmagan holda bunga urinishlar bo‘lgan), balki shunga o‘xshash loyihalarni
isbotlanganlik darajasini oshirish vositalari va usullarini izlash muhim o‘rin
tutadi. Shu bois yagona pedagogika fani pedagogik bilish, yangi yo‘nalishni,
ya’ni barcha bo‘g‘inlarda uzluksiz ta’limning yaxlit, murakkab va dinamik
tizimini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Bashoratli tadqiqotlarning birinchi galdagi vazifalarini hal qilishga va shu bilan
birga, ana shunday tadqiqotlarni samaraliroq o‘tkazish uchun muayyan
metodologik yo‘nalishlarni belgilab olishga diqqat-e’tiborni qaratish imkonini
beradigan umumlashtirilgan, tartibga solingan obyektlarni aniqlash muhim.
Dostları ilə paylaş: |