O‘zbekiston pespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


ta’lim sifatini boshqarishni alohida faoliyat sifatida belgilash mumkin. Bunda



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/59
tarix12.05.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#112064
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59
5 11 2020 бошқарув ўқув қўллама магистир

ta’lim sifatini boshqarishni alohida faoliyat sifatida belgilash mumkin. Bunda 
uning subyektiv boshqaruv vazifalarini hal qilish orqali o‘quvchilar, 
pedagoglar, ota-onalar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning birgalikdagi 
faoliyatining uyushqoqligini hamda ta’lim maqsadlari va rivojlanish 
maqsadlariga erishishga yo‘naltirilganligini ta’minlaydi. 
Fan boshqaruv tizimi qanday vazifalarni, qay yo‘sinda hal etishi kerak, turli 
ichki va tashqi sharoitlarda boshqaruv samaradorligi ta’minlanishi uchun u 
qanday tuzilgan bo‘lishi lozim, degan savollarga javob berishi zarur. Shu 
boisdan boshqaruv tizimi xususiyatlari, boshqaruv jarayoni tavsiflari hamda turli 
tashqi va ichki sharoitlarda faoliyat yuritish va rivojlanish natijalari o‘rtasidagi 


29 
qonuniy aloqalar alohida ilmiy fan bo‘lgan boshqaruvning umumiy vazifasi 
hisoblanadi. Boshqaruv vazifasini shu yo‘sinda tushunish uni boshqaruvga 
eskicha yondashish nuqtai nazaridan uni tadqiq qilish mumkin emasligidan 
dalolat beradi. 
Ta’limni boshqarish fani qanday xususiy predmetlarni o‘rganadi? 
Bunda, shubhasiz, o‘quv-tarbiya jarayoni boshqaruvning markaziy obyekti 
hisoblanadi. Boshqaruv fani u qay yo‘sinda amalga oshirilishi kerakligi va 
vazifalari nimalardan iborat ekanligini o‘rganmaydi — bu pedagogikaning 
vazifasidir. Ammo hozirning o‘zidayoq ta’lim vazifalarini turlicha tushunish, 
turli pedagogik texnologiyalar mavjud. Umumiy boshqaruv nazariyasiga 
muvofiq, turli texnologiyalar turlicha tashkil etishni, rejalashtirish, nazorat 
qilishning xilma-xil usullarini talab etadi va h. k. 
O‘quv-tarbiya jarayoni texnologiyasi xususiyatlariga bog‘liq ravishda 
boshqaruv qanday amalga oshirilishi lozim, degan masala esa boshqaruv faniga 
taalluqlidir. 
Ammo o‘qitish va tarbiya natijalari nafaqat pedagogik texnologiyaga, balki 
pedagoglarning malakasiga, ularning eng yaxshi natijalarga erishishdan 
manfaatdorligiga, jamoadagi munosabatlarga bog‘ligʻdir. Kadrlarni qanday 
tanlash kerak, ularni qay yo‘sinda baholash, unumli ishlashga qanday undash 
kerak, jamoada qulay psixologik muhitni qanday shakllantirish lozim kabi 
savollar ham boshqaruv tadqiqotchilari oldida turgan muhim savollar sirasiga 
kiradi. 
Ta’lim tashkiloti qanchalik yaxshi ishlamasin, u o‘zgarmasligi mumkin emas. 
Ta’lim tashkilotida, o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bir qatorda, uning rivojlanish 
jarayoni eng muhim boshqaruv obyekti hisoblanadi. Yangiliklarni o‘zlashtirish 
ham rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish va undashni taqozo etadi. 
Boshqaruv fani innovatsion jarayonlar qanday sharoitda samarali bo‘lishini va 
bu sharoit qanday vujudga keltirilishini tadqiq qilishi kerak. 


30 
Ta’lim tashkiloti, har qanday tashkilot singari ajralgan holda emas, balki 
muayyan ijtimoiy muhitda faoliyat ko‘rsatadi. Shu boisdan boshqaruv natijalari 
u qanday sharoitlarda amalga oshirilishiga qay darajada bog‘liq ligini o‘rganishi 
lozim. 
Yuqorida qayd qilingan xususiy tadqiqot predmetlari, shubhasiz, ularning xilma-
xilligini qamrab ololmaydi. Ta’lim tashkilotining ijtimoiy institut sifatida 
rivojlanishiga ko‘ra boshqaruvning yangi vazifalari vujudga kelib, 
tadqiqotlarning yangi yo‘nalishlari dolzarb bo‘lib boradi. 
Ta’lim sifatini boshqarishga metodik-amaliy yondashuvlar va uning shart-
sharoitlarini ishlab chiqish hamda joriy qilishdan oldin boshqaruv nazariyasining 
asosiy kategoriyalari va tushunchalarini aniqlash hamda belgilash (materialning 
bir qismi I bobda ko‘rib chiqilgan), menejmentning umumiy qonuniyatlari, 
tamoyillari va vazifalarini aniqlash zarur. 
Boshqaruvda «boshqaruv obyekti va subyekti», «ular o‘rtasidagi bevosita va 
teskari aloqalar», «boshqaruv tizimi», «atrof-muhit» kabi kategoriyalar va 
tushunchalardan foydalaniladi. 
Ta’lim tashkilotlari darajasida menejmentning asosiy kategoriyalarini ko‘rib 
chiqishda ular faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va faoliyat yuritishining 
umumiy vazifalarini hisobga olish zarur. 
Boshqaruv obyekti — bu boshqariladigan obyekt, ya’ni, tarmoq, tashkilot, 
tashkilot va hokazo. Boshqaruv obyekti sifatida faoliyat sohasi bo‘lmish ta’lim, 
shuningdek, turli xildagi ta’lim tashkilotlari ko‘rib chiqilishi mumkin. 
Menejmentda 
boshqaruv 
obyekti 
sifatida, 
odatda, 
faoliyati 
muvofiqlashtiriladigan va muayyan maqsadlarga erishishga yo‘naltiriladigan bir 
guruh odamlar tushuniladi. 
Boshqaruv subyekti — bu boshqaradigan subyekt, ya’ni, tarmoq, tashkilot va 
tashkilotni boshqarish apparati. Ta’limdagi menejmentga nisbatan olganda, 
boshqaruv subyekti boshqaruvning turli darajalarida konkret vazifalarni 


31 
bajaruvchi muayyan bo‘gʻinlari majmuidan iborat. Bunda har bir yuqori bo‘gʻin 
quyi bo‘gʻinga nisbatan boshqaruv subyekti sifatida yuzaga chiqadi. 
Boshqaruv subyekti va obyekti bevosita va qayta aloqalar tizimi bilan birgalikda 
boshqaruv tizimini tashkil qiladi. Boshqaruv tizimida boshqaruv obyekti 
ko‘pincha boshqariladigan kichik tizim, subyekti esa boshqaruvchi kichik tizim 
deb nomlanadi. Boshqaruv tizimiga bir qator umumiy shart-sharoit xosdir. Eng 
avvalo, boshqariladigan kichik tizim boshqaruvchi kichik tizim ostida o‘z 
parametrlarini (yoki xossalarini) o‘zgartirishga qodir bo‘ladi. Bunda samarali 
boshqarish uchun boshqaruv obyekti faoliyatining eng muhim parametrlarini 
to‘liq aks ettiradigan mezonlar va ko‘rsatkichlar zarur bo‘ladi. Masalan, ta’lim 
tashkilotlari uchun: xodimlar soni, o‘quvchilar, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma 
va malakalari darajasi, ularning davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi, ana shu 
xususiyatlarga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va boshqalar shunday ko‘rsatkich 
bo‘lishi mumkin. 
Boshqaruv tizimi obyektga belgilangan maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatadi. 
Buning uchun boshqaruvchi kichik tizim tegishli ta’sirdan keyin boshqaruv 
obyekti holatini aniq tasavvur etishi kerak. Maqsadga aniq yo‘nalganlikni 
amalga oshirish uchun ta’sir ko‘rsatishdan oldin va keyin obyektning holati 
haqida boshqaruv subyektiga axborot kelib tushishi kerak, ya’ni boshqaruv 
tizimida bevosita va qayta aloqalar aniq tashkil etilgan bo‘lishi lozim. Va 
nihoyat, boshqaruvning har qanday tizimi muayyan moddiy, mehnat va boshqa 
resurslarga ega bo‘lishi zarur. 
Barcha boshqaruv kategoriyalari bir-biri bilan jips bog‘angan va bir-birini 
taqozo etadi. 
Umuman boshqaruv sohasidagi va xususan ta’limni boshqarishdagi faoliyat 
menejmentning metodologik asoslarini shakllantirishda to‘liq hisobga 
olinadigan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 


32 
Menejmentga tatbiqan metodologik yondashuv bilish va faoliyat usullarining 
boshqaruv 
maqsadlariga 
erishishga 
qaratilgan 
muayyan 
uslublaridan 
foydalanishni ko‘zda tutadi. 
Menejmentda jarayonli yondashuv keng tarqalgan hisoblanadi, boshqaruv bunda 
boshqaruv funksiyalarining uzluksiz o‘zaro aloqalariga asoslangan, ta’lim 
tashkiloti va umuman ta’lim maqsadlariga qaratilgan faoliyat sifatida ko‘rib 
chiqiladi. Turli mualliflar funksiyalarning har xil ro‘yxatlarini taklif 
qilmoqdalar. Ularning maqbuli quyidagilarni o‘z ichiga oladi: rejalashtirish, 
tashkil etish, yo‘lga qo‘yish (amalga oshirish); nazorat qilish. 
Tashqi muhitdagi beqarorlik va keskin o‘zgarishlar sharoitida ta’limni 
boshqarishda vaziyatli yondashuv qo‘llaniladi. 
Vaziyatli yondashuvda turli boshqaruv usullarining tanlanishi vaziyat bilan 
belgilanadi. Binobarin, ta’lim tashkilotida ham, atrof-muhitda ham ko‘plab 
omillar mavjudligi sababli ularni boshqarishning yagona usuli yo‘q. Konkret 
vaziyatda unga birmuncha muvofiq keladigan boshqaruv usuli eng samarali usul 
hisoblanadi. Vaziyatli yondashuv, ilmiy qoidalarning mavjud vaziyat va 
sharoitlarga qarab amaliyotda qo‘llanilishiga doir muayyan tavsiyalarga ega 
bo‘lganligi bois, boshqaruv nazariyasiga katta hissa qo‘shdi. 
Vaziyatli yondashuv negizida tashkilotning faoliyat yuritishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi asosiy ichki va tashqi omillarni aniqlash yotibdi.
Menejmentning amaliy maqsadlari uchun har bir muayyan vaziyatga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillargina ko‘rib chiqiladi. 
Tizimli yondashuv boshqaruv xodimlari tashkilotni o‘zgaruvchan tashqi muhit 
sharoitida turli maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan odamlar, tuzilma, vazifalar 
va texnologiya kabi o‘zaro bog‘liq elementlarning majmui sifatida ko‘rib 
chiqishlari kerak. 
Tizimli yondashuv — ilmiy bilim va ijtimoiy amaliyot metodologiyasining 
yo‘nalishi bo‘lib, uning negizida boshqaruv obyektlarini tizimlar sifatida tadqiq 
qilish yotadi. Ushbu yondashuv hodisalarni boshqaruv ob’ektining holati va 


33 
dinamikasiga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha asosiy omillarni hisobga olgan holda 
hodisalarni yalpi o‘rganishga asoslangan. Tizimli yondashuv ta’limni, umuman 
mamlakatni rivojlantirish nuqtai nazaridan ta’limni yaxlit tizim sifatida tasavvur 
etish hamda uning faoliyat yuritishining eng maqbul parametrlarini belgilash 
imkonini beradi. Shu bilan birga, har bir ta’lim tashkilotining faoliyat yuritish 
jarayoni tizimli yondashuv yordamida aholining yuqori standartlarga javob 
beruvchi ta’limga bo‘lgan ehtiyoji, uni qondirishning muqobil imkoniyatlari, 
tashkilotda yuqori malakali kadrlarning mavjudligi kabi va boshqa turli omillar 
ta’sir ko‘rsatuvchi, jo‘shqin rivojlanadigan yagona tizim sifatida ifodalanishi 
mumkin. Boshqaruvda tizimli yondashuvning qo‘llanilishi muammolarni mos 
ravishda yo‘lga qo‘yish hamda ularni hal etishning samarali strategiyasini ishlab 
chiqish imkonini beradi. Ushbu yondashuvning o‘ziga xos metodologik 
xususiyati shundaki, u boshqaruv obyektining yaxlitligini ochib berishga, uning 
tashqi muhit bilan xilma-xil aloqalarini aniqlashga va ularning yagona nazariy 
manzarasini yaratishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Murakkab boshqaruv yеchimlarini 
tayyorlash va asoslash uchun foydalaniladigan, metodologik vositalar 
yigʻindisidan iborat bo‘lgan tizimli tahlil boshqaruvda tizimli yondashuvning 
muhim jihati hisoblanadi. 
Tizimli yondashuv va tahlilni qo‘llash sohasini kengaytirish mohiyati 
maqsadlarni aniq belgilashdan, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun dasturlar 
ishlab chiqish, ularni bajarish va ushbu ishga rahbarlik qiluvchi dasturlarni 
amalga oshirish va tashkilotlarni shakllantirish uchun zarur resurslar ajratishdan 
iborat bo‘lgan dasturiy-maqsadli boshqaruv tizimini yoyish bilan bog‘liq . 
Dasturli-maqsadli boshqaruv pirovard maqsadlarni aniqlash va aniq qo‘yishdan 
boshlanadi. Maqsadlar, odatda, berilgan vaziyatni istalganidan farqlovchi bir 
qator muammolar hal etilgach, boshqaruv tizimi muayyan vaqtdan keyin 
berilgan vaziyatdan o‘tib borishi lozim bo‘lgan istalgan vaziyatni aks ettiradi.


34 
Shunday 
qilib, 
maqsadni 
qo‘yish 
bosqichidayoq 
kelajakning 
umumlashgan modeli vujudga keladi. Ushbu bosqich yеchimning muqobil 
variantlarini ko‘rib chiqish va tugal variantini tanlash bilan yakun topadi. 
Qaror qabul qilingandan keyin dasturlarni ishlab chiqish bosqichi boshlanadi. 
Ushbu bosqichda strategik maqsadga erishish kichik maqsadlarga bo‘linadi. 
O‘ar bir bosqichda vazifalar va ularni hal qilishning ustuvor yo‘nalishlari 
ajratiladi, shuningdek ular resurslar (moddiy, mehnat, moliyaviy, inson omili) 
bilan muvofiqlashtiriladi. Bunda har bir bosqichning bajarilishi asosiy natija, 
hajm va muddat bo‘yicha aniq belgilanadi. 
Dasturlarni shakllantirish bosqichida, asosiy maqsadli ko‘rsatmani saqlab qolgan 
holda, oraliq bosqichlar va yеchimlar izchilligini ularning dasturni amalga 
oshirishning pirovard natijalariga ta’sirini aniqlash va tahlil qilish orqali 
ta’minlash juda muhimdir. 
Maqsadlar va kichik maqsadlar kelishilgan va darajalarga ajratilgandan keyin 
dastur, odatda, barcha ijrochilar uchun bajarilishi shart hisoblangan dedektiv 
hujjat shakliga ega bo‘ladi. 
Qabul qilingan dastur ijro etilishi zarur. Ammo uni amalga oshirish jarayonida, 
dasturni qabul qilish paytida boshqaruv tizimida yoki atrof-muhitda ba’zi (yoki 
hisobga olinmagan) o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Ko‘pincha bu o‘zgarishlar 
ham butun dasturni, ham uning ayrim bosqichlarini amalga oshirishda jiddiy 
qiyinchiliklar tugʻdiradi. Shu bois butun dasturning va uning har bir 
bosqichining bajarilishini doimo kompleks nazorat qilish zarur. 
Odatda, bunday nazoratni amalga oshirish uchun boshqaruvning matritsa 
tizimiga kiritiladigan maxsus bo‘linmalar tuziladi. 
Nazorat natijalariga ko‘ra tahlil o‘tkazilib, olingan natijalar dastur maqsadlari 
(kichik maqsadlari)ga doir olingan natijalar taqqoslanadi va oʼqishlar yuz bergan 
hollarda ularning sabablari aniqlanadi, so‘ngra yo dasturlarga tuzatish kiritish 
yoki kamchiliklarni bartaraf etishga doir choralar ko‘riladi. Bunda dasturga 
tuzatish kiritish yoki kamchiliklarni bartaraf etish haqida qaror qabul 


35 
qilinishidan oldin dasturning belgilangan maqsadlaridan (kichik maqsadlardan) 
o’qishga olib kelgan muammolar diagnostik tahlil qilinishi kerak.
Mamlakatimizda barcha darajalarda dasturiy-maqsadli boshqaruv bo‘yicha 
muayyan tajriba to‘plangan. Qayd etilgan yondashuvni qo‘llashga Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi va modelini ishlab chiqish hamda amalga oshirish 
jarayoni yorqin misol bo‘la oladi. Tizimli yondashuv va dasturiy-maqsadli 
boshqaruv menejment metodologiyasining fundamental qoidasi sifatida ta’limni 
boshqarish qonuniyatlari, tamoyillari, vazifalari va usullari bilan uzviy bog‘liq
bo‘lib, bu haqda quyida gap boradi. Pedagogik jarayonlarning samaradorligiga 
ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan yana biri motivlashtirish bo‘lib, samaradorlikka 
erishishda pedagogik jarayonlarning maqsadini, maqsadga erishish yo‘nalishida 
belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyatini, o‘rganiladigan tushunchalarning 
zaruriyati, ahamiyati va mazmun mohiyatini mudira-tarbiyachilarning 
boshlang‘ich tushunchalariga bog‘liq holda tushuntirish, o‘rganiladigan 
tushunchalarga nisbatan mudira-tarbiyachilar qiziqishini rivojlantirish asosida 
vaziyatlarga ko‘ra ularning faolligini ta’minlash va o‘zaro munosabatlarni 
muvofiqlashtirib 
borish 
jarayonida 
mudira-tarbiyachilar 
tomonidan 
boshqaruvning maqsadli-motivlashtirish funksiyasi amalga oshiriladi. 
Hozirgi zamonda har qanday tashkilot yoki korxonani zamonaviy texnika 
va texnalogiyasiz tasavvur qilolmaymiz. Demak, bu o‘rinda jamoa a’zolarining 
o‘z ustida ishlashi, zamonaviy texnika va texnalogiya bilan doimo tanishib va 
ular bilan ishlash malakasini oshirib borish alohida ahamiyatga ega. Rahbariyat 
nazarida jamoa oldida o‘qimishli, o‘z ustida doimo ishlab borayotgan, 
zamonaviy texnika va texnalogiya bilan malakali ishlay oladigan xodimlar 
alohida hurmat va ehtiromga sazovor bo‘ladi. Bu o‘rinda jamoada mehnatning, 
mehnatga yarasha moddiy va ma’naviy boyliklarning odilona taqsimoti 
boshqaruv tizimiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni moddiy mukofot va ma’naviy 
rag‘bat namunalari jamoada nihoyatda ustalik bilan qo‘llanib borilishi lozim. 
Jamoada moddiy va ma’naviy rag‘bat – mukofot usuli qo‘llanilar ekan, bu 


36 
holatda eskicha tenglashtirishlar qo‘llanilmasdan, har qanday moddiy mukofot, 
ma’naviy rag‘bat aniq bajarilgan ish, faoliyat evaziga berilishi nazardan 
qochmasligi kerak. 
Oddiy misol, ba’zi gazeta va jurnallarda reklama, tijorat ishlarini tashkil 
qilgan hodimga o‘sha ish qiymatidan ma’lum foiz ajratiladi. Ammo, boshqa bir 
gazeta va jurnallarda esa bu yo‘nalishdan tushgan daromad jamoaning umumiy 
mulkiga aylantirilib jamoa a’zolari orasida teng taqsim qilinadi. Bu ikki 
usulning qaysi biri boshqaruv tizimiga manfaatliroq, amalda o‘zingiz sinab 
ko‘rishingiz mumkin. Chunki shaxs va uning irodasi unga Olloh tomonidan 
berilganligi haqida faylasuf Abu Homid Muhammad G‘azzoliy va boshqa 
mutafakkirlaning asarlaridan bunga isbot va misollar topsa bo‘ladi. Nizomiy 
muhitni boshqarish usuli bilan shaxs, ayniqsa, rahbar shaxs tanishib, bu 
yo‘nalishda u o‘z mahoratini oshirib borsa, vaziyatni o‘z qo‘li ostida saqlash va 
undan foyda olish imkoniyatga ega bo‘ladi. Ammo nizoni boshqarish ishlarini 
o‘rganib bormasa, nizoni inkor qilish, uni o‘z rivoji yo‘liga tashlab qo‘yish bilan 
shaxs va rahbar nizoning salbiy ta’siri rivojiga tushib qolib, hayotiy va boshqa 
kurashlarda mag‘lubiyat, imkonlari qo‘ldan boy berish holatiga ko‘milib, o‘zida 
tobelik va mag‘lublik hulqini shakllantirib boradi. Zamonaviy ishlab chiqarish 
jarayonida ilgarigiday umum o‘rtachilikdan qochgan har bir rahbar ijodkor 
kadrlarining har tomonlama taraqqiyoti uchun ma’lum ma’naviy, ijtimoiy, ilmiy 
va boshqa imkoniyatlarni yaratib bermoqda va bu chora-tadbirlar tezlikda jamoa 
faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Mehnat jamoasidagi sog‘lom ruhiy muhitning tarkibiy qismlarini aytib 
o‘tadigan bo‘lsak, ular asosan umumjahon, umuminsoniy ahloqiy qadryatlarga 
mos kelishi va jamoadagi har bir shaxsning ushbu qadryatlarini qadrlashi bilan 
belgilanadi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida har qanday jamoada milliy qadriyatlar, 
davlatning bugungi dolzarb vaziflari, jamoa oldida turgan yaqin va uzoq 
istiqboldagi mo‘ljal va marralar ham alohida qayd etilgan bo‘lishi zarur. Bu 
unsuriy bo‘laklar jamoa a’zolari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotiga 


37 
sodiqlik ruhi, bog‘chaning maqsadlariga ishonch, sadoqat, ongli intizom, 
ahloqiy poklik, mehnat jamoasi faoliyatidan ruhiy, madaniy, moddiy va 
ma’naviy qoniqish va boshqa insoniy burch, ehtiyoj, tarbiyaviy omillar bilan 
mustahkamlanmog‘i lozim. 
Ushbu maqsad va vazifalarning indalosi esa aslini olganda intizomdan 
boshlanadi. Jamoaning axloqiy yеtukligini ko‘rsatuvchi belgilardan biri bo‘lib 
aynan mana shu intizom xizmat qiladi. 
Jamoada ichki burch, har bir a’zoga yuklangan vazifalar qanchalik yaxshi 
ishlab chiqilgan bo‘lsa u shunchalik jamoa a’zolari tomonidan ruhan yеngil 
bajariladi. Ichki tartib qoidaning muhimligi Amir Temir “Tuzuklar” rida 
shunday qayd qilinadi: “Saltanatni boshqarishda uchragan har qanday voqea va 
ishni to‘ra va tuzuk asosida bajardim” (to‘ra va tuzuk bu yеrda – qonun-qoida 
ma’nosida kelayapti). Bu vazifalarning ma’lum paytda buzilishi, to‘liq 
ishlamaganligi vazifaning aniq bajaruvchisiga katta noqulayliklar tug‘diradi va 
bu shaxs o‘zini ruhan javobgarlik hissi bilan qoralaydi. Ma’lum shaxsning 
jamoa oldida o‘zini gunohkor sanashi uning jamoa oldidagi burchni yaxshi 
sezish xissi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Bu hissiyot nafaqat moddiy, 
ayniqsa, ma’naviy ko‘rsatkichlarada o‘z aksini topib u jamoaning jipslashuvi, 
muvaffaqiyatli faoliyati uchun o‘ta zarurdir. Bunda jamoa a’zolarining 
jamoadagi o‘rni, jamoada bo‘lishdan faxr xissi, mehnat faoliyatidagi muloqot 
jarayonlariga tayyorgarlik va undan ma’naviy oziqlanish va aynan jamoa bilan 
birga faoliyat ko‘rsatayotganlikdan qoniqish jamoa a’zosi uchun aloxida 
ahamiyatga ega. 
Bu o‘rinda jamoa rahbari jamoaning axloqiy birligini tashkil qiluvchi 
unsurlarning har biri haqida ma’lumotlarini yig‘ib, ularni zarur yo‘nalishda tahlil 
qilib turar ekan, bu bilan u jamoaning boshqarilish darajasini oshirib boradi. 
Vaholanki, rahbar jamoa, jamoaning har bir a’zosi haqida qancha ko‘p va xo‘b 
bilsa, jamoani boshqarish shuncha yеngil kechadi, kamchiliklarning, ruhiy tang 
holatlarining oldini olish imkoniyati tug‘iladi. Ushbu yo‘nalishda matbuotda fikr 


38 
yuritgan O.Obidovning so‘zi bilan aytganda: “Rahbarlar – zarur qaror qabul 
qiluvchi personal, boshqaruv personali mutaxasissi – boshqaruv qarorlarini va 
tadbirlarini qabul qilish uchun axborotni tayyorlovchi va uning ijrosini tashkil 
qiluvchi xodimlardir” (“Halq so‘zi” gaz. 2004). 
Ma’lumki, har qanday boshqaruv tizimining omilkorligi ushbu jamoada yuz 
beradigan noxush, kutilmagan voqealarning naqadar oldindan oldi olinganligi 
bilan belgilanadi. Jamoada guruhbozlik, fisqu- fasod va boshqa noxush 
yumushlar bilan shug‘illanuvchi kishilarning paydo bo‘lishi jamoa uchun 
qimmatga tushadi. Shuning uchun ham Amir Temir janoblari o‘z “Tuzuklar”ida 
shunday deb yozib qoldirgan: “Qaysi vazir g‘iybat gaplarni aytsa, uydirma 
gaplarga quloq solsa, jabr-zulm qilsa, o‘ziga yoqmagan kishilarni yo‘qotish 
payiga tushsa, uni vazirlikdan tushirish lozim.” 
Odatda, jamoada paydo bo‘lgan noxushliklarini bartaraf qilishdan ularning 
oldini olish ancha oson kechadi. Shunday ekan, jamoada axloqiy 
noxushliklarning, ruhiy muhit buzilishining doimo oldini olib bormoq zarur.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin