ma’naviyatli kelajak avlodni tarbiyalash negizidir. Zamonaviy maktabgacha
ta’lim tashkilotida – bola o‘z rivojlanishi uchun eng ahamiyatli sohalarda va
jihatlarda kattalar va tengdoshlar bilan keng hissiy-amaliy o‘zaro muomala
tajribasini oladigan joydir, bolalar bog‘chasida bola o‘z ehtiyojlari, qobiliyatlari
va imkoniyatlariga muvofiq holda individual rivojlanishiga bo‘lgan huquqini
shu jarayon uchun tashkiliy-pedagogik sharoitlar yaratilgan holda amalga
oshiradi; pedagog o‘zining kasbiy va shaxsiyat fazilatlarini rivojlantiradi, rahbar
bolalar va pedagoglar faoliyatining muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlaydi;
tashkilot ota-onalarning o‘z bolalari uchun ko‘zda tutgan kelajagi yuzasidan
fikrlari xususiyatlarini inobatga oladi va ularni bolalar bilan, hamda ta’limiy
jarayonning barcha ishtirokchilari bilan konstruktiv-hamkorlik munosabatlarini
ro‘yobga chiqarishga yo‘naltiradi.
60
Bugungi kunda ta’lim sohasida turli xususiyatdagi, yo‘nalishdagi va
ahamiyatdagi nihoyatda ko‘p innovatsiyalar mavjud, katta yoki kichik ko‘lamli
davlat islohotlari o‘tkaziladi, ta’limning tashkil etilishiga, mazmuniga,
uslubiyotiga, texnologiyasiga yangiliklar kiritiladi.
Hozirgi vaqtda bolalar bog‘chasiga bolalar bilan ilg‘or innovatsion
texnologiyalar va yangi dasturlar asosida ishlay oladigan pedagog zarur bo‘ladi.
U pedagogik jarayonning ijodkori bo‘lishi, moslashuvchan fikrlashga ega
bo‘lishi, innovatsiyalardan mohirona foydalanishi lozim.
Ishning dolzarbligi shundan iboratki, oxirgi paytda maktabgacha ta’lim
tashkilotida innovatsion texnologiyalarning qo‘llanishi masalasi tobora ko‘proq
ko‘tarilmoqda, chunki ta’lim tashkilotining ishiga innovatsiyalarning joriy
etilishi – maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish va isloh etishning
eng muhim shartidir. Pedagogik innovatsiyalar deganda pedagogik faoliyatga
yangiliklar kiritish, samaradorligini oshirish maqsadida ta’limning mazmuni va
texnologiyasini o‘zgartirishlarni tushunish lozim. Shunday qilib, innovatsiyalar
jarayoni yangilik mazmuni va tashkil etilishining shakllanishidan va
rivojlanishidan iborat.
Yangiliklar tashuvchisi – pedagog –innovatsiyalar jarayoni tuzilishining
elementi sifatida yangilikni idrok etish, o‘zlashtirish va baholash, maqsad
qo‘yish va maqsadga erishish birligi jihatidan tavsiflanadi. Motivatsiya
(istayman), nazariy (qila olaman), texnologik (qilaman) va natija (olaman)
intilishi va tayyorligining jamuljamligi maktabgacha ta’lim pedagoglarinign
innovatsiya uquvliligi tizimini tashkil qiladi.
Maktabgacha ta’lim pedagog xodimining kasbiy uquvliligi tuzilma-
funksional modeli
Izoh: Sh - shaxs, P – predmet (madaniyat), F – faoliyat, O – obyekt
(bola) – kasbiy uquvlilikning shakllanish maydonlari; konsentrik aylanalar (I-
IV) – uning shaklanganligi darajalari; har bir blokdagi sektorlar, vektorlar bilan
pedagogning ma’lum malakalari belgilangan.
61
Shaxs tuzilishida va pedagogning innovatsion faoliyatda quyidagi
muhim elementlarni ajratish mumkin.
- motivlar, fikrlash yo‘nalishi, intilishlar, ular pedagogning yangilikka
nisbatan ochiqligini va uni qabul qilishini tavsiflaydi;
- ijodiy qobiliyat, masalan, kreativlik va individuallik. Faol o‘z-o‘zini
anglash, pedagogik madaniyat, ijodiyot bazasi;
-texnologik tarkibiy qismi, u an’anaviy vaziyatlarni turli-tuman hal etish
yo‘llarini ta’minlaydi;
- pedagogning o‘zi haqida va innovatsion jarayondagi o‘rni haqida
adekvat tasavvurga yordam beruvchi refleksiya.
Pedagogning yangilikka intilishi, innnovatsion salohiyati va xulqi,
yangilikni qabul qilishi kabi fazilatlari ham juda muhim. Yangilik kiritish
fenomeni yangiliklarni joriy qilish, yuqori aqliy salohiyat, tanqidiy munosabat,
muqobil yo‘llarni izlashni o‘ziga maqsad qilib qo‘ygan pedagoglarda uchraydi.
V.A. Slastenin va L.S. Podimova jamoaning innovatsion salohiyatini
yangiliklarni yaratish, qabul qilish va amalga oshirish, shuningdek eski,
pedagogik samarasiz jihatlarni o‘z vaqtida yo‘qotish qobiliyati deb ta’riflagan.
Innovatsion salohiyatning qismi bo‘lgan qabul qilish yangilikni sezish,
unga tayyorlik, muammo bilan tanishish, uni hal etishning mavjud yo‘llarini
tahlil qilish, yo‘lini tanlash, qaror qabul qilish oqibatlarini qabul qilish bilan
belgilanadi.
Innovatsion ta’lim jarayonida pedagogik faoliyatning mazmuni
an’anaviy faoliyatdan ancha farq qiladi.
Birinchidan, faoliyat mazmuni va texnologiyasini ishlab chiqish faoliyati
ancha murakkablashadi, chunki uning texnologik asosi tez rivojlanadi. U
pedagogning maxsus malakalari, ish usullari rivojlantirilishini talab etadi.
Bundan tashqari, zamonaviy axborot texnologiyalari faoliyat sifatiga va
uning mahsuliga qo‘shimcha talablarni qo‘ymoqda.
62
Ikkinchidan, zamonaviy pedagogik jarayonning o‘ziga xosligi shuki,
pedagog markaziy o‘rin tutgan an’anaviy ta’limdan farqli ravishda, bu еrda
asosiy diqqat bolaga – uning faolligi, tanlovi, kreativligiga qaratiladi.
Tarbiyachining muhim funksiyasi bolani o‘z faoliyatida qo‘llab-
quvvatlash, uning olamdagi muvaffaqiyatli ilgarilama harakatiga yordam berish,
yuzaga keluvchi muammolar hal etilishini osonlashtirish, turli-tuman
ma’lumotni o‘zlashtirishga yordam berish hisoblanadi.
K. Rodjers, A.B. Orlov va S.Ya. Romashina jahon ta’limiy
hamjamiyatida shu sababli yangi atama – fasilitator – o‘qishga yordam beruvchi,
osonlashtiruvchi, ko‘maklashuvchi shaxs paydo bo‘lib, ishlatilayotganligini
qayd etganlar.
Uchinchidan, bilish materialini taqdim etish va tajribani berish yo‘llari
pedagog va bolalarning intensiv muloqotini ko‘zda tutadi, pedagogning barcha
bolalar bilan umumlashgan aloqasi ustuvor bo‘lgan, lekin tarbiyachining alohida
bolalar bilan o‘zaro munosabati ancha kam bo‘lgan an’anaviy ta’lim turiga
nisbatan zamonaviy ta’limda ushbu ta’lim sub’ektlari o‘rtasida ancha faolroq va
qiziqarli o‘zaro munosabatlar bo‘lishini talab qiladi.
Pedagog va bolaning ta’lim jarayonida tutgan o‘rnining o‘zgarishi o‘zaro
munosabatlar, eng avvalo pedagoglar o‘zaro munosabatlari – integratsiyasi va
o‘zaro moslashuvi tizimini qayta qurish, shuningdek «pedagog – bola –ota-
onasi» uchburchagida o‘zaro munosabatlarni takomillashtirishni taqozo
etmoqda. Bu, bir tomondan, maktabgacha ta’lim tashkilotida innovatsion
jarayonning
zaruriy
sharti,
boshqa
tomondan
–uning natijasi va
muvaffaqiyatining ko‘rsatkichi bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |