O‘zbekiston pespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Strategiyaning mohiyati taktik vazifalarni belgilashdan iborat



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/59
tarix12.05.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#112064
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59
5 11 2020 бошқарув ўқув қўллама магистир

 Strategiyaning mohiyati taktik vazifalarni belgilashdan iborat. 
Strategik rahbarlik va boshqaruv jihatlari bilan bog‘liq uchta mustaqil 
kategoriyadir. 
Siyosat 
Strategiya 
Taktika 
—Ularning farqi shundan iboratki, strategiya tasdiqlangan va amalga oshirish 
uchun qabul qilingan. 
 TAKTIKA esa strategik vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha kundalik, oylik 
va yillik (joriy) rejalarni va ularning еchimi bo‘yicha tadbirlarni taqozo etadi.
Siyosat — bu strategiya va taktikani yagona samarali amal qiluvchi 
tizimga agregatsiya va integratsiya qilinishidir. 
Ko‘rib turganimizdek, strategiyaning asl mohiyatida xalqimizning orzu-umidlari 
yo‘g‘rilgan g‘oyalardan tashkil topgan milliy mafkuraning ifodasi yotadi.
Davlatning strategik maqsadlarini boshqa davlat va xalqlarning tarixiy 
tajribasidan o‘zlashtirib yoxud nusxa olib bo‘lmaydi. Zero, har bir xalqning 
o‘ziga xos siyosiy-ijtimoiy, demografik, iqtisodiy, madaniy tarixi, tabiiy 


140 
resurslari mavjud bo‘ladi. Aynan shu omillar ma’lum ijtimoiy sharoit va 
imkoniyatlarni vujudga keltiradi. 
Strategiyani amalga oshirish eng mas’uliyatli jarayon. Agar u real 
vaziyatni to‘liq qamrab olgan yaxlit va bir butun reja bo‘lsa, uning 
muvaffaqiyati ta’minlanadi. Mabodo teskari bo‘lsa, unda turg‘unlik yuzaga 
keladi. Bunga sabab, noto‘g‘ri tahliliy ma’lumotlar, xulosalar, kutilmagan 
sharoitlar, resurslardan oqilona foydalana olmaslikdir. Strategiyani baholash va 
nazorat qilish strategik rejalashtirishni mantiqiy yakunlovchi omili bo‘lib 
hisoblanadi. 

hodisalarning 
qayta aloqalanishini ta’minlash 
jarayonida strukturaviy bo‘g‘inlardagi bog‘lanish imkoniyatlarini tahlil qiladi, 
baholaydi, aniqlaydi, xulosalar chiqaradi. Zaruratda strategik rejalarni 
o‘zgartiradi. 
Rahbar o‘z vazifalarini amalga oshirishida turli ilmiy sohalardagi 
ma’lumotlar va xulosalar bilan qurollanmog‘i, bundan tashqari, improvizatsiya 
qilmog‘i, quyilgan vazifalar еchimini topishda individual va kreativ 
yondashuvlarni tashkil etishi lozim. Mazkur tamoyillar oldin qabul qilingan 
qarorni o‘zgartirish ehtimoli yoki o‘zgaruvchan vaziyatdan kelib chiqib, qayta 
ko‘rib chiqish imkoniyatini berishi zarur. 
Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qat’i nazar, 
erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi bo‘lib yashashi 
davlatning bosh maqsadi sifatida strategik yo‘nalishlar belgilanmoqda. Ular 
avvalo, rivojlantirilayotgan ijtimoiy sohalarda o‘z ifodasini topmoqda. 
Yoshlarga munosib ta’lim berish, zamonaviy kasb-hunarlar bilan qurollantirish, 
aholining salomatligini ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini 
yo‘qotganlar, yolg‘iz keksalar, umuman, ko‘makka muhtoj qatlamlarni qo‘llab-
quvvatlash davlatimiz rahbarining 2018 yil 28 dekabr kuni Oliy Majlisga 
yo‘llagan Murojaatnomasida o‘z tasdig‘ini topdi. 


141 
Boshqaruvda adolatli davlat idora tizimlari shakllanmas ekan, qonun 
ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilishning ustuvor 
yo‘nalishlari — ikkinchi uzviy bog‘lanuvchi muhim tamoyil ta’minlanmaydi.
Jamiyatda adolatli boshqaruvning vujudga kelishi, shubhasiz, iqtisodiyotni 
rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini takomillashtirish 
imkoniyatini yaratadi. Ular makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va 
yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlash, tarkibiy o‘zgartirishlarni 
chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning еtakchi tarmoqlarini modernizatsiya va 
diversifikatsiya qilish, uning raqobatbardoshligini oshirish, ayniqsa, qishloq 
xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning yangi innovatsion 
texnologiyalarining tatbiq etilishi imkoniyatlarini yaratadi. samarali foydalanish 
orqali joylarda mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish o‘sish sur’atlari vujudga 
keladi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin