1. Strategik rejalashtirish mohiyati, elementlari v bosqichlari.
Tashkilotlarda (korxona, firmalarda) boshqaruv jarayonining birinchi zanjiri
bo‘lib, rejalashtirish vazifasi turadi. Bu firmaning menejer korpusining ishi
bo‘lib firmaning maqsadlarini aniqlash, ularga erishishning yo‘li va vositasi
bilan boqliqdir.
Rejalashtirish vazifalari quyidagi uchta savolga javob berishi kerak.
1) Hozirgi vaqtda bizning ahvolimiz qanday? - Tashkilotni muhim sohalarda-
moliya, ishlab chiqarish, marketing kabilarda kuchli va zaif tomonlari taxlil
qilinadi. Bu taxlil firmaning real imkoniyatlarini aniqlash uchun kerak bo‘ladi.
2)Biz qaysi yo‘ldan yurmoqchimiz?- qo‘shimcha ravishda boshqa ichki muhit
omillari taxlil qilinadi: iqtisodiy sharoitlar, texnologiya saviyasi, tashkilotdagi
ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar, tashqi muhitning ijobiy yoki salbiy tahsir
ko‘rsatishiga baho beradilar: raqobat sharti,
qonunlar
, siyosiy ahvol va
boshqalar. Natijada rahbariyat qanday maqsadni ko‘zlashni va unga erishishga
nimalar halaqit berishini aniqlaydi.
142
3)Buni biz qanday qilib bajaramiz?- Menejment umumiy va aniq doirada
ishlovchilar quyilgan masalani echish uchun nimalar qilishi kerakligini
aniqlaydi. Rejalashtirish yordamida rahbariyat barcha tashkilot ahzolari
harakatlarini yagona yo‘nalishga, uning umumiy maqsadiga erishishiga safarbar
qiladi.
Rejalashtirish jarayoni bir necha bosqichlardan tashkil topgan:
1.Tashkilotning bosh maqsadi aniqlanadi, yahni firmaning hayot kechirishidan
maqsadi. Bu kabi maqsad tashkilotning xususiyati bilan bog’liq. Masalan: IBM
korporatsiyasining maqsadi - hisoblash apparatini etkazib berishdan iborat,
bankning maqsadi - firmalarni kredit bilan tahminlashdan iborat.
2.Tashkilotning faoliyatini aniqlash. Bu jarayon bir vaqtda menejmentning
barcha saviyalarida o‘zaro muvofiqlashtirilib amalga oshiriladi. Yuqori saviyada
bu masala odatda tovar xizmatining ahamiyatini va sifatini aniqlaydi, quyi
saviyalarda esa bular aniq masalalar, aniq raqamlar bilan ish olib boriladi,
qanday detallar partiyasini, qanday korxonada ishlab chiqarish va h.k.
3.Bajariladigan ishlar rejasini quyidagi masalalar bo‘yicha tuzib chiqish. Bunga
echiladigan masalaning samarali ekanligini aniqlovchi standartlar ishlab chiqish
kiradi.
4.Rejalarning bajarilishi umumiy yo‘nalishini har bir boshqaruv saviyasida
ishlab chiqish.
5.Rejalarni
bajarilishining
aniq
qoida
va
protseduralarini
ishlab
chiqish. Protsedura deganda, quyilgan masalani echishda biridan keyin biri
bajariladigan harakatlar tushuniladi. Q oidalar - mahsus va aniq ko‘rsatmalar, u
yoki bu ishni bajarish yoki bajarmaslik talabini belgilaydi.
Menejmentda strategik rejalashtirish o‘xshash vazifaga ega - firmani tashkil
qiluvchi ahzolarini boshqarish asosini tahmin etishdan iborat. U oliy
rahbariyatning harakat va qarorlari majmuasi bo‘lib, shunday korxona
strategiyasini ishlab chiqishga yo‘naltiriganki, uning hozirgi davrda va asosan
kelajakda samarali rivojlanishiga imkon yaratadi.
143
Hozirgi zamon ishbilarmonlar dunyosida har qanday katta firma, ayniqsa,
korporatsiya joriy rejalar bilan cheklanib qolmasdan, balki menejment strategik
rejalarini, uslubi qimmat va murakkab jarayon bo‘lishiga qaramay, o‘zining
faoliyatiga kiritadi.
Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, bu kabi rejalashtirishlar quyidagi sabablarga ko‘ra
o‘ta muhimdir:
1.U tashkilotning maqsadini aniqlashga va shakllantirishga ko‘mak lashadi.
Bunda korporativ missiya tashkilotning aniq maqsadlarini baholash va ularga
erishish masalalarini quyishi kerak.
2.Strategik rejalashtirish firmani tashqi sharoitiga ko‘nikishini tahminlaydi,
chunki u o‘ziga muhim element sifatida tashqi muhit taxlilini va uning noxush
tahsiriga moslashish usullarini kiritadi.
3.Strategik rejalashtirish firma taraqqiyoti tushunchasi va samarali tarkibli
boshqaruvni bunyod etish bilan yaqin bog‘liq. Bu ikkita tushuncha asosan
strategik rejalashtirishning ko‘rsatmalaridan biri hisoblanadi.
4.Strategik rejalashtirish hisobiga samarali muvofiqlashtirish mumkin va katta
miqdordagi korxonalarning ichki operatsiyalarini yaxlitlash imkoni mavjud,
chunki ular zamonavay va o‘ta yirik korporatsiya tarkibiga kiradi.
5.Firma resurslariningsamarali taqsimlanishi - inson, moliya, xom-ashyo,
texnologiyalarni to‘g‘ri taqsimlashni strategik rejalashtirishsiz amalga oshirish
qiyin. Bu kabi rejalashtirish jarayonida tashkilot ichki faoliyatining sharoitlarini
taxlil qilish uning shunday sohalarini
aniqlashga yordamlashadiki
, kapital
mablag‘larni qaysi yo‘nalishda sarflash maqsadga muvoqligini bildiradi.
Strategik rejalashtirish menedjerlarni tarbiyalashda, ularni strategik fikr
yuritishida yaxshi maktab hisoblanadi. Bu narsa shu mahnoni bildiradiki,
menedjerlarga avvalom bor strategik qarorlar xatolarini o‘rganib, kelajakni aniq
tasavvur qila olish qobiliyati zarur. Xulosa qilib aytsak, oliy menedjer korpusi
va bahzi sharoitlarda o‘rta boshqaruv zvenosi rahbarlari o‘z ishining xaqiqiy
144
ustasi bo‘lishlari zarur. Strategik rejalashtirish natijasi - har tomonlama
asoslangan aniq rejalar majmuasi, tashkilotning missiyasini amalga oshishiga va
maqsadga erishishni tahminlaydigan yo‘nalishda bo‘lmoG‘i kerak.
Strategik reja firmaning oliy rahbariyati tomonidan ishlab chiQiladi. Shu bilan
birga uni amalga oshirishda boshqaruvning barcha pog‘onalari rahbarlari
qatnashadi.
Strategik rejalarning davomiylik muddati bir qator omillarga bog’liqdir:
tashkilot maqsadi va uning texnologiyasi, ichki va tashqi muhitning
o‘zgaruvchanligi va xokazolar. Strategik rejalashtirishning odatdagi o‘rtacha
muddati 5 yil. Ammo bahzi bir firmalar uchun bu muddat 2-3 yil bo‘lishi
mumkin. Shu bilan bir qatorda katta va turgun korporatsiyalar faoliyatini
strategik rejalashtirish 10 yilga va undan ortiq muddatga hisoblangan bo‘lishi
mumkin. Strategik rejalashtirish rahbarlar tomonidan tashkilot imkoniyatlari
yoki tashqi muhit haqida noto‘g’ri axborotlar hisobiga, noto‘g’ri qarorlar qabul
qilishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi. Firmaning bosh
maqsadlarini
shakllantira borish strategik rejalashtirishni umumiy maqsad birligiga va
boshqaruvda samarali tashkiliy tarkiblarni shakllantirishga imkon yaratadi.
Strategik rejalashtirish bir guruh biridan keyin biri yoki bir vaqtda bajariladigan
reja bosqichlaridan iborat. Bu bosqichlarni quyidagi jarayonlar sifatida keltirish
mumkin:
1.Tashkilot burchini (missiyasini) shakllanishi.
2.Portfel strategiyasini shakllanishi (bosh yo‘nalishlarni va umumiy maqsadlarni
tanlash).
3.Tashkilotning ichki va tashqi muhitlarini taxlil qilish.
4.Muqobil o‘sishni tanlash.
Missiya deganda tashkilotning kelajakka yo‘naltirigan eng oliy maqsadi
tushuniladi. Bu ushbu aniq firmani nima uchun tashkil etilganligini bildiradi.
Missiyani amalga oshirish uchun firmaning maqsad va vazifalari ishlab
chiqiladi.
145
Ilg’or firmalarda burch qoidasi asosan aniq faoliyat yo‘nalishiga va
xizmatchilarning ahloq mehyorlariga ega bo‘lishiga imkon yaratadi. Firmaning
asosiy maqsadi qandayligiga qarab rivojlanishning eng yaxshi muqobilligini
tanlash mumkin.
Firma va korporatsiyaning portfel strategiyasini ishlab chiqishda ikkinchi vazifa
bo‘lib, rejalashtirish hisoblanadi. U qimmatbaxo qog‘ozlar, tashkilot xujjatlari,
buyurtmalar portfeli tushunchasi bilan nomlanadi. Portfel strategiyasi bu
firmaning asosiy va umumiy maqsadlarni ishlab chiqishdir. U ikkita
ko‘rsatkichni o‘z ichiga qamrab oladi.
1.Firma taraqqiyotini asosiy yo‘nalishlarini aniqlash.
2.Firma faoliyatini bosh, umumiy maqsadlarini ifodalash va belgilash.
Vazifa tanlashga o‘xshab, portfel strategiyasini tanlash ham firmaning oliy
menedjer korpusining vazifasi hisoblanadi. Shu bilan birga u to‘g’ridan-to‘g’ri
yoki bevosita firmaning boshqaruv faoliyatini o‘rta va quyi saviyalari bilan
yaqin bog‘laydi, chunki portfel strategiyasini shakllantirish faqat tashkilotning
ichki va tashqi omillari haqidagi mahlumotlar olinganda mumkin bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |