6
KIRISH
Hozirda respublikamizning barcha sohalarida bo’lgani kabi ta’lim borasida
ham
katta
islohotlarni
amalga
oshirilmoqda.
Ijtimoiy
tuzilmalarni
insonparvarlashtirishda yangi tamoyillarga asoslanish, bozor iqtisodiyoti
munosabati qonunlari, mafkuraviy va axloqiy tamoyillarning o’zgarishi
ishsizlik, moddiy yеtishmovchilik, bolalarning nazoratsizligi, oilalarning ajralib
ketish muammolarni ham yеchimini topishga qaratilgan
chora va tadbirlarni
ishlab chiqishga asos bo’lmoqda. Bu holatda birinchi navbatda, bolalar, so’ngra
esa kattalar ijtimoiy yordamga muhtojdirlar. Bunday sharoitlarda
jamiyatning ijtimoiy muammolari bilan bog’liq bo’lgan pedagogik masalalarni
hal qiluvchi, uning ijtimoiylashuvi jarayonida shaxsga yordam beruvchi
mutaxassis sifatida ijtimoiy pedagogga talab paydo bo’ldi. Har qanday
mamlakatning
kuchi uning, fuqarolarining ma’naviy yetukligi, intellektual
salohiyatga egaligi bilan belgilanadi. Fuqarolarning ma’naviy еtukligi,
intellektual salohiyati esa ta’lim tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama
shakllanishi uchun xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarning
mavjudligi, jamiyatda qaror topgan ijtimoiy sog‘lom muhit darajasi, ijtimoiy
munosabatlar mazmuni,
shuningdek, aholining etnopsixologik xususiyatlari,
axloqiy qarashlari va hayotiy e’tiqodlari asosida shakllantiriladi. Ta’lim va
tarbiya har qanday jamiyatning ajralmas tarkibiy qismi, madaniyatining
ko‘rsatkichi va taraqqiyotining asosidir. U ijtimoiy tajriba, ma’naviy-axloqiy va
madaniy an’analarning birligini va vorisiyligini hamda jamiyat rivojini
ta’minlaydi. Ushbu dastur maktabgacha ta’lim va tarbiyani boshqarishning
zamonaviy tizimi va uni boshqarishning asosiy tamoyillari,
xususiyatlari
Maktabgacha ta’limtomonidan maktabgacha ta’limni boshqarishning maqsadi,
vazifalari, maktabgacha ta’lim va tarbiyani boshqarishning vazifasi, boshqarish
usullari, shakllari, tamoyillari, qonuniyatlari shuningdek, turli tipdagi
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishning prinsiplari va unga ilmiy-
nazariy yondashuviga еtibor qaratiladi. Maktabgacha ta’lim
sohasi uzluksiz
7
ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va
barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim
ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 2017-2021
yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risidagi qarorida; maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish,
malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga
tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy
ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish,
bolalarni har tomonlama
intelektual, axloqiy, estetik, jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar
yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi
1
. Bu qaror maktabgacha ta’lim
tizimini yanada takomillashuviga xizmat qiladi. Davlat maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati o‘rta maxsus
ma’lumotga ega bo‘lib, bu bolalarni maktab ta’limiga talab darajasida tayyorlash
imkonini bermaydi. Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim sifati monitoringini
yuritish tuzilmaviy va tashkiliy jihatdan nazarda tutilmaganligi sababli,
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim
jarayonining sifati va
samaradorligini baholash zamon talablariga javob bermaydi. Xorijiy davlatlar
ilg‘or tajribasining tahlili zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratishga
yo‘naltirilganligi
bilan
tavsiflanib,
bolaning
ijobiy
ijtimoiylashuvi
imkoniyatlarini namoyon qilish, uning har tomonlama shaxsga oid ma’naviy-
axloqiy va ongli rivojlanishi, maktabgacha yoshga oid tegishli faoliyat turlari
asosida tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirishga, muloqot
doirasida katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan hamkorlik qilish
imkoniyatlarini ochishga qaratilgan.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi __-sonli Qarori.