198
Mashg‘ulotning
maqsadini
belgilash
Mashg‘ulotning
mazmunini
tanlash
Mashg‘ulot o‘tkaziladigan joyni
jixozlash xamda kerakli texnikani
tayyorlash
Mashg‘ulotni boshlash yo‘lini
tanlash
va uning ishlanmasini
yozish
Mashg‘ulotni vaqtlarga bo‘lish
Bo‘lajak
mashg‘ulotning
eng
qiziqarli,
ta’sirli
nuqtalarini
tanlash
O‘tkazilgan
mashg‘ulotning
yakuniy
taxlili
va
keyingi
mashg‘ulotga tayyorgarlik
4
-Keys bayoni. Majlisda tarbiyalanuvchining onasi so‘z olib, tarbiyachiga:
“Mening o‘g‘lim – Shohruh hech qachon MTTda tashkil etiladigan tadbirlarda
qatnashmaydi, she’rlar o‘qimaydi, raqs tushmaydi. Ayting-chi,
nima uchun siz
uni e’tibordan chetda qoldirasiz?” – dedi.
Keys savoli. Sizning harakatlaringiz qanday bo‘ladi?
Manba: “Pedagogika”, “Muloqot etikasi”, “Nutq o‘stirish metodikasi”
“Muloqot psixologiyasi” bo‘yicha manbalar.
Tahlil: tarbiyachi o‘z xatti-harakatlarini asoslay olmasa, ota-onalarning oldida
obro‘si tushadi.
Qolaversa, haqiqatdan ham tardbirlarda imkon qadar barcha
bolalarning ishtirokini ta’minlash uchun muhit yarata olishi kerak.
199
O‘qituvchining еchimi: tarbiyachi bolaning onasidan uzr so‘ragan holda, “Buni
Sizlarga avvaldan ma’lum qilmoqchi edim. Men shartli ravishda guruh
tarbiyalanuvchilarini ma’lum guruhlarga ajratib olganman. Ma’lum
vaqtda
tadbirlarda dastlab 1-guruh, keyin 2-guruh, so‘ngra 3-guruhning a’zolari ishtirok
etishadi. Bizning farzandingiz ...(2 -3)-guruhda keyingi tadbirlarda uning
ishtiroki ta’minlanadi”, - deyishi yuzaga kelgan noqulay holatni bartaraf etadi.
5-Keys bayoni. Maktabgacha ta’lim tashkilotininig mudiri Feruza Mahmudovna
maktabgacha katta yoshidagi bolalar guruhiga tashrif buyurib, tarbiyachiga:
“Mashg‘ulotni yomon o‘tkazmadingiz, biroq, metodik xatolar ko‘p. Sizni kichik
tarbiyachi lavozimiga o‘tkazish kerak”, – deb eshikni qattiq yopib chiqib ketdi.
Keys savoli. Sizning harakatlaringiz qanday bo‘ladi?
Manba: O‘zbekiston Respublikasida “Davlat maktabgacha
Talim tashkiloti
to‘g‘risida”gi Nizom, “Ilk qadam” davlat dasturi, “Maktabgacha ta’lim
pedagogikasi”, “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi”.
Tahlil: tarbiyachining faoliyati birgina mashg‘ulot bilan baholanmaydi.
Qolaversa, mashg‘ulotning sifati bir necha mezonlar asosida,
belgilangan
tartibda chuqur tahlil etilishi lozim.
O‘qituvchining еchimi: MTT rahbari muomala qoidalariga zid ish tutdi.
Mashg‘ulotning tashkil etilishi MTTjamoasi orasida muhokama qilinishi, yo‘l
qo‘yilgan xatolar aniq ko‘rsatilishi lozim. Lavozimni pasaytirish esa
tarbiyachining xatti-harakati asosli bo‘lganidagina amalga oshiriladi.
TESTLAR