76
Ishni bajarish tartibi
1. Qaychi bilan qirqishga oid amaliy ishlarini bajaring.
2. Qaychi bilan qirqishda kuch taqsimotiga e’tibor bering.
Rangli metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi
turlari bo‘yicha ish usullari
O‘zbek xalq amaliy bezak san’atining eng keng tarqalgan
turlaridan biri kandakorlikdir. Kandakorlik deganda metalldan yasal-
gan badiiy buyumlarga o‘yib yoki bo‘rtiq qilib naqsh ishlash
tushuniladi. O‘zbekistonda metalldan yasalgan
badiiy buyumlar ishlab
chiqarish qadimdan rivojlanib kelayotgan san’at bo‘lib, bu san’at
o‘zining qadimiyligi bilan kulolchilikdan keyin ikkinchi o‘rinda
turadi. XI asrdan boshlab kandakorlik mahsulotlarini mis hamda mis
qotishmalaridan tayyorlay boshladilar. Kandakorlik hozirgi kunda ham
xalq hunarmandchiligi turi sifatida rivojlanib kelmoqda.
O‘zbek xalq amaliy san’ati turlari ichida zeb-ziynat san’ati bo‘lmish
zargarlik alohida o‘rin egallaydi.
Zargarlik sohasida qimmatbaho rangli metallardan zirak, boshga –
takdo‘zi, sanchoq, oltin tumor, ko‘krak bezagiga – murg‘ak, zebigardon,
tumorcha, soch bezaklari – sochpopuk,
zulfi tilla, osma bezak, gajak,
butun tirnoq,
yarim tirnoq, qo‘sh duo, burun bezagi – arabak, yuz bezagi –
xol-binni, bo‘yin bezagi – bo‘yintumor, bozband, bel bezagi – kamar,
qo‘l bezagi – bilaguzuk, barmoq bezaklari – uzuk va boshqalar bor.
Turfa soch bezaklari qizlar kiyim-boshida muhim o‘rin tutgan.
Shulardan sochpopuk, yumaloq, tuf va boshqalar kiradi.
Sochpopuk
– ayollar sochlariga taqadigan zargarlik bezagi. Bu bezak
qora ipakdan eshilgan, uchlari popukdan, o‘n besh-yigirmata chiyratma
ip bo‘ladi. Bu iplarga kumushdan quyma g‘uppa, qo‘ng‘iroqcha hamda
naycha shaklidagi yana boshqa taqinchoqlar taqiladi.
Sochpopuk har
xil shakllardan iborat bo‘lib, ular turli nom bilan yuritiladi. Andijonda
sochpopuk, bekakul sochpopuk, Namanganda
esa kakulli sochpopuk,
po‘r sochpopuk yoki baliqog‘iz, panjarali sochpopuk turlari b
or.
77
Qo‘qonda
qubba
sochpopuk yoki katta qubba, Namanganda kartnoma,
kartnoma bo‘rdak, naycha, katta g‘uppa va boshqa turlari bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: