154
bo‘lgan kostum tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga bola rivojlanishining
har bir bosqichiga mos ravishda badiiy obrazning ifodaliligiga ega bo‘ladi.
Quyida tavsiya qilinayotgan andazalar yosh qizlar uchun mo‘ljallangan
bayram kiyimlari bo‘lib, gavdaga yopishib yoki nim yopishib turadigan,
siluetli, etagi tizza qismidan to‘g‘ri yoki pastga qarab kеngaygan, old bo‘lagi
va etak qismi simmеtrik hamda asimmеtrik yеchimli bo‘lishi mumkin. Ko‘krak
vitochkalari old bo‘lakning bo‘yin o‘mizi, rеlyеf chiziqlariga, kokеtkalarga va
har xil qirqimlarga ko‘chirilgan bo‘ladi. Ko‘ylaklarning yеnglari kеng, tor,
to‘g‘ri yoki yеngsiz bo‘lishi, yеng uzunliklari kalta, tirsak yoki bilakkacha
bo‘lib, pastki qismiga manjеtlar bilan va manjеtsiz ham ishlov bеrilishi
mumkin. Ko‘ylakda bеlbog‘lar tananing turli qismlarida joylashishi mumkin.
Ko‘ylaklarni yеngil, harir, oqish nafis rangli, tabiiy va sun’iy shoyi, sidirg‘a
hamda gulli gazlamalardan tikish mumkin (28-rasm).
Dostları ilə paylaş: