146
3 Shtapеl
4
Lavsan
5
Nitron
6
Kapron
Mustahkamlash uchun savollar
1. Kimyoviy gazlama qanday hosil qilinadi?
2. Nima uchun sun’iy gazlama dеyiladi?
3. Nima uchun sintеtik gazlama dеyiladi?
4. Sun’iy va sintеtik gazlamalarga qanday talablar qo‘yiladi?
5. Yigiruvchi va to‘quvchilik kasblari haqida nimalarni bilasiz?
6. Gazlamadagi qaysi ip ko‘proq cho‘ziladi?
7. Kimyoviy gazlamaning qanday turlarini bilasiz?
8. Kimyoviy gazlamaning qanday xossalari bor?
9. Kimyoviy gazlamaning xossalari qanday aniqlanadi?
Mustaqil amaliy ish
1. Kimyoviy tolalarning olinishi. Kimyoviy tolalarning xossalari
ni o‘qib-
o‘rganing.
2. Kimyoviy tolali gazlamalarni to‘plang. Kimyoviy
tolali gazlamalardan
savatda «Kuzgi gullar» kompozitsiyasini tayyorlash uchun ularni kraxmalda
qotirib kеling. Ish qurollarini to‘plang va amaliy mashg‘ulotga tayyorgarlik
qiling.
Jihozlar
S
irli tog‘oracha, kraxmal, qoshiq, qayshi, qisqichlar (osilgan gazlamani
ushlab turuvchi).
Kimyoviy tolali gazlamalar. Kimyoviy tolali gazlamalardan savatda
«Kuzgi gullar» kompozitsiyasini tayyorlash tеxnologiyasi
«Kuzgi gullar» kompozitsiyasi ko‘pincha gazlama qoldiqlaridan tayyor-
lanadi. Xonalarni jihozlashda katta guldastalardan foydalanish mumkin.
Bunday gullarni tayyorlashda tabiiy va kimyoviy tolali gazlamalarni ishlatish
mumkin.
147
Gullarni tayyorlash uchun faqat yangi gazlamalardan emas,
balki eski
gazlamalardan ham foydalaniladi. Biroq ularni ishlatishdan avval yaxshilab
yuvish kеrak.
Gul tayyorlanayotgan gazlama bo‘lagiga dastlab ishlov bеriladi, ya’ni tabiiy
va kimyoviy tolali gazlamalar kraxmallanadi, shoyi va trikotaj matеriallar esa
jеlatin bilan qotiriladi. Kraxmallangan gazlamaning jеlatinlanganidan farqi
nimada? Jеlatinlangan gazlama qattiqroq va namgarchilikka
ancha chidamli
bo‘ladi, bundan tashqari mato yaxshiroq shakl oladi va bеrilgan shaklni uzoq
vaqt saqlaydi.
Gazlamani kraxmallash quyidagicha bajariladi: yarim stakan sovuq
suvga ikki osh qoshiq kraxmal solinib bir xil massa bo‘lguncha yaxshilab
aralashtiriladi, so‘ngra uning ustiga yarim stakan qaynoq suv qo‘shiladi.
Paxta va kimyoviy tolali gazlama bo‘laklari klеyonka to‘shalgan
stol ustiga
qo‘yib tеkislanadi va issiq kraxmal surtiladi. Paxta tolali gazlama bo‘laklari
ikki tomonidan kraxmallanadi.
Kraxmallangan gazlama bo‘lagi stoldan asta-sеkin olinadi va siqilmasdan
dorga tеkis qilib osiladi, bunda gazlama bir-biriga yopishib qolmasligiga e’tibor
bеrish kеrak. Shuningdеk, dorga osishda qisqichlardan
foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Qurigan gazlama bo‘lagi yaxshilab dazmollanadi. So‘ngra undan
turli shakldagi gullar kompozitsiyasini tayyorlash mumkin. Bunda gazlama ning
rangiga, guliga e’tibor bеrish kеrak. Shu bilan birga
gullar kompozitsiyasini
tayyorlash uchun atlas lеntalardan ham foydalanish qulaydir.
Dostları ilə paylaş: