Savatda ta anor, ta nok va ta olma bor. Savatdan bitta meva tanlashni necha usulda amalga oshirish mumkin?



Yüklə 13,2 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü13,2 Kb.
#175194
kombinotorika 20 talik




  1. Savatda 4 ta anor, 5 ta nok va 6 ta olma bor. Savatdan bitta meva tanlashni necha usulda amalga oshirish mumkin?

A) 15 B) 120 C) 74 D) 10

  1. Savatda 4 ta anor, 5 ta nok va 6 ta olma bor. Savatdan ikkita turli nomdagi mevani tanlashni necha usulda amalga oshirish mumkin?

A) 15 B) 120 C) 74 D) 10

  1. Savatda 4 ta anor, 5 ta nok va 6 ta olma bor. Savatdan bittadan anor, nok va olmani tanlashni necha usulda amalga oshirish mumkin?

  2. Anvar (uyidan maktabga, maktabdan savdo markaziga borishi uchun) yoʻlni necha xil usulda tanlashi mumkin?


A) 3 B) 5 C) 2 D) 6

  1. Jamshid (uyidan shaharga, shahardan zavodga borishi uchun) yoʻlni necha xil usulda tanlashi mumkin?


A) 9 B) 6 C) 3 D) 2

  1. Bir mamlakatda 4 ta shahar bor ekan: A, B, C va D. A shahardan B ga 5 ta yoʻl, B shahardan C ga 4 ta yoʻl olib borarkan. A dan D ga 6 ta yoʻl, D dan C ga 3 ta yoʻl bilan borish mumkin ekan. A shahardan C shaharga necha xil yoʻl bilan borish mumkin?

A) 38 B) 30 C) 18 D) 20

  1. C nuqtadan D nuqtaga necha xil usulda borish mumkin?


A) 16 B) 18 C) 24 D) 28

  1. Doskada 10 ta ot, 6 ta feʻl va 9 ta sifat yozilgan. Gap tuzish uchun har bir soʻz turkumidan bittadan olish kerak. Buni necha xil usul bilan amalga oshirish mumkin?

A) 325 B) 270 C) 540 D) 600

  1. „Rayhon“ kafesining taomnomasida 3 xil somsa, 4 xil 1-taom, 5 xil 2- taom bor ekan. 3 turdagi taomga buyurtmani nechta usulda berish mumkin?

A) 60 B) 30 C) 50 D) 20

  1. “MEGA PLANET ”gipermarketining „Hammasi uy uchun“ boʻlimida 15 xil piyola, 8 xil vaza, 10 xil choy qoshiq bor. Nazira xola turli nomdagi ikkita buyum sotib olmoqchi. U buni necha xil usulda amalga oshirishi mumkin?

A) 1200 B) 33 C) 350 D) 500

  1. Maktab kutubxonasida 4 xil matematika, 2 xil fizika va 3 xil tarix faniga doir kitoblar bor. Doston turli fanga oid ikkita kitobni uyda oʻqish uchun olmoqchi. U buni necha usulda amalga oshirishi mumkin?

A) 9 B) 26 C) 24 D) 30

  1. Maktab oshxonasida oq non, qora non va uch xil kolbasa bor. Ulardan necha xil buterbrod tayyorlash mumkin?

A) 4 B) 5 C) 6 D) 8

  1. Tepalikdagi buloqqa 7 ta yoʻl olib boradi. Sayyoh necha xil usulda buloqqa borib kelishi mumkin?

A) 49 B) 36 C) 14 D) 28

  1. Tepalikdagi buloqqa 6 ta yoʻl olib boradi. Sayyoh borgan yoʻlidan qaytmaslik sharti bilan jami necha usulda buloqqa borib kelishi mumkin?

A) 36 B) 30 C) 22 D) 11

  1. Bir oʻquvchida qiziqarli matematikaga oid 7 ta kitob, ikkinchi oʻquvchida esa 9 ta badiiy kitob bor. Ular necha xil usul bilan birining bitta kitobini ikkinchisining bitta kitobiga ayirboshlashi mumkin?

A) 63 B) 49 C) 81 D) 126

  1. 40 xil bolt va 13 xil gaykadan bittadan olinib, necha xil juftlik tuzish mumkin?

A) 520 B) 420 C) 53 D) 27

  1. 5 ta oq, 2 ta qizil va 4 ta sariq atirgul bor. Uchta har xil guldan iborat guldastani necha usulda tuzish mumkin?

A) 24 B) 11 C) 18 D) 40

  1. Kitob javonida matematikadan 8 ta, chet tilidan 6 ta va fizikadan 10 ta kitob turibdi. Javondan bitta kitobni necha usulda tanlash mumkin?

A) 18 B) 24 C) 480 D) 100

  1. Doʻkonda 8 xil pidjak, 5 xil shim va 4 xil galstuk sotilmoqda. Pidjak, shim va galstukdan iborat uchlikni (toʻplamni) necha usul bilan sotib olsa boʻladi?

A) 160 B) 17 C) 28 D) 44

  1. Shaxmat taxtasida oq va qora ruxni bir-birini ololmaydigan („ura olmaydigan“) qilib necha xil usulda joylashtirish mumkin?


A) 4096 B) 3136 C) 2048 D) 2401
Yüklə 13,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin