8
Yog‘ochning namligi laboratoriya sharoitida, asosan, ikki usulda
uning nam va quritilgan holdagi oralig‘ini o‘lchash yoki namlikni
o‘lchaydigan asbob elektr nam o‘lchagich yordamida aniqlanadi.
Yog‘och namligini tortish yo‘li bilan aniqlash uchun taxta yoki
gullarning uchidan 0,5
sm
qismi kesib tashlanadi, qolgan qismidan
10–15
mm
qalinlikda butoqsiz va biron nuqsonsiz namuna arralab
olinadi. Uni tozalab, texnik tarozida 20
mg
aniqlik bilan tortiladi. So‘ng
quritish pechida
+100+105
0
C haroratda quritiladi. Namuna birinchi
marta olti soatdan so‘ng tortiladi, undan keyingi o‘lchashlar har 2 soat-
da takrorlanadi. Quritish namunaning og‘irligi o‘zgarmay qolguncha
davom etadi. Yog‘ochning namligi undagi suv miqdorining mutlaqo
quruq yog‘och oralig‘iga yoki zichligiga nisbatan aniqlanib, foizlarda
ifodalanadigan kattalikdir.
Yog‘och namligini aniqlashning ikkinchi usulida yog‘och namligi
nam o‘lchagich yordamida qisqa vaqt ichida aniqlanadi.
Asbobning ishlash prinsipi yog‘ochning elektr o‘tkazuvchanligiga
asoslanadi. Yog‘ochning namligi qancha yuqori bo‘lsa, u elektr
tokini shuncha yaxshi o‘tkazadi. Mutlaq quruq yog‘och elektr tokini
o‘tkazmaydi.
Yog‘och quritilganda avval undagi erkin suv, so‘ng gigroskopik suv
bug‘lanadi. Yog‘ochlar tabiiy va sun’iy usullarda, masalan, ochiq havoda,
ildizda, yopiq xonalarda, maxsus jihozlangan kameralarda qizdirilgan
havo bilan quritiladi. Ochiq havoda quritish usulida quritilishi lozim
bo‘lgan yog‘och materialni ochiq havoda to‘g‘ri saqlashdan iborat
bo‘lib, bunda yog‘och havo ta’sirida sekin-asta quriydi.
Yog‘ochni tabiiy va sun’iy usulda quritish quyidagi ketma-ketlikka
asoslangan: Quritilayotgan yog‘och atrofidan, oralaridan esgan shamol
yog‘och tarkibidagi namlikni olib ketadi. Havo oqimi qancha kuchli
bo‘lsa, yog‘och shuncha tez quriydi.
Yog‘ochlarni quritishda
Dostları ilə paylaş: