TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YO‘NALISHI
1-BOB. YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI
1.1. UMUMIY TUSHUNCHALAR
Yog‘ochning kimyoviy va texnologik xossalari
Yog‘ochning kimyoviy xossalari.
Yog‘och, asosan, organik mod-
dalardan tashkil topgan bo‘lib, turli yog‘och navlarining kimyoviy
tarkibi deyarli bir xil bo‘ladi. Quruq yog‘ochning o‘rtacha 49 foizi –
uglerod, 44 foizi – kislorod, 6 foizi – vodorod, 0,1– 0,3 foizi azotdan
iborat. Yog‘och yondirilganda undan asosan kul qoladi. Kulning
tarkibiga kalsiy, kaliy, natriy, magniy va boshqa kimyoviy elementlar
kiradi. Ushbu elementlar selluloza, lignin kabi kimyoviy birikmalarni
hosil qiladi.
Bundan tashqari, yog‘och tarkibida ozroq miqdorda smola, pektin,
yog‘lar va boshqa moddalar bo‘lishi mumkin.
Yog‘ochning texnologik xossalari.
Yog‘ochga qurilish mate rial
sifatida qaraladi. Uning eng asosiy xususiyatlari metall mixlarni tutib
turish, yeyilish, egilish va yorilishga chidamlilik darajasi hisoblanadi.
Misol tariqasida yog‘ochning metall mix va birikmalarni tutib turish
xususiyatini ko‘rib chiqamiz. Yog‘ochning boyiga nisbatan ko‘ndalang
qoqilgan mixni chiqarib olish uchun uzunasi bo‘ylab qoqilgan mixni
tortib olishdan ko‘ra 1,5 baravar ko‘proq kuch sarflanadi. Burama mixni
yog‘ochdan chiqarib olish uchun esa oddiy mixni tortib olishdan ko‘ra
anchagina ko‘proq kuch talab qilinadi. Chunki bunda ishqalanishni
yengish va burama mix rezbasi joylashgan yog‘och tolalarini uzishda
ancha kuch sarflashga to‘g‘ri keladi. Biroq bolg‘a bilan qoqib qo‘yilgan
burama mix birikmani oddiy mixdan ko‘ra kamroq ushlaydi. Shu sababli,
5
biriktirishda burama mixni to‘g‘ri ishlatish, ya’ni uni albatta yog‘ochga
burab kiritish lozim. Yog‘ochning zichligi qanchalik yuqori bo‘lsa,
uning metall mixlarni tutib qolish sifati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Yog‘ochning tashqi kuchlar ta’siriga qarshilik ko‘rsata olishi yoki
buzilmaslik qobiliyati, uning mexanik xossasi deyiladi. Yog‘ochlarning
puxtaligi, qattiqligi, egiluvchanligi, qovushqoqligi, mo‘rtligi, yoriluv-
chanligi va mixlanuvchanligi ularning mexanikaviy xossalarini tashkil
etadi.
Yog‘ochning tashqi kuchlar ta’sirida buzilmasdan va mumkin qadar
shaklini o‘zgartirmasdan qarshilik ko‘rsata olish qobiliyati yog‘ochning
puxtaligi deb ataladi. Yog‘ochlarning pishiqligi, egiluvchanligi
tekshiriladi. Yog‘ochning o‘zidan qattiq jism botishiga qarshilik ko‘rsata
olishi
qattiqlik
deb ataladi. Qattiqlik yog‘ochning turiga, zichligiga va
namligiga bog‘liq bo‘ladi. Yog‘ochning qattiqligini arralash, randalash,
o‘yish-teshish, mixlash jarayonlarida aniqlash mumkin.
Yog‘ochlar qattiqlik darajasiga qarab uch guruhga bo‘linadi:
1-guruh: yumshoq yog‘ochlar – qarag‘ay, oq qarag‘ay, archa, terak,
tog‘terak, arg‘uvon va h.k.
2-guruh: qattiq yog‘ochlar – qayin, qora qayin, tilog‘och, eman,
zarang,
g‘ujum
va h.k.
3-guruh: juda qattiq yog‘ochlar – nok, qayrag‘och, yong‘oq, akatsiya,
shamshod, pista va h.k.
Yog‘ochning tashqi kuch ta’sirida o‘zgargan shaklini qayta tiklash
qobiliyatiga yog‘ochning
elastikligi
deyiladi. Yog‘ochning elastikligi
ular ning namligiga, hajmiy og‘irligiga, o‘zak xalqalarining o‘lchami
va soniga, daraxtning yoshiga bog‘liq. Yog‘och qancha quruq bo‘lsa, u
shuncha elastik bo‘ladi. Elastik yog‘ochlar zarbni yutadi va yumshatadi.
Yog‘ochning bu xususiyatidan foydalanib, undan mashina bolg‘alarining
sandoni, tagiga qo‘yiladigan taglik-qistirmalar, nog‘oralarning zarb
berish cho‘pi, bolg‘a, iskana, egov, belkurak, ketmon, tesha dastalari
tayyorlanadi.
|