5
biriktirishda burama mixni to‘g‘ri ishlatish, ya’ni uni albatta yog‘ochga
burab kiritish lozim. Yog‘ochning zichligi qanchalik yuqori bo‘lsa,
uning metall mixlarni tutib qolish sifati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Yog‘ochning tashqi kuchlar ta’siriga qarshilik ko‘rsata
olishi yoki
buzilmaslik qobiliyati, uning mexanik xossasi deyiladi. Yog‘ochlarning
puxtaligi, qattiqligi, egiluvchanligi,
qovushqoqligi, mo‘rtligi, yoriluv-
chanligi va mixlanuvchanligi ularning mexanikaviy xossalarini tashkil
etadi.
Yog‘ochning tashqi kuchlar ta’sirida buzilmasdan va mumkin qadar
shaklini o‘zgartirmasdan qarshilik ko‘rsata olish qobiliyati yog‘ochning
puxtaligi deb ataladi. Yog‘ochlarning pishiqligi,
egiluvchanligi
tekshiriladi. Yog‘ochning o‘zidan qattiq jism botishiga qarshilik ko‘rsata
olishi
qattiqlik
deb ataladi. Qattiqlik yog‘ochning turiga, zichligiga va
namligiga bog‘liq bo‘ladi. Yog‘ochning qattiqligini arralash, randalash,
o‘yish-teshish, mixlash jarayonlarida aniqlash mumkin.
Yog‘ochlar qattiqlik darajasiga qarab uch guruhga bo‘linadi:
1-guruh: yumshoq yog‘ochlar – qarag‘ay, oq qarag‘ay, archa, terak,
tog‘terak, arg‘uvon va h.k.
2-guruh: qattiq yog‘ochlar – qayin,
qora qayin, tilog‘och, eman,
zarang,
g‘ujum
va h.k.
3-guruh: juda qattiq yog‘ochlar – nok, qayrag‘och, yong‘oq, akatsiya,
shamshod, pista va h.k.
Yog‘ochning tashqi kuch ta’sirida o‘zgargan shaklini qayta tiklash
qobiliyatiga yog‘ochning
elastikligi
deyiladi. Yog‘ochning elastikligi
ular ning namligiga, hajmiy og‘irligiga, o‘zak xalqalarining o‘lchami
va soniga, daraxtning yoshiga bog‘liq. Yog‘och qancha quruq bo‘lsa, u
shuncha elastik bo‘ladi. Elastik yog‘ochlar zarbni yutadi va yumshatadi.
Yog‘ochning bu xususiyatidan foydalanib, undan mashina bolg‘alarining
sandoni, tagiga qo‘yiladigan taglik-qistirmalar, nog‘oralarning zarb
berish cho‘pi, bolg‘a, iskana, egov, belkurak, ketmon,
tesha dastalari
tayyorlanadi.