17
Yo‘nuvchi iskanalar yordamida taxtalarning chetlariga faska
chiqariladi,
tirnoqlar rostlanadi, teshik, uyalar yo‘nib kengaytiriladi.
Shuningdek, yumshoq va yupqa taxtalar o‘yib teshiladi. Qalin va
qattiq yog‘ochlarni o‘yish-teshish ishlari o‘yuvchi iskanalar yordamida
bajariladi.
Yo‘nuvchi iskanalar yupqa, o‘yuvchi iskanalar qalin bo‘ladi. Bun dan
qat’i nazar, ularning eni har xil o‘lchamda tayyorlanadi (6-rasm). Yo‘nuvchi
iskanalarning eni 4
mm
dan 40
mm
gacha, o‘yuvchi
iskanalarning eni
6
mm
dan 20
mm
gacha bo‘ladi.
O‘yish-teshish ishlarida quloq, uya va teshiklarning
kengligiga qarab
unga mos iskanalar tanlanadi. Teshik enidan katta iskana ishlatishga
ruxsat etilmaydi. Kichik o‘lchamdagi iskanalar bilan esa katta teshik va
uyalarni ochish ham mumkin.
Yog‘och taxtalarni yo‘nish, o‘yish-teshishda nov shaklidagi iskanalar
ishlatiladi. Ular yordamida silindrik teshik va uyalar o‘yish,
sirtlarda
nov ochish ishlari bajariladi.
Iskanalar bir tomonlama charxlanadi. Yo‘nuvchi iskanalarning
o‘tkirlik (charxlash) burchagi 18–25°, o‘yuvchi iskanalarning o‘tkirlik
burchagi 25–35° atrofida bo‘ladi.
6-rasm.
Nov iskana turlari.
Iskanalarning
dastalari zarang, qora qayin, qayrag‘och, yong‘oq
kabi pishiq yog‘ochlardan
tayyorlanib, dastani iskanaga biriktirilgan
joyiga metall halqa kiydiriladi. Halqalar iskanaga bolg‘a
bilan urilganda
dastani yorilishdan saqlaydi. Iskanalar yog‘och to‘qmoq bilan uriladi.
Iskana dastalari plastmassadan ham tayyorlanadi.