9
Yog‘och materiallarini tabiiy holda
quritish va saqlash davlat
standartlariga muvofiq bajariladi. Tabiiy quritilgan yog‘ochlar to‘g‘ri
holda saqlanadi. Bunda:
Yog‘och saqlanadigan joy maydonining atrofi va usti nishab bo‘lib,
yog‘ingarchilik suvlari to‘planmasligi kerak.
Yog‘och materiallari tagida va atrofida payraha, arra qipig‘i, chirigan
tarasha yoki daraxt po‘stlog‘i va boshqa chiqindilar bo‘lmasligi kerak.
Yog‘och saqlanadigan ombor yoki imoratlar asosiy binolardan
kamida 50
m
uzoqlikda bo‘lib, panjara yoki sim to‘siq bilan o‘ralgan
bo‘lishi lozim.
Yog‘och materiallar maxsus poydevorga o‘rnatilgan taglikka
taxlanishi zarur. Ularning shu tarzda taxlangan turi yog‘och g‘arami
deb ataladi.
Yog‘och taxlamlari
ostiga qo‘yiladigan yog‘och
taglik chirishga
qarshi moddalar bilan ishlanishi kerak.
Tagliklar yog‘och g‘aramlarning turi, o‘lchamlariga qarab tayyor-
lanib, balandligi 50
sm
dan kam bo‘lmasligi kerak.
Bargli daraxtlardan tayyorlangan taxta materiallar uzunligi 1,5–
2
m
, balandligi 8–11
m
qilib taxlanadi. Taxtalar orasiga
sifati past
yog‘ochlardan qistirma qo‘yib ketiladi. Taxtalar orasiga qo‘yiladigan
pona yog‘och g‘arami osti to‘sinining ustiga bir yo‘nalishda tik
joylashtirilib boriladi.
Bargli daraxt yog‘ochlaridan tayyorlangan taxtalar 5–10
sm
oraliqda
taxlanadi. Yog‘och taxlamining balandligi, tagligining kengligiga qarab,
6
m
dan oshmasligi kerak.
Taxtalarni yog‘ingarchilik va quyosh ta’siridan saqlash maqsadida
yog‘och taxlamlarning usti sifati past
taxtalar bilan nishab qilib
yopiladi. Shuningdek, taxtalarni taxlashda yuqori qavatdagi taxtalar
pastki qavatdagilarga soya beradigan qilib taxlanadi. Tabiiy
quritish
materiallarining
qalin-yupqaligiga, yog‘och turiga, namligiga, haro-
ratiga, yil fasllariga qarab 7 kundan 70
kungacha, ba’zan yil bo‘yi
davom etadi (1-rasm).
10
Yog‘ochlarni tabiiy holda quritish eng oddiy,
oson va arzon usul
hisoblanadi. O‘quv ustaxonasida ishlatiladigan yog‘och materiallari ham
ko‘pincha tabiiy usulda quritiladi. Buning uchun quritiladigan yog‘och
materiallar maktab sharoitiga qarab bostirmalarda, ombor, chordoqlarda
maxsus tagliklar ustiga taxlab saqlanadi (2-rasm). Qish faslida yog‘och
materiallar tezroq qurishi uchun ulardan keragicha qirqib olinib, o‘quv
ustaxonalarida saqlanadi, ba’zan isitish tarmog‘idagi batareyalar ustiga
yoki pechkalar yoniga terib qo‘yiladi. Yog‘ochlarni sun’iy quritish
kameralarda olib boriladi. Bu usulda quritiladigan material kameraga
terib taxlanadi va issiq havo yuboriladi. Kamerada quritish tabiiy
quritishga qaraganda qator afzalliklarga ega.
Kamerada yog‘och juda qisqa vaqt ichida quriydi va katta maydonni
talab etmaydi. Kamerada yog‘ochni xohlagan
namlik darajasigacha
quritish mumkin. Kamerada haroratning yuqori bo‘lishi tufayli chirituvchi
zamburug‘lar rivojlanmaydi.
Yog‘ochlar kamerada quritilganda yorilish va tob tashlashning oldi
olinadi. Haroratning yuqori bo‘lishi natijasida ignabargli yog‘ochning
smolasi qotib qoladi, u keyinchalik buyum sirtiga chiqmaydi.
Dostları ilə paylaş: