19
7-rasm.
Duradgorlik dastgohi: 1 – asos; 2 – qisqich; 3 – ish stoli;
4 – yordamchi uyalar; 5 – ishlov berish joyi; 6 – yordamchi tirgaklar; 7 – iskanja.
Dastgohda ishlov berilayotgan materialni to‘g‘ri o‘rnatish va
mahkamlash qoidalariga rioya qilmagan holda bajariladigan ishlar
sifatli
bo‘lmaydi hamda ishlovchi va uning atrofidagi odamlar uchun xavfli
sanaladi. Shu bilan birga ishlatilayotgan asboblarga
ham ortiqcha zarar
yetadi.
Dastgohdan foydalanishda uning iskanjalarini juda qattiq siqish kerak
emas.
Dastgoh stolini kesish, chopish, arralash, bolg‘a
bilan ortiqcha
zarba berish va boshqa zararli ta’sirlardan saqlash lozim. Dastgoh stoli
ustida asboblarni ulardan foydalanishga qulay holatda joylashtirish
lozim.
Dostları ilə paylaş: