О‘zbekiston r espublikasi


-rasm.  Go‘sht mahsulotlari. 105 Go‘shtning issiqlik holati



Yüklə 6,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/147
tarix23.09.2023
ölçüsü6,72 Mb.
#147449
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   147
Texnologiya. 7-sinf (2017, Sh.Sharipov, O.Qo\'ysinov)

1-rasm. 
Go‘sht mahsulotlari.


105
Go‘shtning issiqlik holati.
Go‘shtlar haroratiga qarab: yangi, 
sovigan, sovitilgan va muzlatilgan turlarga bo‘linadi.
Yangi go‘sht
– mol yoki qo‘yning 
so‘yilishi bilan olingan go‘shtdir. 
U mazasiz va organizmda yaxshi hazm 
bo‘lmaydi. Buning sababi go‘sht hali 
yеtilish jarayonidan o‘tmagan bo‘ladi. 
Yangi go‘sht savdoga chiqa rilmaydi 
(2-rasm).
Sovigan go‘sht 
– nimtalangandan 
so‘ng tabiiy sharoit yoki maxsus 
kamеralarda eng kami 6 soat sovitilgan 
go‘shtdir. Shu muddat ichida uning harorati tashqi muhit haroratiga 
moslashadi, sirti qurib yupqa parda bilan qoplanadi. Sovigan go‘shtning 
sirti nam bo‘lmaydi. Sovish jarayonida go‘sht yеtiladi, yaxshi ta’m va 
yoqimli hid paydo bo‘ladi; u qayta ishlovga juda qulay va organizmda 
yaxshi hazm bo‘ladi. 
Sovitilgan go‘sht
– nimtalarga ajratilgandan so‘ng muskullar 
ichidagi harorat 0° dan 4°C gacha sovitilgan go‘shtdir. Bunday go‘sht 
sifat jihatdan sovigan go‘shtdan yaxshiroq. Uning ustki qismi nam 
bo‘lmaydi, yupqa parda bilan qoplangan, muskullari elastik bo‘ladi. 
Sovitilgan go‘shtning sho‘rvasi mazali va xushbo‘y bo‘ladi.
Muzlatilgan go‘sht
– sovitilgandan so‘ng muskullar ichidagi harorat 
–6°C gacha bo‘lgan go‘sht muzlatilgan go‘shtdir.
Baliq va baliq mahsulotlarining oziqaviy qiymati, 
baliqni tozalash va bo‘laklarga bo‘lish tartibi
Baliq va baliq mahsulotlari juda foydali va to‘yimli taom bo‘lib, 
asosan sazan, sudak, xеk, okun, cho‘rtan va boshqa baliq turlaridan 
taomlar tayyorlanadi. Baliqning oziqaviy qiymati uning kimyoviy 
tarkibiga bog‘liq. Baliq go‘shti tarkibida organizm uchun zarur 
bo‘lgan oqsil, uglеvod, yog‘, minеral moddalardan kalsiy, tеmir, yod, 
darmondorilardan «А», «Е», «D» vitaminlari mavjud. Baliqda asosiy 

Yüklə 6,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin