Masalaniqo`yilishi: Predmet soha ma`lumotlar bazasi shakllantirilgandan so`ng undan unumli foydalanishni tashkil etish maqsadida GROUP BY va ORDER BY standart so`zlaridan foydalanib so`rovlar yaratish. Ma`lumotlar bazasidan kerakli ma`lumotlarni yuqoridagi standart so`zlar orqali ajratib olishni tashkil etish.
Uslubiyko`rsatmalar: Ma`lumotlar bazasi ustida so`rovlar tashkil etishda guruhli funktsiyalar bilan xam ishlash mumkin. Guruhli funksiyalar jadvaldan yigilgan axborotlarni olish uchun xizmat qiladi. Bu funksiyalari jadvaldagi satrlar guruxi bilan amal bajarib, 1 ta natija chiqaradi. Guruxli funksiyalar uchun quyidagi amallarni ishlatamiz.
Select komandasida group by parametr ham ishlaydi. Bu paramet bir maydon o`xshash parametrlari (aniqlanayotgan qiymati) boyicha guruhlaydi va agregat funksiyalar ishlatilsa, ular shu guruhga bo`ladi.
Misol:
Select student_ID Max (mark) from exam_marks Group by student_ID Guruhlashni bir nechta maydon bo`yicha ham bajarish mumkin.
Select student_ID, subject_ID Max (mark) From exam-marks group by Student_ID, subject_ID
Ba’zi hollarda jadvalidagi ma’lumotlarni tartiblash talab etiladi. Buning uchun ORDER BY parametri ishlatiladi. Bu parametri ko`rsatilgan maydonning barcha yozuvlarni o`sib borishi tartibida tartiblab beradi. Order by desc yozilsa kamayish tartibida yoziladi. Order by (ASC) bo`lsa o`sish tartibida yoziladi.
Agar o‘quvchilar ro‘yxatini alifbo tartibida yoki mahsulotlarlar narxini kamayish tartibida chiqarish zarur bo‘lsachi? Buning uchun SELECT operatori tarkibida ORDER BY ifodasi ko‘zda tutilgan. ORDER BY ifodasida ustunlar nomlari va nomerlari hamda DESC, ASC predikatlarini qo‘llab, murakkab tartiblash shartlarini hosil qilish mumkin.
Misol:
1. Select* from Subject Order by Subj_name
2. Select*from Subject Order by Subj-name desc
Tartiblash bir nechta maydon uchun bajarilishi xam mumkin. Bunda avval tartiblash 1-maydon bo`yicha keyin 2-maydon bo`yicha bajariladi.
SHuningdek order byparametri group by parametri bilan birga ishlatilishi mumkin. Bunda order by so`rovda oxiri keladi va unda guruxni ichidagi yozuvlarni tartiblaydi.
Misol:
1. Select * from SUBJECT Order by Semester, Subj-name;
2. Select subj-name, Semester, subj-name Order by semester
SQL tili 1 ta so`rov ichiga 2-so`rovni joylashtirib ishlatish imkonini beradi.
Misol: birorta talabani familiyasi bo`yicha uning ID sini topish talab etilsa, va bu talabani barcha baxolari xaqidagi ma’lumotni ko`rmoqchi bo`lsak quyidagi so`rovni yozish mumkin.