O\'ZBEKISTON REPUBLIKASIDA YUZAGA KELISHI MUMKIN BO\'LGAN FAVQULODDA VAZIYATLAR VA ULARNI OLDINI OLISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR
Ma’lumot uchun. Mamlakatimizda neft gaz va kimyo sohasining mavjud ishlab chiqarish quvvatlarida muqobil sovutgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha imkoniyatlar va ishlanmalar mavjud . Xususan O‘zbekiston Respublikasi propan, butan va uglevodorod sovutgichlari bo‘lgan bir qator boshqa tsiklik uglevodorodar kabi tabiiy gaz zaxiralariga ega. Bundan tashqari tabiy sovutgichlar-ammiak va karbonad angidrid ishlab chiqaradigan korxonalar mavjud bo‘lib, ular ishlab chiqarishni moderenizattsiya qilish uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilishni talab qiladi.
BMTning uzoq masofalardagi transchegaraviy havo ifloslanishi to‘g‘risidagi konventsiyasi
O‘zbekiston Respublikasi transchegaraviy havo ifloslanishi sohasidagi barcha xalqaro tadbirlarda ishtirok etmoqda va ayni paytda O‘zbekiston Respublikasini mazkur konventsiyaga qo‘shilishning maqsadga muvofiqligi masalasi ishlab chiqilmoqda.
1979-yilda qabul qilingan BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (EIK) ning uzoq masofalaridagi transchegaraviy havo ifloslanishi to‘g‘risidagi Konventsiya havo ifloslanishiga qarshi kurashda qo‘shma harakatlar uchun zamin yaratdi. Konventsiya havo ifloslanishini va uning mintaqaviy ta’sirini o‘rganish va monitoring qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni hamda emissiyalarni kamaytirish strategiyasini ishlab chiqishni ta’minlaydigan asosiy xalqaro bitimlardan biridir.
Konvensiya asosiy hususiyatga ega bo‘lib, unda umumiy xarakterdagi majburiyatlar belgilanadi, - hamkorlik qilish, transchegaraviy havo ifloslanishiga olib keladigan zararli moddalar emissiyasini kamaytirish, axborot bilan ta’minlash va almashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. Ushbu vazifalarni bajarish uchun Konventsiya tomonlari birgalikda amalga oshirish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga yordam berish uchun Konventsiya Kotibiyatiga, xalqaro fondlarga va tashkilotlarga murojaat qilish huquqiga ega.
Konvensiya konventsiyalar bilan teng kuchga ega bo‘lgan protokollar deb ataladigan maxsus bitimlar orqali ifloslantiruvchi moddalarni nazorat qilishning aniq chora-tadbirlari bo‘yicha muzokaralar jarayonini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, u atmosferaga emissiyalarni kamaytirish bo‘yicha mintaqaviy strategiyalarni tadqiq qilish, monitoring qilish va rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtiradi.
Ushbu hujjat majburiy huquqiy kuchga ega protokollarni ishlab chiqish orqali muayyan ifloslantiruvchi moddalarning emissiyasini cheklash uchun asos yaratdi. 1984 yildan buyon sakkizta protokol qabul qilindi. Protokollar oltingugurt (oltingugurt dioksidi), azot oksidi, uchuvchi organik birikmalar (VOC), og‘ir metallar va chidamli organik ifloslantiruvchi moddalar (SOS) emissiyasini va transchegaraviy oqimlarini kamaytirishga qaratilgan. Bir protokol, kuchga kirgunga qadar, oksidlanishni, eutrofikatsiyani va sirt ozon hosil bo‘lishiga olib keladigan oltingugurt dioksidi, azot oksidi, ammiak va VOC emissiyasini kamaytirishga qaratilgan.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasini BMT YeIK Konventsiyasiga "uzoq masofalarga havo transchegaraviy ifloslanishi to‘g‘risida" gi (KTSVBR) qo‘shilish maqsadga muvofiqligi masalasi faol ish olib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasini ushbu Konventsiyaga qo‘shishning maqsadga muvofiqligini o‘rganish yakunlari bo‘yicha tahliliy eslatma tuzildi, bu esa tegishli vazirlik va idoralarga fikr olish uchun belgilangan tartibda yo‘naltiriladi. Shu bilan birga, ushbu Konventsiyaga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishining mumkin bo‘lgan moliyaviy-iqtisodiy yoki boshqa oqibatlarini baholash zarurligi to‘g‘risida muzokaralar olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil4-martdagi farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi tashkil etilgan boʻlib, mazkur farmon boʻyicha vazirlikning vazifalari quyidagicha belgilangan:
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, aholi hayoti va salomatligini, moddiy va maʼnaviy qadriyatlarini muhofaza qilish, shuningdek tinchlik va harbiy davrda favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarini boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish;
Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kenashi, hokimliklarning aholini va milliy boyliklarini muhofaza qilish, avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga doir faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga, aholini, mamlakat hududini muhofaza qilishga hamda ular vujudga kelgan taqdirda xalq xujaligi ob’ektlari faoliyatining barqarorligini oshirishga, shuningdek aholini, mansabdor shaxslarni hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishning davlat tizimi tuzilmalarini tayyorlashga qaratilgan maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etish va amalga oshirish
Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun moliya, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnika resurslarining davlat favqulodda zaxira fondlarini tashkil etishga doir ishlarni muvofiqlashtirib borish va hokazo.