O\'ZBEKISTON REPUBLIKASIDA YUZAGA KELISHI MUMKIN BO\'LGAN FAVQULODDA VAZIYATLAR VA ULARNI OLDINI OLISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR
Ma’lumot uchun. Kigayli o‘zgartirish GXFU iste’molini bosqichma bosqich kamaytirish to‘g‘risida Monreal protokol tomonlarining 28-yig‘ilishida Kigali (Ruanda) 2016 yil 15 oktyabrda qabul qilingan. Ozonni yemiruvchi moddalar uchun muqobil sifatida ishlatiladigan GXFUlardir . Kigali o‘zgartirishini ratifikatsiya qilgan davlatlar GXFU deb nomlanuvchi ushbu gazlarning prognozlashtirilgan ishlab chiqarishini va ulardan foydalanishni 80%dan ko‘proqqa kamaytirishga majbur. Bugungi kunga kelib, o‘zgartirish 80 ta mamlakatdan ko‘proqni tashkil etadi. Shuni ta’kidlash kerakki, Kigali o‘zgartirishini amalga oshirish orqali dunyo xozorgi asrda global isishning 0.5s darajasiga qadar oldini oladi, bu xujjatning global xaroratning 2s darajaga ko‘tarilishiga to‘sqinlik qiluvchi muhim rolni o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Monreal protokolining Kigali tuzumiga qo‘shilishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tegishli dastlabki tahliliy ma’lumot tayyorlandi, bu esa davlat ekologiya qo‘mitasining 2020 yil 16 martdagi 01-02/2-299-sonli xatida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga yuborildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasining 2020 yil 03-iyundagi 02-02/2-720-sonli xatida ishtirok etgan vazirlik va idoralarga O‘zbekiston Respublikasining Kigali tuzumiga qo‘shilishi maqsadga muvofiqligini o‘rganish yakunlari to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlar Monreal protokolining GXFU lar iste’molini bosqichma-bosqich qisqartirish bo‘yicha sharx va takliflar olish uchun yuboriladi.
Respublikaning barcha tegishli vazirlik va idoralaridan javoblar olingan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasini Kigayli tizimiga qo‘shilishi maqsadga muvofiqligi tashabbusini 95% vazirlik va idoralar qo‘llab-quvvatlagan.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi atrof muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasi doirasida 2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Monreal protokoliga Kigali tuzumiga kiritish maqsadga muvofiqligi masalallari ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining Monreal protokoliga Kigali tuzumiga qo‘shilish to‘g‘risidagi masalani ishlab chiqish 2019 yil 1 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ramatov tomonidan tasdiqlangan atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi yo‘l haritasiga kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda O‘zbekiston Respublikasini Kigali tuzumiga qo‘shganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy iqtisodiy yoki boshqa oqibatlarni baholash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Hozirgi vaqtda olingan ma’lumotlarni umumlashtirish bo‘yicha ishlar tugallanmoqda, shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining Monreal protokoliga Kigali tuzatilishiga qo‘shilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi tegishli hukumat qarorini qabul qilish uchun belgilangan tartibda yuboriladi.
Respublika tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga importni tartibga solish va ozonni yemiruvchi moddalarni O‘zbekiston Respublikasidan eksport qilish va ularni o‘z ichiga olgan mahsulotlarni taxlil qilish, shuningdek GXFU iste’mol qilish va darajasi O‘zbekiston Respublikasi uchun kamaytirishning tavsiya etilgan bosqichlariga erishish mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz Monreal protokolini Kigayli tuzatuvchi tomonlarga texnik yordam ko‘rsatiladi, iste’moldan GXFUlarni bosqichma-bosqich olib tashlash va boshqa turdagi sovutgichlarga o‘tish uchun moliyaviy mablag‘ni ajratiladi.
Bundan tashqari O‘zbekiston uchun muqobil va tabiy sovutgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyati paydo bo‘ladi, bu esa qo‘shimcha yashil ish o‘rinlarini yaratadi. Shuningdek import qilinadigan tovarlar ro‘yxatini kamaytirish eksport qilinadigan tovarlar ro‘yxatini ko‘paytirish va shunga muvofiq valyuta mablag‘larini tejash nuqtai nazaridan foyda ko‘radi.