O’zbekiston resbuplikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning



Yüklə 33,4 Kb.
səhifə29/30
tarix30.01.2022
ölçüsü33,4 Kb.
#51835
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Mavzu Korrupsiyaga qarshi kurashishning g\'oyaviy va huquqiy aso

korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish;

davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirish;

fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining chinakam erkinligini taʼminlash va ularni korrupsiyaga qarshi choralarni tayyorlash, oʻtkazishda va ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishga jalb qilish;

b) idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali dasturlarini amalga oshirish, ularning hisobdorligi va faoliyatining ochiqligi mexanizmlarini joriy etish, odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va manfaatlar toʻqnashuvining oldi olinishini taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni bajarish orqali tegishli sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yoʻqotish davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining birinchi darajadagi muhim vazifasi hisoblanadi.

5. Belgilansinki:

a) 2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat organlari zimmaga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korrupsiya xavf-xatarlarini vaqti-vaqti bilan majburiy baholab boradi, uning yakunlari boʻyicha:

korrupsiya xavf-xatariga eng koʻp duch keladigan davlat xizmatchilarining faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning roʻyxatini shakllantiradi;

idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari ijrosining har choraklik monitoringini amalga oshiradi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimum darajaga tushirish choralarini koʻradi;

Idoralararo komissiya bilan kelishgan holda har yilgi idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlarini tasdiqlaydi;

har yili Idoralararo komissiyaga tegishli organlar va tashkilotlar faoliyatida, shu jumladan, qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish orqali korrupsiya xavf-xatarlariga barham berish boʻyicha takliflarni kiritadi;

b) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari korrupsiya xavf-xatarlarini oʻz vaqtida aniqlamaganliklari va tegishli baho bermaganliklari, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni takroran sodir etish holatlariga yoʻl qoʻyganliklari yuzasidan shaxsan javobgar boʻladi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda:


Yüklə 33,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin