O’zbekiston respbliasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə7/46
tarix11.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#111035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
chizma geometriya va muxandislik grafikasi

Ortogonal proyeksiyalashga oid parallel proyeksiyalash xususiyatlari. Yuqorida aytib o’tilganidek, ortogonal proyeksiyalar barcha proyeksiyalovchi nurlar proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar bo’ladi. Bu usul parallel proyeksiyalarning xususiyatlariga ega bo’lib, faqatgina kesmaning tekisligidagi proyeksiyasi uning haqiqiy uzunligidan kichik bo’ladi, chunki kesmaning fazodagi natural uzunligi uchburchakning gipotenuzasini, uning proyeksiyasi katetini hosil qiladi. Buni 8-shakldan tushunish qiyin emas. Agar AB kesma  proyeksiyalar tekisligi bilan  burchak tashkil qilsa, AKA1B1 ni o’tkazib, hosil bo’lgan to’g’ri burchakli uchburchakning KB: AK-ABcos yoki A1B1=ABcos bo’ladi. Agar to’g’ri burchakning biror tomoni proyeksiyalar tekisligiga parallel bo’lsa, u holda to’g’ri burchakli proyeksiyalarda bu to’g’ri burchak shu tekislikka o’zgarmasdan, ya’ni to’g’ri burchakligicha proyeksiyalanadi (9-shakl). Fazoda AB va BC ikki kesishuvchi to’g’ri chiziqlarning B uchidagi burchagi 90o va bu burchakning BC tomoni  tekislikka parallel joylashgan. Bu to’g’ri chiziqlarning proyeksilovchi tekisliklari  tekislikka perpendikulyardir. Ma’lumki, o’zaro perpendikulyar tekisliklarning kesishgan chiziqlari ham perpendikulyar bo’ladi. Bu yerda A1B1B1C1 chunki BC bo’lgan shartda BDB1A1 tekislikda olingan har qanday to’g’ri chiziq (masalan, DB) BC ga perpendikulyar bo’ladi. A1B1 kesma esa bir tekislikda yotuvchi shunday to’g’ri chiziqlarning proyeksiyasini ifodalaydi. Shuning uchun ABC to’g’ri burchakning ortogonal proyeksiyasi A1B1C1 ham to’g’ri burchak bo’ladi.
Ortogonal proyeksiyalar usuli (Monj usuli). Narsalarni bir-biriga perpendikulyar ikkita tekislikdagi to’g’ri burchakli proyeksiyalari bilan tasvirlash usuli ortogonal proyeksiyalar usuli deyiladi. Ortogonal so’zi to’g’ri burchakli degan so’z bo’lib, ortogonal proyeksiyalar termini bir-biriga perpendikulyar ikkita tekislikdagi to’g’ri burchakli proyeksiyalarni ko’rsatish uchun ishlatiladi.


Sinov savollar:

  1. Chizma geometriyada ishlatiladigan qanday shartli belgilarni bilasiz?

  2. Birinchi chizma geometriya darsligi qaysi O’zbekistonlik olim tomonidan yozilgan?

  3. Qaysi usulga markaziy proyeksiyalash usuli deyiladi?

  4. Qaysi usulga ortogonal proyeksiyalash usuli deyiladi va u kim tomonidan yaratilgan?

  5. Parallel proyeksiyalash usuli haqida ma’lumot bering.




Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin