Haftalik ish rejasi Oy mavzusi: «O‘zbekiston – qadrdon yurtim!»
Guruh
Mavzu
Tayyorlov guruhi
MENING SHAHRIM. MENING MAHALLAM
Davr
Sentyabrning 2-haftasi
Rivojlani sh ojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar
jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
Kolonnada bir, ikki, to‘rt kishi bo‘lib yurish
ijtimoiy-hissiy (emotsional) rivojlanish
O‘z hissiyotlarini nazorat qilishni o‘rganish
nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari
Bolaning og‘zaki nutqini mustahkamlash
bilish (anglash) orqali rivojlanish
Vatan, mahalla to‘g‘risidagi bilimlarni mustahkamlash
ijodiy rivojlanish
Hamkorlikdagi faoliyatga ijobiy munosabatni shakllantirish, ritm hissini, musiqani his etish fazilatini, harakatlarda ritmik ifodalilikni tarbiyalash
Mavzular majmui (tematika)
O‘zbekiston –qadrdon yurtim!
Rivojlanish markazlari
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat
Dushanba
Seshanba
CHorshanba
Payshanba
Juma
Resurslar, izoh
Ertalabki doira
Dam olish kunlarini qanday o‘tkazgani haqida suhbat
Qanday kayfiyatda kelding?
Ob-havo haqida suhbat
Qurilish va konstruksiyalash markazi
Mening bo‘lajak uyim
Zamonaviy shahar
Mahalla ko‘chalari (uzun-qisqa)
Qurilish bloklari, lego, konstruktor
Syujet-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazi
«Buvijonimnikida mehmonda»
«Sartaroshxona»
Niqoblar, kiyim-bosh, atributlar
Til va nutq
«Mening shahrim, mening mahallam» nomli syujetli rasm bo‘yicha suhbat
SHahar parklariga ekskursiya (AKT – slaydlar yordamida
Syujetli rasmlar,AKT materiallar
Ilm-fan va tabiat markazi
Loy, tosh va qumning xususiyatlari
«Kimning uyi mustahkamroq?»
Loy, qum, tosh, maxsus idishlar, sharlar
San’at markazi
Ochiq havoda o‘z fikri bo‘yicha rasm chizish
«Obod mahalla» mavzusida origami va applikatsiya
A-4 qog‘oz, rangli qog‘oz, bo‘yoqlar, tabiiy materiallar
Musiqa va ritmika markazi
«SHahrisabz» qo‘shig‘ini tinglash
«Salom nima degani» qo‘shig‘i sadolari ostida kuylash va ritmik harakatlanish
Musiqa markazi, musiqali disklar
Katta guruhlarda ishlash
Ilova 6
3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi
Bolaning rivojlanish xaritasini to‘ldirish uchun uch sikldan iborat bo‘lgan kuzatuv olib boriladi: dastlabki (o‘quv yili boshida), oraliq va yakuniy. Dastlabki kuzatuv o‘quv yili boshida o‘tkaziladi (taxminan sentyabr oyi mobaynida). Bu bosqichda har bir bolaning boshlang‘ich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu davrgacha erishgan yutuqlari belgilanadi. Tarbiyachi ta’lim sohalarini o‘zlashtirish bo‘yicha mavjud bo‘lgan muammolarga ham e’tibor qaratadi, bolaning qanday sifatlari qo‘llab-quvvatlashni talab etishini, har bir bola uchun qanday vazifalar dolzarbligini aniqlaydi. Keyin Bolaning ayni davrdagi yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari xaritasi to‘ldiriladi.
Oraliq kuzatuv birinchi yarim yillik oxirida (dekabr, yanvar) o‘tkaziladi. Bu monitoringni o‘tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning to‘g‘riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatuv natijalariga ko‘ra, tarbiyachi, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat tug‘ilgan holatlarda pedagogika jarayoniga tuzatishlar kiritishi mumkin.
O‘quv yili oxirida (odatda may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatuv o‘tkazadi. Mazkur kuzatuv asosida yil boshida qo‘yilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan ko‘zda tutiladigan maqsadlar belgilanadi.
Kuzatuv o‘tkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim:
kuzatuv bola uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga yordam berishga yo‘naltirilgan bo‘ladi;
bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatuv kamida ikki hafta (yoki oy) mobaynida olib boriladi;
tarbiyachi bola to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ota-onalar yoki muassasaning boshqa xodimlari bilan suhbatlar jarayonida olishi mumkin;
tarbiyachi bolaning moyilliklari, qiziqishlariga, uning muloqot qilish va bilim olish xususiyatlariga e’tibor qaratishi lozim.