O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta


ustuvor vazifalarni olg’a surgan edi. Ijtimoiy sohalarning muhimligini ta’kidlab shunday



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə109/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

ustuvor vazifalarni olg’a surgan edi. Ijtimoiy sohalarning muhimligini ta’kidlab shunday
degan edi: “O’ylaymanki, ijtimoiy infratuzilmani, ta’lim va sog’liqni saqlash sohalarni yanada
rivojlantirish, nafaqa bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, aholini ekologik va boshqa
xavf-xatarlardan muhofaza etish, qisqa qilib aytganda, odamlarimizning sotsial soha bo’yicha
talab va e’tirozlarini qondirish masalalarini har tomonlama kuchaytirish lozimligini isbotlab
o’tirishga hojat bo’lmasa kerak”.
21
Ijtimoiy soha taraqqiyotning qay darajadaligi ma’lum jihatdan mamlakatdagi siyosiy va
psixologik muhitni, aholining umumiy kayfiyatini beligilaydi. Ijtimoiy sohalarning o’sishi
hududlarning umumiy iqtisodiy taraqqiyoti darajasini ko’rsatuvchi belgi bo’lib xizmat qiladi.
Milliy iqtisodiyoting asosiy muammolariga faqat iqtisodiy jihatdangina emas, balki
ijtimoiy taraqqiyot nuqtai nazaridan qaralishi lozim. SHundan ko’rinib turibdiki, ijtimoiy sohalar
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalasi bozor munosabatlariga o’tishning eng muhim
vazifalaridan biri bo’lib qoladi. Ijtimoiy sohalar faoliyatining samaradorligi uning barcha asosiy
tarkibiy qismlarining kompleks rivojlanishiga bog’liq.
Mustaqillik yillarida ijtimoiy sohaning barcha tarkibiy qismlarini rivojlantirish borasida
muhim, diqqatga sazovar ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Aholini ijtimoiy himoya qilish,
ularga tibbiy yordam ko’rsatish, ta’lim-tarbiya, madaniyat, dam olish, uy-joylar sharoitini
yaxshilash, maishiy xizmat ko’rsatish kabi qator sohalarni yaxshilash borasida ulkan ishlar
21
И.Каримов Биз танлаган йўл демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. Т.
Ўзбекистон. 2003. 32- бет.


103
amalga oshirildi. Istiqlol yillarida mamlakatimiz aholisini ijtimoiy qo’llab-quvvtlashga oid 30


dan ortiq qonunlar yaratilda va ular amaliyotda keng qo’llanilmoqda. 2007 yil “Ijtimoiy himoya
yili” deb nomlandi va juda katta davlat dasturi qabul qilindi. Unda ijtimoiy himoyani yanada
mustahkamlashga qaratilgan yettita yo’nalish bo’yicha katta vazifalar amalga oshirildi.
Prezidentimiz I. Karimov O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma bir yilligiga
bag’ishlangan tantanli marosimdagi tabrik so’zida shunday degan edi: “istiqlol yillarida
O’zbekiston iqtisodiyoti qariyb 3,7 barobar, aholimizning real daromadlari jon boshiga 7
barobar, o’rtacha pensiya mikdori qariyb 9 barobar, oylik ish haqi esa 18 barobar oshgani,
odamlarimizning umr ko’rish darajasi o’rtacha 7 yilga uzaygani, yoqilg’i va g’alla mutaqilligiga,
o’zimizni o’zimiz go’sht, sut va boshqa iste’mol mollari bilan to’liq ta’minlashga erishganimiz
bularning yaqqol tasdig’idir.
Bularning barchasi avvalo mustaqillikka erishgan birinchi kunlardan boshlab “Islohot –
islohot uchun emas, avvalo inson uchun” degan printsipni hayotga tatbiq etganimizning amaliy
samarasi, desak, hech kanday xato bulmaydi.
O’tgan yillar mobaynida yurtimizda uy-joy xajmining ko’rsatkichi qariyb 2 barobar oshdi,
oilalarning 98,5 foizi o’zining shaxsiy uy-joyi yoki kvartirasiga, qishloqlarda yashayotgan
oilalarning 97,5 foizi shaxsiy tomorqasiga ega bo’ldi.
Bundan yigirma bir yil oldin har o’nta oiladan bor-yo’g’i bittasi shaxsiy mashinaga ega
bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda har uchta oilaning bittasida avtomobil mavjud ekani, har uch
nafar yurtdoshimizdan biri internet tarmog’idan foydalanib kelayotgani xalqimiznig farovonligi
tobora ortib borayotgani, uning emin-erkin yashayotganini namoyon etadi.”
Ijtimoiy rivojlanish masalalarini xal etishda ijtimoiy sohani moliyalashtirish ko’lami va
ushbu maqsadlarga ajratilgan mablaglardan samarali foydalanish masalalari muhim hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy muhofazasi uchun yo’naltirilgan davlat
xarajatlari 2 barobardan ziyod oshdi. Buni dalili sifatida, ijtimoiy soha va aholini qo’llab
quvvatlashga davlat byudjeti xarajatlaridan 1990 yil 31,5% ajratilgan bo’lsa, 2000 yilda 42,5%
ni, 2012 yil 59,2% ni tashkil kildi. Uning 34% dan ortig’i ta’lim, 14,5%dan ko’prog’i sog’liqni
saqlash sohalarini moliyalashtirishga yo’naltirildi. Ijtimoiy sohaning mamlakatimiz YaIMdagi
ulushi bugungi kunda 52% dan ziyodni tashkil etmoqda.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin